URXUN-YENISEY YOZUVI
URXUN-YENISEY YOZUVI, qadimgi turk runik yozuvi — tosh, metall, yogʻoch va b. ga oʻyib bitilgan qad. turkiy yozuvlar. 5—8-a. (baʼzi manbalarda 8—10-a.) larga mansub. Urxun va Yenisey daryolari havzalaridan topilganligi sababli shu nom bilan yuritiladi. Tashqi koʻrinishidan got (qad. german) yozuviga oʻxshash boʻlganligi uchun runik yozuv deb ham atalgan. Urxun-yenisey yozuvi haqida dastlab 18-a. ning boshlarida rus olimi S. Remezov, keyinroq shved olimi F. Stralenberg xamda nemis olimi D. G. Messershmidtlar xabar bergan. Bu yozuv (lar)ning turkiy xalklarga mansubligini birinchi marta fransuz olimi J. P. AbelRemyuza (1820), soʻngra rus olimi N. M. Yadrinsev (1889) isbotlagan. 1890 i. N. M. Yadrinsev va 1891-y. V. V. Radlov rahbarligida Urxun daryosi boʻyiga uyushtirilgan arxeologik ekspeditsiyalar natijasi sifatida 1892-y. 2 ta atlas eʼlon qilindi. Bu atlaslarda bosilgan Urxun-yenisey yozuvi matnlarini birinchi boʻlib daniyalik tilshunos V. Tomsen oʻqishga muvaffaq boʻldi (1893-y. noyab). V. Tomsendan soʻng V. V. Radlov turk shahzodasi Kultegin (8-a.) xotirasiga bitilgan ulkan toshdagi matnning transliteratsiya va transkripsiyasink tuzib, nemis tiliga tarjima qildi. Bu material qad. turkiy til qurilishi, fonetikasi, morfologiyasi va leksikasi yuzasidan dastlabki tasavvurni shakllantirdi.
Ensiklopediya.uz
URXUN-YENISEY YOZUVI