UMARXON

UMARXON

UMARXON, Amir Umarxon, Amiriy (1787 — Qoʻqon — 1822) — Qoʻqon xoni (1810—1822), zullisonayn shoir. Norboʻtabiynint oʻgʻli. Oʻzbeklarning ming urugʻidan. Boshlangʻich savodini oilada chikarib, keyin madrasada tahsil olgan. Yoshligidan saroy xizmatiga jalb qilingan: akasi — Qoʻqon xoni Olimxonnnng davlatni boshqarish ishlarida faol ishtirok etgan. Olimxon 1807—08 y. larda unga Fargʻona hokimligini topshirgan. Shu yillarda u Andijon hokimi Rahmonqulibiyning qizi Mohlaroyim (Nodira)ga uylangan.

Ensiklopediya.uz
UMARXON