UzGeeks Community haqida. Tashkiliy tuzilmasi

UzGeeks Community haqida. Tashkiliy tuzilmasi

UzGeeks Community haqida. Tashkiliy tuzilmasi

UzGeeks Community(hamjamiyati) — bu O’zbekistoning hamma burchaklaridan bo’lgan axborot texnologiyalari muhandislari faoliyatlari davomida shu sohada orttirgan bilim va tajribalari, izlanishlar va axborot texnologiyalari sohasidagi eng so’ngi yangiliklar bilan bo’lishish, yosh mutaxassislarga, talabalarga nazariy bilimlarini amaliyotdagi qo’llanilishi, yangi texnologiya va metodologiyalar bilan tanishish imkonini beruvchi mutlaq ochiq maydoncha.

Maqsad:

O’zbekzabon Axborot texnologiyalari (AT) dunyosini rivojlantirib, jahonda oʻz o’rnini egallashiga yordam berish.

UzGeeks a’zosi:

UzGeeksning telegram, facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi, shu bilan birga UzGeeks web-saytida ro’yxatdan o’tgan internet foydalanuvchisi.

Moliyalashtirish:

UzGeeksning faoliyati davomida moliyalashtirish talab etiladigan qismlari UzGeeks a’zolari, hamkorlar, donatelar, homiylar tomonidan zarurat bo’lganda ixtiyoriy ravishda moliyalashtiriladi. Bunda moliyalashtirish to’liq shaffof bo’lishi talab etiladi.

Tuzilma:

  • Core team
  • Events team
  • Projects team
  • Media & marketing team

Tadbirlar:

  • Meetup
  • Xakaton
  • Vebinar
  • Podcast

Core team

Community’ning maqsadlarini belgilaydi, rivojlanishi uchun zarur bo’lgan qarorlarni qabul qiladi, community nomidan so’zlay oladigan, faqatgina tavsiya asosida ichki ovoz berish jarayoni asosida tuziladigan asosiy boshqaruv guruhi.

Uning o’z rahbari bor va u Core teamda yashirin ovoz berish yo’li orqali aniqlanadi.

  • Communityni maqsadlarini belgilash;
  • Rivojlantirish uchun zarur qarorlar qabul qilish;
  • Quyi teamlar vazifalarini va jarayonlarni kuzatib borish va o’z fikrlarini olib borish;

Events team

UzGeeks Community doirasida meetuplar, xakatonlar, vebinarlar va boshqa turli ko’rinish va davomiylikdagi tadbirlar tashkil qiluvchi, ixtiyoriy UzGeeks a’zolaridan iborat guruh. Jamoaning rahbari mavjud.

Rahbari Core team tomonidan tayinlanadi.

UzGeeksni keyingi qarorlaridan kelib chiqib, bir nechta raxbarlari bo’lishi mumkin.

Vazifalari:

  • Turli eventlar uyushtishish, jumladan, Meetuplar, Xakatonlar, Vebinarlar va boshqalar;
  • Meetuplar uchun speaker’larni aniqlash va ular suhbatlashib, mos kelsa, meetupga speaker sifatida taklif qilish;
  • Speaker’larni meetup qanday tartibda bo’lishi bilan tanishtirish;
  • Speaker’lar bilan aloqada bo’lish, mavzularni tanlash, Media & marketing team uchun eventlarni e’lon qilish, ularni keng ommaga yetkazish uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlarni yig’ib berish;
  • Eventlar bo’ladigan joylarni aniqlash, belgilash, kelishish;
  • Eventlar bo’ladigan kunlari tashkiliy ishlarni bajarish;

Projects team

UzGeeks nomidan turli xil saytlar, mobil ilovalar yoki shu kabi dasturiy ta’minotlar ishlab chiqadigan, tarjima qiladigan yoki mavjudlarini qo’llab-quvvatlash bilan shug’ullanadigan UzGeeks a’zolaridan tashkil topgan guruh.

Rahbari Core team tomonidan tayinlanadi.

Vazifalari:

  • Uzgeeks saytini texnik qo’llab-quvvatlash, yangi qo’shimchalar qo’shish;
  • Uzgeeks Community nomidan turli dasturlar ishlab chiqish;

Media & marketing team

UzGeeks faoliyatini, uning loyihalarini yoritib boradigan hamda turli xil platformalarda ixtiyoriy turdagi kontent yaratadigan UzGeeks a’zolaridan tashkil topgan guruh.

Rahbari Core team tomonidan tayinlanadi.

Vazifalari:

  • Eventlar uchun media-ma’lumotlar tayyorlash;
  • Eventlarni keng ommaga yetkazish bo’yicha rejalar tuzish;
  • Rejalarga asosan ijtimoiy platformalarda postlar, yozish va vaqtida target qilish;
  • Eventlardan sur’atlar, videolar yig’ib, community uchun promo-medialar (rasmlar, videolar) tayyorlash;

Meetuplar

Meetuplar UzGeeks community tomonidan 2015-yildan buyon har oyda o’tkazilinib keladi. Meetuplarda AT (IT) sohasiga qiziqadigan yoshlar va shu sohadagilar uchun axborot texnologiyalari sohasidagi eng so’ngi yangiliklarni, amaliyotdagi qo’llaniladigan texnologiya va metodologiyalarni tanishtiriladigan va ko’nikmalar beriladigan tadbir.

Tadbirlarda sohalarning tanishtirish uchun mutaxassislar nutq/chiqishlari bilan ishtirok etadi.

Mutaxassislarni topish va ularni meetupga nutq so’zlovchi sifatida taklif qilishga
Events team javobgar hisoblanadi.

An’analar:

  • Har oy o’tkaziladi
  • Oyning uchinchi yoki to’rtinchi haftasining shanba kunida o’tkaziladi;
  • Kuning ikkinchi yarmida, ya’ni, 14:00 dan ~17:00 gacha bo’ladi. Meetup taxminan 3 soat davomiylikda o’tkaziladi;
  • Meetupda 3 ta mutaxassis so’zlovchi sifatida qatnashadi (Core team taklif/talabiga ko’ra soni o’zgarishi mumkin).
  • Mutaxassislar taxminan 45 daqiqa nuqt so’zlaydi, 10-15 daqiqa S&J vaqti bo’ladi, 5 daqiqa tanaffus bo’ladi. Shu tariqa har bir mutaxassis uchun 1 soatdan vaqt ajratiladi.
  • Meetup oxirida mutaxassislar va tashrif buyurganlar bilan umumiy sur’at/videoga tushiladi.
  • Eng yaxshi savol egasiga Jamoa, homiy yoki mutaxassislar tomonidan estalik sovg’alari beriladi.

Podcasts

Podkastlar «online» va (keyinchalik) «offline» ko’rinishda bo’ladi.

Podkastlarda deyarli rasmiy bo’lmagan holatda va deyarli cheklanmagan doiradagi mavzular ustida suhbatlashish mumkin.

Bitta podkast ~45 daqiqa davom etadi.

Bitta podkastda 3+ turdagi mavzuda suhbatlashiladi.

Bitta mavzu uchun maksimal 15 daqiqa ajratiladi.

Podkast uchun umumiy(chegaraviy) mavzular:

AT da ish topish uchun

  • Nimalarni bilish kerak?
  • Ish jarayonlari qanaqa
  • qanaqa qilib yangi texnologiya o’rganamiz?
  • Kimlar bilan aloqa qilsam bo`ladi, tanish-bilish

Yaxshi texnologiyalar

  • Ishlatib ko`rish va solishtirish natijalari. (Masalan, Notion va Confluence’ni nima afzallik/kamchiliklari bor)
  • Dunyoda nima yangi loyihalar qilinayapti?
  • O’zbekistonda nima yangi loyihalar qilinayapti?

Falonchi aka/opa kim?

  • U odam va loyihalari haqida.
  • U odam bilan suhbat.

Yurtimizdagi Falon korxona kimga tegishli?

  • Loyiha haqida va u nimalarni o’zgartirdi?
  • Loyiha egasi yoki IT menejeri bilan suhbat.

Oliy ta’lim

  • Biror o’qituvchi/domla bilan suhbat.
  • Muammolar/yechimlar.
  • Oliy ta’limdagi o’zgarishlar.
  • Ta’limdagi (real) yutuqlar.
  • * Balki o’quv kursidan ham chaqirarmiz.

Choyxona, shunchaki gaplashib o`tirish

Konferensiyalar haqida.

Boshqa IT tadbirlar haqida.

  • * A$r0r «moshennik» deyishganni olib chiqish va savol-javob qilish.

* GDPR

  • «Prodga dostup»
  • Odamlarning ma’lumotlarini ochiq muhitga chiqishi.

Boshqalar
UzGeeks Community haqida. Tashkiliy tuzilmasi

Оставьте комментарий