VIJDON

VIJDON

VIJDON

DO`STLARGA ULASHING:

VIJDON
– Hech o‘rgana olmayapman-da, ustoz, − dedi yosh domla keksa allomaga. – Ko‘zimga javdirab qarab tursa, buning ustiga “kontrakt”da o‘qisa… Qanday olaman?
– Senga nima xalaqit beryapti?
– Vijdon qiynalyapti…
– Hechqisi yo‘q, − dedi keksa domla. – Mendayam boshida shunday bo‘lgan. Vijdon deganlari avval qiynaladi… yomon qiynaladi… jon azobida o‘zini u yoqdan-bu yoqqa uradi… Oxiri… o‘ladi bechora. Ana undan so‘ng mazza qilib yashaysiz, shogird…

VIJDON