UzGeeks Community Startup Day. Tayyorgarlik.

UzGeeks Community Startup Day. Tayyorgarlik.

UzGeeks Community Startup Day. Tayyorgarlik.

UzGeeks meetuplari 2024-yil uchun rejasini e’lon qilgan edik.

Aprel oyida startaplar bo’yicha meetup qilishni reja qilgan edik. Lekin, startaplar mavzusida alohida yondashuv qilishga qaror qildik. Ya’ni, startaplar haqida suhbatlashishdan tashqari, UzGeeks Community a’zolari, o’zbekistonlik dasturchilar, mutaxassislar o’rtasida startap loyihasi bo’lganlar uchun maxsus maydoncha tashkil etib, ekspertlarni taklif qilib, «demo day» qilishni reja qilyapmiz.

Va yetarli darajada tayyorgarlik ko’rish uchun ma’lum vaqt ketishini hisobga olib, startaplarga bag’ishlangan meetupni kuz(sentabr/oktabr) oylarida o’tkazamiz.

Demak, Sizda biron bir g’oya bo’lsa, jamoangiz bo’lsa, hoziroq g’oyangizni amalga oshirishni boshlang. Biz Sizga ekspertlar, mutaxassislar(potensial investorlarni ham jalb qilishga harakat qilamiz) to’plangan maydoncha tashkil etib, u yerda o’z startap loyihangizni demo qilishingiz uchun yordam beramiz.

Ekspertlar fikri bo’yicha g’olib deb topilgan loyihalarga eng avvalo UzGeeks Community va qolaversa hamkorlar, homiylar tomonidan sovg’alar taqdim etiladi.

Biron bir taklif va mulohaza bo’lsa doimgidek, rasmiy guruhimiz @UzGeeksGroup ga yozib qoldirishingiz mumkin.

Hurmat bilan, UzGeeks Core team.

@UzGeeksCommunity

Startup
UzGeeks Community Startup Day. Tayyorgarlik.