Uzbek romanlari
57 tadan 1–9 lar ko’rsatilyapti
Uzbek romanlari
57 tadan 1–9 lar ko’rsatilyapti
Menkim, Dima Qayum.
Skafandr va kapalak
Mo’yna mantoli Madonna
Qora haykal
Choliqushi
Ufq
Muvozanat
Fotima va Zuxra
Tushda kechgan umrlar
Menkim, Dima Qayum.
Rishtonlik blogger Dima Qayum taxallusli Dilshod Boltaboyevdan hayotiy hangomalar, voqealardan tashkil topgan hazillar to’plami.
Skafandr va kapalak
Jan-Dominik Bobining yana bir mashxur asarlaridan biri “Skafandr va kapalak” romani bo’lib, yozuvchining to’satdan eng gullagan payti ya’ni 44 yoshida orttirib olgan falaj kasalligi domida yaratilgan asari hissoblanadi. Jan-Dominik Bobiga birov barcha harflarni o’qib berib, keraklisiga kelganda ko’zini yumib ochishi orqali yozilgan va tutqundagi ruhning xotiralari, kechinmalaridan iborat asardir. Bu asarning qiymati shunchaki, badiiy to’qima emas, shu ahvolga tushgan odamning rostakam o’y-xayollaridir. U skafandriga qamalib fikrlar ekan, osmonda, ya’ni boshqa dunyoda kapalakning ozod bo’lishi mumkinmi-yo’qligini o’ylaydi. Kitob chop etilganidan ikki kun o’tib muallif vafot etadi.
Mo’yna mantoli Madonna
«Moʼyna mantoli Madonna» turk romanida Birinchi jahon urishidan keyin – Ikkinchi jahon urushidan oldingi davrlarda yashagan qahramonlarning ehtirosli, achchiq muhabbati tasvirlanadi.
Qora haykal
Siz va bizga ma’lum-u, mashxur bo’lgan nemis yozuvchisi Erix Mariya Remarkning “Qora haykal”asari roman janrida yozilgan bo’lib, unda urushda qalbini yo‘qotgan, tuyg‘ularini qurbon qilgan insonlar haqida so’z boradi. Asar bosh qahramoni Lyudovig bo’lib, birinchi dunyo harbidan omon qaytgan askarlardan biri. Eski safdoshlari bilan qabrtoshi yasab sotuvchi firmada ishlaydi. Urushda 4 yil, urushdan so‘ng 1923-yilga qadar har kuni murdalar bilan yuzma yuz keluvchi qahramon. “Bir kishining o‘limi fojea. Yuz minglab odamlarning vafoti shunchaki statistika”.
Choliqushi
“Choliqushi” romani turk yozuvchisi Reşat Nuri Güntekin qalamiga mansub roman. Ilk bor 1922-yilda chop etilgan. Asarda yosh oʻqituvchi Ferede va uning Kamranga boʻlgan muhabbati haqida soʻz yuritipgan va ushbu romanni oʻzbek tiliga Mirzakalon Ismoiliy tarjima qilgan. Asar oʻzbek tilida bir necha bir nashr qilingan bo’lib, 1966-yil „Choliqushi“ asosida film ham suratga olingan. 1986-2013-yillarda esa asar asosida teleserial ham dunyo yuzini ko’rgan va hammani qalbidan joy olishga ham ulgurgan. 1986-yili ushbu serial “Oʻzbektelefilm” kinostudiyasida oʻzbek tiliga dublyaj qilingan. Romandagi voqealar Birinchi jahon urushi arafasida yuz beradi. Asarning bosh qahramoni Farida yoshligida ota-onasidan ajrab, hayotda turli qiyinchiliklarga duch keladi. Ferede oʻz xolasining oʻgʻli Kamronni sevib qoladi. Kamron ham uni sevadi, ammo oilaviy shartlarga koʻra ular birga boʻla olmaydilar. Ferede oʻqituvchi boʻlib ishlash uchun chekka qishloqqa ketadi. Asar soʻnggida ikki yosh nihoyat bir-biriga yetishadi.
Ufq
Iste’dodli yozuvchi Said Ahmadning ushbu “Ufq” trilogiyasi yozuvchi ijodidagi yangi janrgina bo’lib qolmay, balki o‘zbek adabiyotida ham yangi janr hisoblanadi. Ijodining eng sermahsul davrida yozgan ushbu roman-trilogiyada Said Ahmad Ikkinchi jahon urushining shiddatli yillarida o‘zbek dehqonlarining front orqasida ko‘rsatgan mehnatlari, qahramonliklari haqida hikoya qiladi va urushdan oldingi, keyingi davr muammolari haqida bahs yuritadi.O’sga davrga xos bo’lgan qiyinchiliklar, mashaqqatlar og‘ushida urush va mehnat frontiga safarbar qilingan yoshlar qalbi jo‘shqinlik va muhabbat tuyg‘ularidan yiroq emas: Azizxon va Lutfinisa, Nizomjon va Dildor, Tursunboy va Zebixon… Asarda o‘t-olov bo‘lib yongan oshiq-ma’shuqlarning hech biriga visol nasib etmaydi. Qiyinchiliklardan keyin qahramonlar yana sevgiga, sadoqatga ro‘baro‘ bo‘lishadi, ammo birinchi muhabbat davr va sinovlar qa’riga singib ketadi… Siz mutolaa davomida nafaqat jonli tasvirlar orqali tarixiy ma’lumotlar bilan tanishasiz, balkim hayot mashaqqatlaridan saboq chiqarishga, insoniylik va muhabbat aynan qiyinchiliklar ta’sirida toblanishiga amin bo‘lasiz.
Muvozanat
Ushbu “Muvozanat” asari yozuvchi Ulug’bek Hamdam qalamiga mansub bo’lib, roman janrida yozilgan. Adibning “Muvozanat” romani va ” Tosh” hikoyasi Amerikada e’tirof etildi. Yozuvchi Ulug‘bek Hamdam “Muvozanat” romanida xohlagan harakatlanayotgan narsada muvozanat bo‘lmasa, u muvozanatsizlikka yo‘liqishi, biz yashayotgan hayotda juda ko‘p muvozanatlar borligi va balki biz aynan shu muvozanatlar bilan birga yashashimizni, bizni yashashga bo‘lgan ishtiyoqimizni ular ushlab turishi mumkinligini tasvirlaydi. Muvozanat” romani qahramonlari Yusuf, Amir, Sodiq, Oygul, Gulshoda taqdiri misolida insonning moddiy va ma’naviy (ruhiy) hayotda muvozanatni saqlay bilishi kerakligi, o‘z insoniy qiyofasini yo‘qotmaslik uchun kurashishi lozimligi, har qanday qiyinchilik, mashaqqatlarga bardosh berishi shartligi ko‘rsatib berilgan.
Fotima va Zuxra
Taniqli yozuvchilardan biri bo’lgan, O’lmas Umarbekovning ”Fotima va Zuhra ” romani 1994-yilda adib umrining so’ngi yillarida yozilgan. Asarda milliy ma’naviyatimizdagi salbiy jihatlar, illatlar sarguzasht yo’sinida aks ettiriladi. Muallim oilasida ulg’aygan ,ammo jinoyatchilar to’dasiga qo’shilib qolgan erka o’g’il Hamidullaning qimor o’ynab singlisi Fotimani yutqizib qo’yishi bilan ketma -ket turli fojialarga yo’l ochadi. Asar asosida 2005-yilda kinofilm suratga olingan. Film ssenariysini “Fotima va Zuhra” motivlariga asoslangan holda Bahrom Yoqubov hamda Ulugʻbek Zufarovlar yozgan. Postanovkachi rejissor — Bahrom Yoqubov, prodyuser — Avaz Tojixonov. Filmdagi Fotima rolini aktrisa Gulchehra Eshonqulova, Zuhra rolini esa aktrisa va qoʻshiqchi Shahzoda ijro etgan[3]. Filmda yana mashhur oʻzbek aktyor va aktrisalaridan Ubaydulla Omon, Raʼno Zokirova, Ulugʻbek Qodirov, Lutfulla Saʼdullayevlar rol ijro etgan.
Tushda kechgan umrlar
”Ikki eshik orası ”, ”Dunyoning ishlari” Bahor qaytmaydi” singari mashxur asarlar muallifi hissoblangan O’tkir Hoshimovning yana bir mashxur va kitobxonlarning qalbidan joy olgan asarlaridan biri ”Tushda kechgan umrlar” romanidir. Roman 1991-1992 yillarda yozilgan. Ilk bor Sharq yulduzi jurnalida e’lon qilingan. 1994-yilda esa, Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyotida chop etilgan. ” Tushda kechgan umrlar” romani muallifning eng mashhur asarlaridan biri.
Bestseller kitoblar
Qo’rqma Javlon Jovliyev
Raqamli qal’a Den Braun
Alif Paulo Koelo
To seni topgunimcha Jojo Moyes
Kitob statusi
Quyidagilardan brini tanlang
Yopish Saqlash
Kitobman facebookda
Najot ilmda, ilm kitob da!
Najot ilmda, ilm kitob da!
Kitobman
Janrlar
- Madaniyat va san’at
- Bolalar adabiyoti
- Ilmiy adabiyotlar
- Sog’liq va go’zallik
- Jahon adabiyoti
Bo’limlar
Ma’lumotlar
- Foydalanish qoidalari
- Sayt xaritasi
- Biz bilan bog’lanish
Kitob statusi
Quyidagilardan brini tanlang
Uzbek romanlari
Powered by Phoca Download
Saytimiz rivojiga hissa
Uzcard: 8600 5504 8563 9786
© 2004-2020 – Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.
- Bosh sahifa
- Portal haqida
- Portal tarixi
- Sayt xaritasi
- Muallif haqida
- Tafakkur gulshani
- Mumtoz faylasuflar hikmati
- Ibratli hikoyatlar
- Jahon xalqlari maqollari
- Jadid matbuoti
- Sovet davri matbuoti
- Qayta qurish davri matbuoti
- Mustaqillik matbuoti
- Hozirgi davr matbuoti
- Tarix
- O‘zbekiston hukmdorlari
- Temuriy malikalar
- Yurt bo‘ynidagi qilich.
- Qomusiy olimlar, sarkardalar
- O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
- O‘zbek xalq maqollari
- O‘zbek xalq ertaklari
- O‘zbek xalq topishmoqlari
- O‘zbek mumtoz adabiyoti
- Zamonaviy o‘zbek she’riyati
- Muxlislar ijodidan
- Barcha kitoblar
- Ziyouz jurnalxonasi
- Ziyouz audiokutubxonasi
- Mobil kutubxona
- Maktab darsliklari
- Oliy va OMTM darsliklari
- Durdona to‘plamlar
- Android uchun kitoblar
- Videogalereya
- Узбекская библиотека
- Islomiy sahifamiz
- Forum
- Kross-shou
- Foydali sahifalar
- Saytdan qidirsh
- Ziyouz viktorinasi arxivi
Qiziqarli malumotlar
Uzbek romanlari