Tushda kitob

Tushda kitob

Agar she’rlar kitobini o’qiganini va she’rlar g’azal va madhlardan iborat bo’lsa, odamlar malomat qiladigan bir ish bilan mashg’ul bo’lishiga dalildir. Agar she’r na’t va tavhid haqida bo’lsa, yaxshi bo’lishiga dalildir.

Tushda It kirsa tabiri

It tush tabiri – Agar kishi tushda it korsa bu tush nimadan ogoh etadi? Bu tushni ulamolar turlicha talqin qilishgan.

Tushdagi it dushmanga tabir qilinadi. Agar it sizga hujum qilsa yoki sizga tashlansa, vovillasa buni eshitgan kishi dushmanidan ozor chekadi. Tushdagi itning tishlashi sizga keladigan katta zarardan ogoh etadi.

Budan tashqari it yomon hulqli ayolga ham tabir qilinadi. Tushingizda it goʻshtini koʻrsangiz demak sizga merosdan qoladigan davlat yetadi. Agar honadonongizda itingiz borligini koʻrsangiz, dushmanlaringizdan ustun kelasiz. Tushdagi zotdor itlar hushxabar va shodiyona kunlardan darak beradi.

Tushda it korsa: Vanga tabiri

Agar tushingizdagi it oʻzini yovuz tutsa, bu oʻngdagi ohmoqona ishlarga ishora. Bordiyu tushdagi it siz tomonga qaramasa oʻngda sovgʻa olasiz. Bordiyu it yoningizga kelsa, oʻngingizda siz yoqtirgan odam mehmondorchilikka keladi. Agar kishi tushida it unga qarab hurayotgan boʻlsa, oʻngida kimlardir unga dushmanlik qilmoqchi.

Tushdagi it kishini tishlasa demak yaqinlaridan biri unga dushmanlik qiladi. Bordiyu it yengilroq jarohat yetqazsa, yaqinlaridan kimdir uni aldaydi. Itning akkilashi gʻiybat demakdir. Bordiyu tushda itboz bilan maslahat qilsangiz, oʻngingizda birovga ogʻiringiz tushadi.

Tush tabiri it: Miller tabiri

Taniqli tabirichi miller tushdagi itni shunday tabir qiladi. Tushda it koʻrgan kishi, gunoh ishlar qilishdan qaytmaydigan, mayishatga berilgan ahloqi buzuq kishidir. Bundan tashqari tushdagi it esi past aqilsiz kishiga dalolat qiladi. Qoʻlga oʻrgatilgan it, raxm shavqatsiz hamda pastkash kishiga dalildir.

Tushdagi it faqatgina bir oʻrinda yaxshilikka tabir qilinadi, oʻsha maskur oʻrin qachonki siz tushingizda itlarni oʻynab yurganini koʻrsangiz shundagina. Agar it tunda yotgan boʻlsa demak sizning molingizga ziyon yetadi. Tushda itning sutini ichish, oʻngingizdagi hadik hisoblanadi.

It yovuzlik va doʻstlik ramzi

Quturgan itni tushida koʻrgan kishi raqiblaridan ozor koʻradi. Tushdagi yaxshi it esa doʻstlar va yaqinlardan keladigan yaxshilik ramzi hisoblanadi. Bordiyu tushingizda zotdor it koʻrsangiz demak hayotingizni yaxshilab olishga imkon bor.

Agar badani yoki biron joyi qon boʻlgan it sizga ergashsa demak sizga kulfat yaqin darrov sadaqa berishingiz kerak. Agar sizni it tishlab olsa demak yaqin orada ish va uyda tushunmovchiliklar barham topmaydi.

Iflos va kir itlar dardga ishora. agar it akillaganini tushingizda eshitsangiz bu yomon habar kelishidan ogoh etadi. Uydagi ovchi it ishlarning barakali boʻlib borishiga ishora.

  • It bolasi kursa – mehr muruvvat
  • Tushda it tishlashi – ziyon zahmat
  • Itdan qochish – qoʻrquv
  • It bolalarini korsa – mehr va qalbi tozalik
  • Itni o’ldirish – dushman ustidan gʻalaba
  • Sariq it korsa – gʻiybatchi dushman

Bordiyu tushingizda katta itni uchratib undan qoʻrqib turgan boʻlsangiz, bu sizning atrofingizda shafqatsiz kishilar borligidan dalolat.

Tushda kitob

Tushda kitob — Ibn Sirinning aytishicha, tushida tafsir kitobini o’qiganini ko’rsa, dinda taqvoli bo’lishiga va to’xtab qolgan ishlarining yurishib ketishiga dalil bo’ladi.

Agar tushida fiqhga oid kitob o’qiganini ko’rsa, qilinishi mumkin bo’lmagan ishlardan qaytishiga dalildir. Agar hadis kitobini o’qiganini ko’rsa, podshoh oddida fikri o’tadigan bo’lishiga dalildir.

Tushda kitob Agar usul kitobini o’qiganini ko’rsa, foyda qiyinlik bilan hosil bo’ladigan ishga mashg’ul bo’lishiga va dinda savob bo’ladig’an amalni qilishiga dalildir. Agar qissa kitobini o’qiganini ko’rsa, avliyo va anbiyolar so’ziga harismand bo’lishiga dalildir. Agar nujum kitobini o’qiganini ko’rsa, bu jahon yaxshiligi hosil bo’lishiga dalildir.

Agar nahv va odob kitoblarini o’qiganini ko’rsa, biror narsani qidirish va biror narsani tanish ishtiyoqida bo’lishiga dalildir.

Agar she’rlar kitobini o’qiganini va she’rlar g’azal va madhlardan iborat bo’lsa, odamlar malomat qiladigan bir ish bilan mashg’ul bo’lishiga dalildir. Agar she’r na’t va tavhid haqida bo’lsa, yaxshi bo’lishiga dalildir.

Agar ta’bir (tush) kitobini o’qiganini ko’rsa, bir ulug’ odam so’zlaridan minnatdor bo’lishi va undan foyda topishiga dalildir.

Agar tushida «Hidoya» kitobini o’qiganini ko’rsa, odamlar dono deb atashlariga bois bo’ladigan amalga mashg’ul bo’lishiga dalildir, lekin din uchun foydasi bo’lmaydi. Agar qozilik hukmlari haqidagi kitobni o’qiganini ko’rsa, safarga borishi va undan foyda topishiga dalildir.

Agar hisob kitobini o’qiganini ko’rsa, doimo g’amgin bo’lishiga dalildir. Agar latifa va afsonalar haqidagi kitobni o’qiganini ko’rsa, xunuk bir ishni qilishiga dalildir. Agar hajv va nuqson haqidagi kitobni o’qiganini ko’rsa, odamlarning nuqsonini qidirish va odam- lar orasida badnom bo’lishiga dalildir.

Qiziqarli malumotlar
Tushda kitob