XOʻJAOBOD

XOʻJAOBOD

XOʻJAOBODAndijon viloyati Xoʻjaobod tumanidagi shahar (1981-y. dan), tuman markazi. Viloyat markazi (Andijon)dan 25 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Gurunchmozor (10 km). Aholisi 17 ming kishi (2004). Xoʻjaliklari va aholisi Jan. Fargʻona kanalidan suv oladi. Shahar nomining kelib chiqishini mahalliy tarixchi va toponimistlar mashhur ulamo Xoja Abdullo Mavloniy Qozi bilan bogʻlaydilar. Xoʻjaobodda 7 sanoat korxonasi, shu jumladan, paxta tozalash zavodi, taʼmirlash va qurilish korxonalari, 2 qoʻshma korxona, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. 5 umumiy taʼlim maktabi, gimnaziya, qurilish kasb-hunar kolleji, 2 kutubxona, madaniyat uyi, shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi, kasalxona, tuman tugʻruq majmuasi, dorixona va b. tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Shahar hududidan Andijon — Oʻsh avtomagistrali oʻtgan.

Ensiklopediya.uz
XOʻJAOBOD