Windows tizimiga kirishda, parolni xato terganda, uni bloklash

Windows tizimiga kirishda, parolni xato terganda, uni bloklash
windows tizimiga kirishda parolni xato terganda uni bloklash 65cb08aac26d7

photo 2021 01 13 22 40 17

Windows tizimiga kirishda, parolni xato terganda, uni bloklash

DO`STLARGA ULASHING:

Windows tizimiga kirishda, parolni xato terganda, uni bloklash
#foydali

Parol bilan kiriladigan joylarda, maxfiylikni yana oshirish uchun, bir necha marotaba xato parol terilganda, uni bloklash imkoniyati bo’ladi. Misol uchun, 2 marotaba parol xato terilsa, qurilma(dastur) 60 daqiqaga bloklanadi, bu daqiqa ichida to’g’ri parol tersangiz ham ochilmaydi.

Windows tizimida ham bu imkoniyat mavjud, faqat uni sozlash lozim. Quyida, Windows tizimiga kirishda so’raladigan foydalanuvchi paroli 3 marotaba xato terilsa, 30 daqiqaga bloklash qanday amalga oshirilishini yozib o’taman.

1. Win+R → cmd va Enter.
2. Nechi marotabaxato parol terilsa, bloklash lozimligini o’rnatamiz(3 marotaba).
net accounts /lockoutthreshold:3
3. Nechi daqiqaga bloklash lozimligini kiritamiz(minimal qiymat 30 daqiqa, undan kam kiritsangiz xato beradi):
net accounts /lockoutduration:30
4. KIritgan sozlamalarni ko’rish uchun quyidagi buyruqni yozamiz:
net accounts

Shundan so’ng, Windows tizimiga kirishda 3 marotaba xato terilsa, tizimga 30 daqiqa kiraolmaysiz, xatto kompyuterni qayta o’chirib, yoqsangiz ham.

☝️Bu kod ishlidimi, yo’qmi, deb tekshirib yurmang, o’zimda tekshirib ko’rdim, barchasi ishladi, ishlaganligi uchun bu post 30 daqiqa kech yozildi).

O’zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do’stingizga ham ravo ko‘ring: ? https://t.me/planetait

parolni xato terganda, uni bloklash, Windows tizimiga kirishda