UX/UI dizayneri kim va u nima ish qiladi ?
UX/UI dizayneri bugungi kunda bozorda eng ko’p talab qilinadigan kasblardan biridir. Ushbu maqolada biz UX / UI dizayneri kim ekanligini va nima uchun UX / UI dizayni nafaqat grafikalar emas ekanligini batafsil tahlil qilamiz.
UX/UI nima?
UX qisqartmasi foydalanuvchi tajribasini anglatadi. Oddiy so’zlar bilan aytganda, foydalanuvchi interfeys bilan qanday munosabatda bo’ladi va sayt yoki dastur unga qanchalik qulay. UX / UI dizaynerlari IT sohasida talabga ega, chunki dasturchilar tayyorlaydigan interfeyslar nafaqat chiroyli, balki tushunarli bo’lishi kerak.
UX tarkibiga sayt navigatsiyasi, menyu funksionalligi va sahifalar bilan oʻzaro taʼsir qilish natijasi kiradi. Bu nafaqat saytning «skeleti» — uning tuzilishi — balki aloqa: dialog oynalari, tugmalar funksiyasi, qidiruv va shakl sozlamalari hamdir. Bu foydalanuvchining saytga kelgan narsasini uni ma’lumotlarini qanchalik tez olishini aniqlaydigan sifat hisoblanadi.
UI — bu foydalanuvchi interfeysi, boshqacha aytganda, sayt dizayni: ranglar kombinatsiyasi, shriftlar, piktogrammalar va tugmalar.
UX — bu interfeysning funksionalligi, UI — uning ko’rinishi.
UX/UI dizayn tamoyillariga asoslangan mahsulotni ishlab chiqish rejasi
1. Ma’lumot toplash
Dizayn uchun sohaga oid ma’lumotlarni to’plash, ularni saralash va keraklilaridan moodboard yig’ish.
2. Analitika (mahsulot yoki xizmat turi uchun dizaynni tahlil qilish)
Mahsulotning bozordagi analoglardan ustunligi kamchiliklari va u haqida kerakli barcha ma’lumotlarni tahlil qilish orqali u uchun optimal dizayn variantini tanlash.
3. Dastur yoki saytning tuzilishi
Sayt yoki dastur qanday ko’rinishda va tuzilishda bo’ladi shuni belgilab olish. Keyinchalik bu UI ni qilish vaqtida vaqtni tejaydi.
4. Dastur yoki saytning prototipi
Figma , AdobeXD kabi dasturlarda ularni yarim tayyor holatini qilib olish.
5. Kontent bilan ishlash
Dizayndagi kontent bilan alohida ishlash. Yangi trendlardan ortda qolmaslik. Yangilik va kreativlik orasida oltin muvozanatda tura olish. Doimiy sifatli kontent bilan UI ni boyitish.
6. Dizayn. UI
UI ni tayyorlash
7. Testlash
Dizayndagi barcha komponentlarni bir qator sinovdan o’tqazish.
Bu haqida bundan oldingi QA muhandislari haqidagi maqolamizda to’liq o’qing.
Huddi shu bosqichlardan so’ng bitgan dastur yoki sayt dizaynini funksional qismini sihlab chiqish uchun Backend dasturchilarga taqdim etilsa bo’ladi.
Umumiy Dasturlash
UX/UI dizayneri kim va u nima ish qiladi ?