Uxlamaslik oqibati. to’liq malumot oling
Uxlamaslik okibati.
1.Miyamiz toliqib qoladi
Inson miyasi uzog‘ibilan kechki soat 23:00 gacha bedor bo‘lishi mumkin. Agar soat 23:00 dan so‘ng uxlashga odatlangan bo‘lsangiz, vaqt o‘tgani sayin aqliy faoliyatingiz sustlashib boradi. Ba’zilar tungi soat 23:00 dan soat 2:00 gacha mizg‘ib olishadiyu, so‘ng yozuv-chizuv ishlarini bajarishadi. Bu ham sog‘liqqa zarar. Ayniqsa, asab tizimi zararlanadi. Holsizlik, jizzakilik, kayfiyat o‘zgarishi kuzatilishi mumkin.
2.Tashqi ko‘rinishingiz o‘zgaradi
Tunda organizmdagi hujayralar yangilanadi. Buning uchun esa ularga dam berish kerak. Organizm uyg‘oq holatda bo‘lganida yangilanish jarayonlari sodir bo‘lmaydi. Qarabsizki, yuz terisiga ajin tushishi, rangparlik kabilar yuzaga keladi.
3.Surunkali charchoq
Avvaliga kunduzi uyqungiz kelayotgandek tuyuladi. Bora-bora mehnat layoqati kamayib, xotira sustlashadi, diqqatni jamlashga qiynalasiz. Chunki organizm juda ham toliqqan. Uyqusizlik esa zahira quvvatini ham tortib olayapti.
4.Immunitet zaiflashadi
Hammasi kundek ravshan. Uyquning yetarli bo‘lmayotgani immun tizimini ishdan chiqaradi. Organizmdagi almashinuv jarayonlari buzilib, immunitet zaiflashib boradi. Bu holat tez-tesh shamollash va tumov bilan kuzatilishi mumkin.
Boshqa mavzular
Uxlamaslik oqibati.