Xitoy tili test

Xitoy tili test

Bundan tashqari, talabalikka tavsiya etilgan abituriyent o‘zi ega bo‘lgan til sertifikatini OTMga topshiradi. OTM ham bu hujjatni yana bir bor tekshiradi. Agar til sertifikati soxta ekani aniqlansa, uni taqdim etgan shaxs talabalar safidan chetlashtiriladi.

Buyuk Xitoy devori

Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismida qad rostlagan, Sariq dengizdagi Lyaodun qo‘ltig‘idan boshlanib, g‘arb tomon cho‘zilgan bu mudofaa devori ko‘hna Chin me’morchiligining ulkan va noyob namunasidir. U miloddan avvalgi IV-III asrlarda hoqon Sin Shi Xuandiy farmoniga binoan, tashqi dushmanlar tajovuzidan saqlanish, chegaralarni mustahkamlash, savdo karvonlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida tiklangan. Bu ishga ikki milliondan ortiq kishi, jumladan, ko‘plab askarlar va qarollar ham jalb etilgan. Ular kecha-yu kunduz tinim bilmay ishlashgan. Bunyodkorlik yumushlari bir necha asrlar davomida olib borilgan. Buning o‘ziga xos sabablari bor. Avvalo, devorga ilk tamal toshi qo‘yilgan davrda qurilish texnikalari rivojlanmagan, ikkinchidan, u vaqt o‘tgani sayin qor-yomg‘ir va shamollar ta’sirida yemirilgan. Ustiga-ustak, yog‘iylar ko‘p bor hujum qilib, ayrim qismlarini buzib ketishgan. Shunga qaramay, devor miloddan avvalgi II va I asrlarda g‘arbga tomon 500 kilometrga uzaytirilgan. XIV-XV asrlarda uni qurish va mustahkamlash ishlari davom ettirilgan. 1953 yili esa Pekinga yaqin bo‘lagi ta’mirlangan. Buyuk Xitoy devori ikki qavatli bo‘lib, balandligi 6,6 metr, ayrim joylari bundan-da balandroq. Poydevorining kengligi – 6,5 metr, ustki qisminiki – 5-5,5 metr. Uzunligi qariyb 6 ming kilometrga teng. Devor mamlakat poytaxti Pekin shahridan 40-45 kilometrcha shimoli-g‘arbda janubi-g‘arbga buriladi, so‘ngra Su’jou shahridan o‘tib, Gansu o‘lkasidagi Szya­yuyguan qal’asida tugaydi. U taroshlangan qattiq va rangdor tog‘ jinslari, g‘ishtlar hamda loydan ko‘tarilgan. Har 60-100 metrda minoralar, muhim strategik ahamiyatga ega hududlar va tog‘li yo‘llar yoqasida istehkomlar mavjud bo‘lgan. Inshoot nihoyatda qalinligi bois ustidan jang aravalari, otliq qo‘shinlar bemalol saf tortib o‘tishgan. Bu devor haqida talay doston va rivoyatlar ham to‘qilgan. Ulardan birida aytilishicha, qurilish boshlangan dastlabki kezlarda ish yurishmay, devor o‘z-o‘zidan qulab tushaveribdi. Bundan ajablangan hoqon ko‘pni ko‘rgan allomalarni mashvaratga to‘plab, maslahat qilibdi. Shunda donishmandlar oqsoli hech kimning xayoliga kelmagan g‘alati bir taklif kiritibdi. Aniqrog‘i, devor ostiga endigina turmush qurgan yigit yoki qizni ko‘mib, qurbon qilish zarurligini, ana shundagina muddaoga erishish muqarrarligini aytibdi. Hoqon amriga ko‘ra, mulozimlar nihoyatda go‘zal qizga uylanayotgan Van ismli bir yigitni topib kelishibdi. So‘ngra uni mo‘miyolab, devor ostiga ko‘mishibdi. Qarabsizki, istehkom qulamaydigan bo‘libdi, bora-bora uzunligi o‘n ming li (to‘rt million metr)ga yetibdi. Alqissa, u xitoy tilida “Van li chongchang” deb nomlanibdi. Bu “O‘n ming li uzunlikka ega devor” degan ma’noni anglatadi. Unga Vanning oti qo‘shilgani uchunmi, keyinchalik Xitoyda bu ism ramziy ma’noda keng tarqalib ketadi. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonida esa jahongir Iskandar Chin mamlakatining Qirvon Navohisi aholisini ya’juz-ma’juzlar zulmidan asrash uchun tarkibi mis, qalay, rux, temir hamda toshlardan iborat mustahkam va muhtasham istehkom qurdirgani hikoya qilinadi. Albatta, asarda “Saddi Iskandariy” deya tilga olingan, aslida “Buyuk Xitoy devori” nomi bilan mashhur bo‘lgan ulkan inshootga oid ma’lumotlar afsonaviy tarzda bayon etilgan. Shunga qaramay, bu dalillar mazkur devorning o‘ta qadimiyligidan va azal-azaldan olamaro mashhurligidan dalolat beradi. Fazogirlarning ta’kidlashlaricha, Buyuk Xitoy devori koinotdan ham bemalol ko‘rinib turadi. Endilikda u turli millatu elatlarga mansub sayohatchilar qadami uzilmaydigan umri boqiy ziyoratgohlardan biriga aylangan.

  • Bilimingizni test orqali sinang
    Telegram kanalimizga a’zo bo’ling
  • VEDDOID IRQI
  • VEGA
  • VEBER (WEBER) MAKS
  • VAQFNOMA
  • VATT-SEKUND

Xitoy tili test

Davlat test markazi Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019/20 o‘quv yili avvalida OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun hujjat topshirgan 1 066 926 nafar abituriyentning 11 250 nafarida chet tili bo‘yicha imtiyoz beruvchi sertifikat bo‘lgan.

Mazkur sertifikatlarning asosiy qismini IELTS va DTM imtihoni asosida beriladigan CEFR milliy sertifikati tashkil qilgan.

DTMda ingliz tilidan tashqari yana 13ta til uchun imtihon asosida milliy sertifikat berish tizimi bor.

Imtiyoz uchun talab qilinadigan daraja

2020/21 o‘quv yilidan boshlab, fanlar majmuasiga chet tili kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan birini tanlagan abituriyent imtiyoz olishni xohlasa, til bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lish talab etiladi.

Agar abituriyent V2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lsa, unga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

O‘tgan yil bilan solishtirganda

2019/20 o‘quv yilida chet tili birinchi fan bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari uchun DTM tomonidan berilgan chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat (milliy sertifikat) yoki IELTS (5,5), TOEFL IBT (72 ball) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha V2 va undan yuqori til bilish darajasi talab qilingan.

Chet tili asosiy fan bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlari uchun esa mos ravishda IELTS imtihonidan 4,5, TOEFL IBT’dan 42 ball, SEFR imtihonidan V1 va undan yuqori daraja so‘ralgan.

«Barcha tillar uchun B2 daraja zarur va istisnoli holat mavjud. »

2019 yil 13 maydagi prezident qaroriga binoan, 2020/21 o‘quv yilidan boshlab, test sinovlari majmuasiga chet tili kiritilgan barcha bakalavriat yo‘nalishlari uchun sertifikatdagi til darajasi bir xil (birinchi, ikkinchi fanga qarab darajalanmaydi) etib belgilangan.

Bunda barcha bakalavriat yo‘nalishlariga ingliz tili uchun milliy sertifikat yoki IELTS (5,5), TOEFL IBT (72), Cambridge Assessment English FCE uchun V2 va undan yuqori daraja talab etiladi.

Lekin istisnoli holat shundaki, 2019 yilga qadar DTMdan olingan milliy sertifikatning amal qilish muddati ushbu sertifikatning amal qilish muddati davrida saqlab qolinishi ham qarorda ko‘zda tutilgan.

Bu degani 2019 yilga qadar DTM tomonidan berilgan V1 darajadagi milliy sertifikat (amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa) ham abituriyentga kirish imtihonida imtiyoz berishi mumkin.

DTM matbuot xizmati xodimi Jamshidbek Odilovning avvalroq Kun`ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, bu istisno xalqaro sertifikatlarga nisbatan qo‘llanmaydi. Chunki xalqaro sertifikatlar ilk marta 2019 yildan milliy OTMga kirish uchun imtiyoz sifatida tan olindi. Shuning uchun 2019 yildan oldin olingan B1 darajadagi xalqaro sertifikatlarning imtiyozi 2020/21 o‘quv yili uchun imtihonda abituriyentga maksimal ball bermaydi.

Ya’ni barcha tillar bo‘yicha xalqaro sertifikatlarning darajasi muddatidan qat’i nazar, B2 darajada bo‘lishi kerak.

Imtihonda imtiyoz beradigan umumiy ball

Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev boshchiligida o‘tgan qabul masalalariga bag‘ishlangan brifingda joriy yil istisno tariqasida faqat 2ta mutaxassislik fanidan imtihon olinishi ma’lum qilingandi.

Bu holatda ballar quyidagicha belgilanadi:

  • 1-blok – 30ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3,2 ball beriladi, jami 96 ball to‘plash mumkin;
  • 2-blok – 30ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3,1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.

Demak, agar abituriyent tanlagan yo‘nalishda chet tili birinchi fan bo‘lsa, u imtiyoz beruvchi sertifikati bilan 96 ballga ega bo‘lishi mumkin. Agar chet tili ikkinchi blok bo‘lsa, abituriyentda imtiyoz bilan maksimal 93 ball olish imkoni bo‘ladi.

Ma’lumot uchun aytish joizki, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti 2019 yildan oldingi V1 sertifikatlarini (amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa ham), Toshkent davlat yuridik universiteti esa writing (yozish) ko‘nikmasi 5,5 balldan past IELTS sertifikatlarini qabul qilmaydi.

Sertifikatlarni tekshirish

Imtiyoz bilan bitta blokdan to‘liq ballga ega bo‘lish ko‘pchilik abituriyentlar uchun ma’qul tanlov bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, yana bir savol bor: imtiyoz uchun taqdim etilgan hujjatning haqiqiyligi qanday nazorat qilinadi?

DTMning bu bo‘yicha bergan ma’lumotiga ko‘ra, chet tilini bilish darajasini ko‘rsatuvchi xalqaro sertifikatlarning haqiqiy yoki soxta ekanini tekshirishning bir nechta usullari bor.

Xalqaro sertifikatlarning haqiqiyligini tekshirish chet tilini bilish darajasini ko‘rsatuvchi sertifikatlarni taqdim etuvchi davlatlarning qonunchiligi va uni beruvchi tashkilot siyosatiga qarab, turlicha amalga oshiriladi.

Milliy sertifikat (DTM), HSK (xitoy tili) kabi test tizimlarining rasmiy veb saytida sertifikatni tekshirish imkoniyati mavjud.

Ayrim test tizimlari (IELTS – Britaniya Kengashi, FCE – Cambridge assesment tashkiloti, TOEFL IBT – Educational Testing Service tashkiloti, TestDAF – TestDAF instituti, Goethe Zertifikat – Gyote institutlari bilan DTM o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur hamkorlik doirasida sertifikatlarni tekshirish bo‘yicha tomonlarning kelishuvi mavjud.

Bundan tashqari, ayrim turdagi (DSD – nemis tili, shunga o‘xshash ba’zi til sertifikatlari) sertifikatlarni tekshirish uchun bu test tizimlari tegishli bo‘lgan davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalariga so‘rov yuboriladi.

Yana bir turdagi, fransuz tili bo‘yicha beriladigan DELF, DALF sertifikati bu test tizimining O‘zbekistondagi vakolatli organlari va Davlat test markazining fan bo‘yicha mutaxassislari hamkorligida tekshiriladi.

Agar soxta sertifikat aniqlansa.

DTM bergan ma’lumotga ko‘ra, til sertifikati soxtaligi aniqlansa, bu sertifikat huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi. Ular tomonidan soxtalashtirish uchun tegishli chora ko‘rish ishlari amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, talabalikka tavsiya etilgan abituriyent o‘zi ega bo‘lgan til sertifikatini OTMga topshiradi. OTM ham bu hujjatni yana bir bor tekshiradi. Agar til sertifikati soxta ekani aniqlansa, uni taqdim etgan shaxs talabalar safidan chetlashtiriladi.

Zilola G‘aybullayeva

Qabul-2020: Chet tili sertifikatlari, imtiyozlar va istisnolar haqida batafsil

Abituriyentlar orasida kirish imtihonlarida xorijiy til fanidan maksimal ball olish imkonini beruvchi til sertifikatlariga qiziqish ortib bormoqda.

Davlat test markazi Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019/20 o‘quv yili avvalida OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun hujjat topshirgan 1 066 926 nafar abituriyentning 11 250 nafarida chet tili bo‘yicha imtiyoz beruvchi sertifikat bo‘lgan.

Mazkur sertifikatlarning asosiy qismini IELTS va DTM imtihoni asosida beriladigan CEFR milliy sertifikati tashkil qilgan.
DTMda ingliz tilidan tashqari yana 13ta til uchun imtihon asosida milliy sertifikat berish tizimi bor.

Imtiyoz uchun talab qilinadigan daraja
2020/21 o‘quv yilidan boshlab, fanlar majmuasiga chet tili kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan birini tanlagan abituriyent imtiyoz olishni xohlasa, til bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lish talab etiladi.
Agar abituriyent V2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lsa, unga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.

O‘tgan yil bilan solishtirganda
2019/20 o‘quv yilida chet tili birinchi fan bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari uchun DTM tomonidan berilgan chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat (milliy sertifikat) yoki IELTS (5,5), TOEFL IBT (72 ball) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha V2 va undan yuqori til bilish darajasi talab qilingan.

Chet tili asosiy fan bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlari uchun esa mos ravishda IELTS imtihonidan 4,5, TOEFL IBT’dan 42 ball, SEFR imtihonidan V1 va undan yuqori daraja so‘ralgan.

«Barcha tillar uchun B2 daraja zarur va istisnoli holat mavjud. »
2019 yil 13 maydagi prezident qaroriga binoan, 2020/21 o‘quv yilidan boshlab, test sinovlari majmuasiga chet tili kiritilgan barcha bakalavriat yo‘nalishlari uchun sertifikatdagi til darajasi bir xil (birinchi, ikkinchi fanga qarab darajalanmaydi) etib belgilangan.

Bunda barcha bakalavriat yo‘nalishlariga ingliz tili uchun milliy sertifikat yoki IELTS (5,5), TOEFL IBT (72), Cambridge Assessment English FCE uchun V2 va undan yuqori daraja talab etiladi.

Lekin istisnoli holat shundaki, 2019 yilga qadar DTMdan olingan milliy sertifikatning amal qilish muddati ushbu sertifikatning amal qilish muddati davrida saqlab qolinishi ham qarorda ko‘zda tutilgan.

Bu degani 2019 yilga qadar DTM tomonidan berilgan V1 darajadagi milliy sertifikat (amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa) ham abituriyentga kirish imtihonida imtiyoz berishi mumkin.

DTM matbuot xizmati xodimi Jamshidbek Odilovning avvalroq Kun`ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, bu istisno xalqaro sertifikatlarga nisbatan qo‘llanmaydi. Chunki xalqaro sertifikatlar ilk marta 2019 yildan milliy OTMga kirish uchun imtiyoz sifatida tan olindi. Shuning uchun 2019 yildan oldin olingan B1 darajadagi xalqaro sertifikatlarning imtiyozi 2020/21 o‘quv yili uchun imtihonda abituriyentga maksimal ball bermaydi.

Ya’ni barcha tillar bo‘yicha xalqaro sertifikatlarning darajasi muddatidan qat’i nazar, B2 darajada bo‘lishi kerak.

Imtihonda imtiyoz beradigan umumiy ball
Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev boshchiligida o‘tgan qabul masalalariga bag‘ishlangan brifingda joriy yil istisno tariqasida faqat 2ta mutaxassislik fanidan imtihon olinishi ma’lum qilingandi.
Bu holatda ballar quyidagicha belgilanadi:

1-blok – 30ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3,2 ball beriladi, jami 96 ball to‘plash mumkin;
2-blok – 30ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3,1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.
Demak, agar abituriyent tanlagan yo‘nalishda chet tili birinchi fan bo‘lsa, u imtiyoz beruvchi sertifikati bilan 96 ballga ega bo‘lishi mumkin. Agar chet tili ikkinchi blok bo‘lsa, abituriyentda imtiyoz bilan maksimal 93 ball olish imkoni bo‘ladi.

Ma’lumot uchun aytish joizki, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti 2019 yildan oldingi V1 sertifikatlarini (amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa ham), Toshkent davlat yuridik universiteti esa writing (yozish) ko‘nikmasi 5,5 balldan past IELTS sertifikatlarini qabul qilmaydi.

Sertifikatlarni tekshirish
Imtiyoz bilan bitta blokdan to‘liq ballga ega bo‘lish ko‘pchilik abituriyentlar uchun ma’qul tanlov bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, yana bir savol bor: imtiyoz uchun taqdim etilgan hujjatning haqiqiyligi qanday nazorat qilinadi?

DTMning bu bo‘yicha bergan ma’lumotiga ko‘ra, chet tilini bilish darajasini ko‘rsatuvchi xalqaro sertifikatlarning haqiqiy yoki soxta ekanini tekshirishning bir nechta usullari bor.

Xalqaro sertifikatlarning haqiqiyligini tekshirish chet tilini bilish darajasini ko‘rsatuvchi sertifikatlarni taqdim etuvchi davlatlarning qonunchiligi va uni beruvchi tashkilot siyosatiga qarab, turlicha amalga oshiriladi.

Milliy sertifikat (DTM), HSK (xitoy tili) kabi test tizimlarining rasmiy veb saytida sertifikatni tekshirish imkoniyati mavjud.
Ayrim test tizimlari (IELTS – Britaniya Kengashi, FCE – Cambridge assesment tashkiloti, TOEFL IBT – Educational Testing Service tashkiloti, TestDAF – TestDAF instituti, Goethe Zertifikat – Gyote institutlari bilan DTM o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur hamkorlik doirasida sertifikatlarni tekshirish bo‘yicha tomonlarning kelishuvi mavjud.
Bundan tashqari, ayrim turdagi (DSD – nemis tili, shunga o‘xshash ba’zi til sertifikatlari) sertifikatlarni tekshirish uchun bu test tizimlari tegishli bo‘lgan davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalariga so‘rov yuboriladi.

Yana bir turdagi, fransuz tili bo‘yicha beriladigan DELF, DALF sertifikati bu test tizimining O‘zbekistondagi vakolatli organlari va Davlat test markazining fan bo‘yicha mutaxassislari hamkorligida tekshiriladi.

Agar soxta sertifikat aniqlansa.
DTM bergan ma’lumotga ko‘ra, til sertifikati soxtaligi aniqlansa, bu sertifikat huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi. Ular tomonidan soxtalashtirish uchun tegishli chora ko‘rish ishlari amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, talabalikka tavsiya etilgan abituriyent o‘zi ega bo‘lgan til sertifikatini OTMga topshiradi. OTM ham bu hujjatni yana bir bor tekshiradi. Agar til sertifikati soxta ekani aniqlansa, uni taqdim etgan shaxs talabalar safidan chetlashtiriladi.

HSK imtihoni haqida: kimlar uchun va qanday topshiriladi?

HSK – China`s Hanyu Shuiping Kaoshi – xitoy tilini egallaganlik darajasini aniqlash uchun oʻtkaziladigan imtihon boʻlib, Xitoy Xalq Respublikasining xitoy tilini chet tili sifatida Xitoyda va xorijda oʻqitish Davlat qoʻmitasi lingvistika, psixologiya va kvalimetriya boʻyicha mutaxassislari ishtirokida ishlab chiqilgan. HSK xitoy tilini chet elda amaliy oʻqitish yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar natijasiga asoslanib yaratilgan va eski sinov tizimi afzalliklari hamda til oʻqitishga oid yangi avlod xorijiy testlarining yutuqlarini oʻzida uygʻunlashtirgan.

HSK xitoy tili boʻyicha xalqaro malakaviy imtihonni ifodalaydi. Sinov xitoy tili ona tili boʻlmagan shaxslarning bu tildan hayotda, taʼlim olish va ish faoliyatida foydalanish darajasini tekshiradi. HSK ikki xil variantda oʻtkaziladi: yozma va ogʻzaki.

HSK haqida qisqacha:

Tashkilotchi – Konfutsiy Instituti;
Rasmiy sayt – http://www.chinesetest.cn
Imtihon javoblarni eʼlon qilish muddati– 30 kun;
Sertifikatning amal qilish muddati – 2 yil;
Imtihon uchun toʻlov – barcha davlatlarda valyuta turli boʻlgani sabab yaqindagi markazga bogʻlanib, aniqlashtirish kerak.
Nechta davlatda oʻtkaziladi – 120;

Oʻzbekistonda topshirish joyi – Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti qoshidagi Konfutsiy nomidagi Oʻzbek-xitoy instituti, rasmiy sayt: http://confucius.ucoz. Manzil: A. Temur koʻchasi 13 A (“Kafolat” AJ binosi chap qanotining birinchi qavati). Maʻlumot uchun telefon raqami: +99895-1985688.

Yozma imtihon: darajalari, topshirish, baholash tartibi

Yozma variant quyidagi darajalarga boʻlinadi va umumiy 200-300 ballik sistemada baholanadi:

  • HSK (birinchi daraja) – ishtirokchi xitoy tilidagi eng sodda soʻzlarni tushunishi va aloqa bogʻlashda qoʻllay olishi zarur. 35 daqiqa davom etadi. Nomzod 1 semestr davomida haftasiga 2-3 soat xitoy tili darslariga qatnashgan, 150 ta koʻp qoʻllaniladigan soʻz (iyeroglif)larni bilishi va tegishli grammatik bilimlarga ega boʻlishi kerak. Imtihon ikki bosqichdan iborat boʻladi:
  • Tinglab tushunish – 4 qism, har bir qismda 5 tadan topshiriq, jami 20 ta topshiriq, baholash 100 ball, shundan 60 oʻtish bali;
  • Oʻqish – 4 qism, har bir qismda 5 tadan topshiriq, jami 20 ta topshiriq, baholash 100 ball, shundan 60 oʻtish bali.

Agar imtihon topshiruvchi 200 dan 120 ball toʻplay olsa, imtihondan oʻtgan hisoblanadi.

  • HSK (ikkinchi daraja) – nomzod taxminan CEFRning “A” darajaga toʻgʻri keladigan bilimlarni egallagan boʻlishi, xitoy tilida elementar mavzularda soʻzlarni tushunishi va yoza olishi, 1 yil davomida haftasiga 2-3 marta xitoy tili darsida qatnashgan hamda 300 atrofidagi soʻzlarni qoʻllashi kerak. Imtihon ikki bosqichdan iborat boʻladi:
  • Tinglab tushunish – 4 qism, har bir qismda 5-10 tadan topshiriq, jami 35 ta topshiriq, baholash 100 ball, shundan 60 oʻtish bali;
  • Oʻqish – 4 qism, har bir qismda 5-10 tadan topshiriq, jami 25 ta topshiriq, baholash 100 ball, shundan 60 oʻtish bali.

200 dan 120 ball toʻplagan ishtirokchi imtihondan oʻtgan hisoblanadi. Sinovga 50 daqiqa beriladi.

  • HSK (uchinchi daraja) – “B1” darajasiga toʻgʻri keladi. Bu darajadagi bilimlarga ega boʻlgan kishi xitoy tilida ekskursiya, ish, oʻqish va hayotda erkin gaplashish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak. 3 semestr davomida darslarga qatnashgan va soʻz boyligi 600 ta soʻzni tashkil etishi kerak. Sinov uch bosqichda, 85 daqiqa davomida oʻtkaziladi:
  • Tinglab tushunish – 4 qism, 40 ta topshiriq, baholash 100 ball, shundan 60 oʻtish bali;
  • Oʻqish – 3 qism, har bir qismda 10 tadan topshiriq, jami 30 ta topshiriq, baholash 100 ball, shundan 60 oʻtish bali;
  • Yozuv – 2 qism, har qismda 5 tadan savol, jami 10 ta savol, baholash 100 ball, shundan 60 ball oʻtish bali.

Agar imtihon topshiruvchi 300 dan 180 ball toʻplay olsa, imtihondan oʻtgan hisoblanadi.

  • HSK (toʻrtinchi daraja) – imtihon topshiruvchi xitoy tili ona tilisi boʻlgan shaxslar bilan turli mavzularda suhbatlashishi, mulohazalarini erkin bayon etishi va bahslasha olishi kerak. Albatta, 2 yil davomida har hafta 2-3 marta xitoy tili darslarida ishtirok etgan va soʻz boyiligi 1200 tani tashkil etishi lozim. Imtihonda 3 bosqich, 100 ta topshiriq va 100 daqiqa vaqt beriladi:
  • Tinglab tushunish – 3 qism, 45 ta topshiriq, baholash 100 ball, shundan 60 oʻtish bali;
  • Oʻqish – 3 qism, 40 ta topshiriq, baholash 100 ball, shundan 60 oʻtish bali;
  • Yozuv – 2 qism, jami 15 ta savol, baholash 100 ball, shundan 60 ball oʻtish bali.

Imtihon topshiruvchi 300 dan 180 ball toʻplasa, imtihondan oʻtgan hisoblanadi.

  • HSK (beshinchi daraja) – “C1” darajaga mos keladi. Bu daraja sohibi ommaga nutq soʻzlashi, xitoycha gazeta-jurnallarni oʻqishi, telekoʻrsatuvlarni tushuna olishi kerak. 2 yildan koʻp muddatda haftasiga 2-4 marta xitoy tili darslarida qatnashishi va 2500 dan ortiq soʻz boyligiga ega boʻlishi zarur. Sinov 3 bosqich, 100 ta topshiriq va 100 daqiqa:
  • Tinglab tushunish – 2 qism, 45 ta topshiriq, baholash 100 ball;
  • Oʻqish – 3 qism, 45 ta topshiriq, baholash 100 ball;
  • Yozuv – 2 qism, 10 ta savol, baholash 100 ball.
  • HSK (oltinchi daraja) – CEFR boʻyicha “C2”, yaʼni professional daraja. 5000 dan ortiq soʻzlarni biladigan nomzodlar uchun. Imtihon 101 ta topshiriqdan va uch bosqichdan iborat. 135 daqiqa ajratiladi:
  • Tinglab tushunish – 3 qism, 50 ta topshiriq, baholash 100 ball;
  • Oʻqish – 4 qism, 50 ta topshiriq, baholash 100 ball;
  • Yozuv – 1 qism, baholash 100 ball.

HSK ogʻzaki imtihon: darajalar, bosqichlar va baholash

Sinovning ogʻzaki varianti uchga boʻlinadi va imtihon jarayoni diktofonga yozib olinadi:

HSK (boshlangʻich daraja) – CEFR ning “A”darajasiga toʻgʻri keladi. Nomzod xitoy tilidagi soʻzlarni tushunishi va oʻz fikrini anglata olishi kerak. 200 dan ortiq soʻzni biladiganlar uchun. Imtihon uch bosqich, 27 topshiriqdan iborat, 7 daqiqalik tayyorgarlik bilan birgalikda 17 daqiqa vaqt ajratiladi. 100 ballik sistemada baholanadi, 60 ball oʻtish bali:

  • Eshitgan maʼlumotni takrorlash – 15 ta topshiriq;
  • Ogʻzaki savollarga javob berish – 10 ta savol;
  • Yozma savollarga javob berish – 2 ta savol.

HSK (oʻrta daraja) – “B” darajasiga mos keladi. Imtihon topshiruvchi xitoy tilida soʻzlashuvchilar bilan erkin gaplasha olishi va ularni tushuna olishi hamda 900 dan ortiq soʻzni bilish kerak. Sinov uch bosqich, 27 topshiriqdan iborat, tayyorgarlik bilan birgalikda 21 daqiqa (10 minut tayyorlanishga) vaqt beriladi. 100 ballda baholanadi, 60 ball oʻtish bali:

  • Eshitgan maʼlumotni takrorlash – 10 ta topshiriq;
  • Berilgan surat haqida hikoya qilish – 2 ta topshiriq;
  • Savollarga javob berish – 2 ta savol.

HSK (yuqori daraja) – CEFR ning “C”darajasi. Fikrini ochiq-oydin, qiynalmay bayon etadigan, 3000 dan ortiq soʻz biladigan nomzodlar uchun. 3 ta qism, 6 ta topshiriqdan iborat, 24 daqiqa (10 daqiqasi tayyorgarlik koʻrish uchun) ajratiladi. Maksimal 100 ball bilan baholanadi, 60 ball oʻtish bali:

  • Eshitgan maʼlumotni erkin bayon etish – 2 ta topshiriq;
  • Ovozini chiqarib oʻqish – 2 ta topshiriq;
  • Savollarga javob berish – 2 ta savol.

HSK imtihoni sertifikati qancha muddat amal qiladi?

HSK sertifikati chet ellik abituriyentlarni taʼlim xitoy tilida olib boriladigan oliy oʻquv yurtlarga qabul qilish uchun zaruriy boʻlib, imtihon boʻlib oʻtgan kundan boshlab ikki yil muddatda amal qiladi. Sertifikat quyidagicha koʻrinishga ega:

HSK imtihoniga tayyorlanish uchun manbani qayerdan topish mumkin?

Quyidagi manbalarda HSK imtihoniga tayyorlanish uchun kitoblar va qoʻllanmalar eʼlon qilinadi:

  • HSK rasmiy sayti – http://www.chinesetest.cn.

HSK imtihoni haqida nimalarni bilish zarur?

  • HSK imtihoni formati doim oʻzgarib turadi. Shuning uchun muntazam ravishda sinov haqidagi bilimlarni yangilab turish zarur;
  • Tinglab tushunish qismidan yuqori ball olish uchun tinglab tushunish tezligini oshirish maqsadga muvofiq. HSK darajasi koʻtarilgan sari diktor matnni yanada tezroq oʻqiy boshlaydi;
  • Chalgʻitishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni qisqacha qayd qilib olish. Masalan, mantiqiy savollar berilganda bu usul juda qoʻl keladi;
  • Mulohazali savollarni “hatlab” oʻtish. Jarayonda siz uchun tushunarsiz boʻlgan savollar yoniga soʻroq belgisi qoʻyib, boshqasiga oʻting. Biladigan topshiriqlarga javob berib boʻlgach, tushunmagan savolga qaytish mumkin;
  • Blanklarni imtihon soʻnggida toʻldiring. Chunki jarayonning boshida asosiy vaqtingiz tashkiliy ishlarga sarflansa, topshiriqlarni yechishga vaqt yetmay qoladi;
  • Yozma qismda berayotgan javoblaringiz sodda va aniq boʻlishi kerak. Noaniq yozilgan iyeroglifni tekshiruvchi xato deb hisoblaydi;
  • Oʻzingizga ishoning. Siz albatta, muvaffaqiyatga erishasiz.

Qiziqarli malumotlar
Xitoy tili test