VIKKERS USULI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VIKKERS USULI haqida malumot bilib oling.

VIKKERS USULI — metallurgiyada materiallarning qattiqligini aniqlash usullaridan biri. Bu usulda material sirtiga toʻrt qirrali piramida shaklidagi olmos uchlik botiriladi, taʼsir ettirilgan kuchning sirtda piramida qoldirgan izi yuziga nisbati namunaning Vikkers boʻyicha qattiqligi boʻladi va HV bilan belgilanadi. Botirish kuchi sinalayotgan buyumning qattiqligi yoki qalinligiga qarab tanlanadi (50, 100, 200, 300, 500, 1000 N). V. u. boʻyicha qattiqlik, qattiqlik oʻlchagich bilan aniqlanadi. U sinashni statsionar sharoitda oʻtkazishga va botirish izining har ikki diagonalini 1 mkm xatolikkacha (oʻlchash mikroskopi b-n) oʻlchashga imkon beradi. Vikkers usuli metall va qotishmalarning yupqa yuza qatlamlari, yupqa listlar qattiqligini aniqlash uchun juda qulay hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
VIKKERS USULI