Tush tabiri kiyim sotib olish
Shuningdek, bir necha fuqaroning ballari teng kelib qolsa, ammo ularning barchasiga subsidiya ajratishning imkoni bo‘lmasa, bunday holatda komissiya tomonidan birinchi ariza berganlarga subsidiya ajratiladi. Qolganlar esa keyingi kalendar yilida subsidiyadan foydalanadi, balli kuyib ketmaydi.
Tush tabiri kiyim sotib olish
“Ҳеч қачон фуқароларимизни оғир кунларида ва ҳаётларини янгидан тиклашдаги уринишларида ёлғиз қолдирмаймиз” – Туркия президенти
21.02.2023, 14:19
Туркияда номаълум мурдалар кимсасиз қабристонларга дафн этилаётгани рад этилди
21.02.2023, 13:43
Қорақалпоғистонда қурилаётган 5 қаватли уйнинг зинапояси қулаб тушди
21.02.2023, 13:24
Украинага ким кўпроқ ёрдам берди: АҚШми ёки Европа?
21.02.2023, 13:00
Энди Самарқанддан Ал-Кувайтга бориш мумкин бўлади
21.02.2023, 12:18
Видео
⚡️“Туркияда ўқилаётган жанозалар бизнинг уйимизда бўлаётган мотамдир” (видео)
Қорақалпоғистонда “Nexia-3” ва юк машинаси иштирокида даҳшатли ЙТҲ содир бўлди, 5 одам ҳалок бўлган (видео)
Туркияда кучли зилзила содир бўлди, қурбонлар бор (видео)
Тожикистонлик наркокуръерлар томонидан Наманганда яшириб кетилган наркотик моддалар мусодара қилинди — ДХХ (видео)
Тошкентда болаларни ўғирлаб кетилаётгани ҳақида видео тарқалди. Ўқувчиларни нега машинага тиқишмоқчи бўлишгани очиқланди (видео)
Қозоғистоннинг Тошкент вилоятига чегарадош ҳудудида сув тошқини кузатилмоқда (видео)
Об-ҳаво: Тошкент
+18.97° ҳаво очиқ
Валюта курси
Фото
Энг кўп ўқилган
20.02.2023, 23:39
20.02.2023, 23:20
20.02.2023, 19:24
19.02.2023, 18:35
20.02.2023, 16:06
19.02.2023, 14:28
20.02.2023, 22:07
16.02.2023, 23:15
СИЁСАТ
Ўзбекистон Президенти Миср ишбилармон доиралари вакиллари билан учрашди
21.02.2023, 02:05
Шавкат Мирзиёев Миср цивилизацияси миллий музейи билан танишди
Шавкат Мирзиёев Қоҳирадаги Аҳмад Фарғоний ҳайкали пойига гулчамбар қўйди
Шавкат Мирзиёев расмий ташриф билан Қоҳирага келди
Шавкат Мирзиёев 20-21 февраль кунлари расмий ташриф билан Мисрда бўлади
АҚШ Президенти Шавкат Мирзиёевга мактуб йўллади
“Одамларнинг бирини икки қилиш учун келдик”. Шавкат Мирзиёев Бухорога ташрифни Баҳоуддин Нақшбанд мақбарасини зиёрат қилишдан бошлади (фото)
ИҚТИСОДИЁТ
2023 йилнинг илк ойида Ўзбекистоннинг ташқи савдо айланмаси 5 млрд. АҚШ долларига етди
Доллар курси яна тушди
Январь ойида Ўзбекистонда янги корхоналар ташкил этишга энг кўп капитал Россия томонидан киритилди
Ўзбекистон иқтисодиёти 2023 йилда 6,5 фоизга ўсиши мумкин
Ўзбекистонда долларнинг расмий курси тушди
Марказий банк хорижий валюталарнинг ўзбек сўмига нисбатан 17 февраль, жума куни амалда бўладиган қийматини эълон қилди.Унга.
“Саноат энергетика гуруҳи” Ўзбекистон энергетика тизими ҳақидаги шов-шувли хабарларга муносабат билдирди
“Саноат энергетика гуруҳи” хорижий оммавий ахборот воситалари томонидан Ўзбекистон энергетика тизими ҳақида нотўғри маълумотлар тарқатилаётганини маълум.
Tush tabiri kiyim sotib olish
2019 yil 28 noyabrda qabul qilingan 5886-sonli prezident farmonida ayrim shaxslarga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar to‘lanishi belgilangan, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-sonli qarori bilan uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlarga uy-joy sotib olishda subsidiyalar to‘lash tartibi tasdiqlangan edi.
Davlat xizmatlari agentligi yetakchi mutaxassisi Abror Maxsudov Kun.uz’ga bergan intervyusida subsidiyalar bilan bog‘liq eng dolzarb savollarga javob qaytardi.
– Davlat tomonidan uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar berish tartibi kuchga kirganiga ham bir yildan oshdi. O‘tgan bir yildan ko‘proq vaqt mobaynida hamyurtlarimizdan bu borada ko‘plar murojaatlar, savollar bo‘lgani tabiiy. Bunday savollar tahririyatimizga tez-tez kelib turibdi. Suhbatimiz avvalida subsidiyalar o‘zi nima va ular kimlarga berilishi haqida to‘xtalib o‘tsangiz.
– Mamlakatimizda uy-joy sharoitlarini yaxshilash, aholining uyga bo‘lgan talabi kundan kunga oshib bormoqda. Shundan kelib chiqib, 2019 yilda 5886-sonli prezident farmoni qabul qilindi va shu asosda 2020 yilda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-sonli qarori qabul qilindi. Shu qarorga asosan fuqarolarga subsidiya, ya’ni ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining bir qismini davlat budjetidan qoplab berish maqsadida subsidiya to‘lab berish tartibi nazarda tutildi.
Subsidiya nima? Subsidiya bu fuqarolarimizga ipoteka kreditlari asosida, ya’ni ipoteka krediti asosida bo‘lishi kerak, yangi qurilgan uy-joy bo‘lishi kerak. Yangi ko‘p qavatli uy-joylardan sotib olishda ular qiymatining bir qismi davlat budjetidan to‘lanadigan, qoplanadigan mablag‘lar hisoblanadi. Eslatib o‘tmoqchiman, fuqarolar subsidiyani olgandan so‘ng u qaytarib berilmaydigan, ya’ni davlat tomonidan beg‘araz ajratilgan mablag‘lar hisoblanadi.
– Subsidiyalar mablag‘ning necha foizini tashkil etishi mumkin?
– Amaldagi tartibga asosan fuqarolar uy-joy qiymatining 80 foizini ipoteka krediti asosida to‘laydigan bo‘lsa, 20 foizini ipoteka shartnomasini tuzish jarayonida, ya’ni shu vaqtning o‘zida to‘lashlari kerak edi.
Endilikda hukumatning 182-sonli qaroriga asosan davlat budjetidan uy-joy qiymatining 10 foiz qismida dastlabki badal ko‘rinishida subsidiyalar ajratiladi va qolgan 10 foizini fuqarolar o‘zlari mustaqil to‘lashlari kerak bo‘ladi.
– Subsidiya olish uchun yosh chegarasi yo‘qmi?
– Amaldagi tartibga asosan 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari subsidiya olish bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin. Undan yosh fuqarolar bunday huquqqa ega emas. Biroq subsidiya berishda yuqori yosh chegarasi qo‘yilmagan.
– Subsidiya olish uchun yilning istalgan vaqtida murojaat qilsa bo‘ladimi yoki bu borada qandaydir cheklov o‘rnatilganmi?
– Hukumat qaroriga asosan fuqarolar yilning 1 martidan 1 oktyabriga qadar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishlari mumkin. Har ikkala murojaat usuli bir xil kuchga ega.
– Subsidiya olish istagida bo‘lgan fuqaro ariza berish jarayonida qanday ma’lumotlarni taqdim etishi kerak?
– Birinchi navbatda, yuqorida aytganimdek, davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qilishlari mumkin. Bu jarayonda birinchi navbatda ariza beruvchining shaxsiy ID raqami, ya’ni pasport ma’lumotlari kerak bo‘ladi.
Uning oila a’zolari, nikoh qayd etilgani haqidagi guvohnoma nusxasi, bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa tegishli qaror nusxasi, shuningdek, voyaga yetmagan farzandlari haqida ma’lumotlar, doimiy yashash joyining kadastr raqami, shu bilan birga, kvartira yoki doimiy yashash joyining kvartira kartochkasi, xalq tilida 17-shakl deyiladigan hujjat taqdim etiladi. Bundan tashqari, ariza beruvchi yoki qo‘shimcha ariza beruvchining oylik daromadlari haqidagi ma’lumotnoma ilova qilinishi shart.
– 17-shaklni qayerdan olish mumkin?
– Buni hududiy ichki ishlar organlaridan olishlari mumkin. Mygov.uz portalida ham mazkur hujjatni elektron tartibda olish yo‘lga qo‘yilgan.
– Uy-joyga muhtoj fuqarolar qanday mezonlar asosida aniqlanadi? Bu borada talablar ishlab chiqilganmi?
– Hukumat qarorida og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolar, shuningdek, kam ta’minlangan oilalar subsidiya so‘rab murojaat qilish huquqiga ega deyiladi. Shu toifaga mansub fuqarolar rasmiy oylik daromadga ega bo‘lmasa ham norasmiy daromadim bor, o‘zimning daromadlarim yetarli bo‘lmasa yoki umuman daromad olmasam, boshqa shaxslarni kafil sifatida ko‘rsatishim mumkinmi deb ko‘p so‘rashadi.
Qarorda subsidiya so‘rab murojaat qiluvchi yetarli darajada oylik daromadga ega bo‘lmasa arizasi rad etiladi, deb belgilab qo‘yilgan. Ya’ni ariza beruvchi qanchadir miqdorda oylik daromadga ega bo‘lishi kerak. Doimiy, rasmiy daromad manbaiga ega bo‘lishi kerak. Yo‘qsa, rad etiladi. Chunki uyning to‘lovini o‘n besh yil davomida to‘lab borish majburiyati subsidiya olgan fuqaroning zimmasida bo‘ladi. Shu majburiyatni ta’minlash maqsadida ham arizachi to‘lovga qobiliyatli ekanini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishi kerak.
Ipoteka kreditlari asosida subsidiya olishda qanday mezonlar belgilangan? Birinchi navbatda, ma’lum miqdorda oylik daromadga ega bo‘lish kerak. Bu qarorga asosan, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 3,8 baravaridan 9 baravariga bo‘lgan miqdorda oylik daromadga ega bo‘lishi kerak. Agar 9 baravaridan ortib ketadigan bo‘lsa, subsidiya berish rad etiladi. 9 baravaridan orsa, ular ijtimoiy kam ta’minlangan oila hisoblanmaydi. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 743 ming 300 so‘mni tashkil qilsa bugungi kunda, shuni 3,8 ga ko‘paytirsak, taxminan 2 mln 600 ming so‘mdan 6,5 mln.gacha atrofida bo‘ladi.
Ikkinchisi, turar joy maqomi, ya’ni nomida turar joy bo‘lmagani yoki ijarada turishi, birovning ruxsati bilan tekin foydalanish bo‘yicha boshqa turar joyda yashashi, ya’ni ariza beruvchi nomida turar joy bo‘lmasa, bu ularga katta ball beradi. Shuningdek, alohida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan mezonlar, ya’ni labor migration dasturi bo‘yicha mehnat migrantlariga yoki og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, qaramog‘ida yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bor shaxslarga, shuningdek, alohida ijtimoiy og‘ir vaziyatga tushib qolgan ayollarga ham subsidiya bo‘yicha ball beriladi.
Ariza beruvchi nogiron bo‘lsa yoki surunkali og‘ir kasalliklarga chalingan yoki surunkali og‘ir kasalliklarga chalingan shaxsni parvarish qilayotgan bo‘lsa, unga qo‘shimcha ballar beriladi. Ariza beruvchilar ushbu mezonlar asosida baholanganda ular mezonlarga qarab tegishli ma’lumotlarini taqdim etishadi. Komissiya taqdim etilgan ma’lumot va hujjatlarni ko‘rib chiqib, ariza beruvchilarga ball beradi. Agar fuqaro kamida 30 ball to‘playdigan bo‘lsa, ularga subsidiya ajratish bo‘yicha qaror chiqariladi. 30 balldan kam bo‘lsa, ariza rad etiladi.
– Arizalar qaysi organlar tomonidan va muddatda ko‘rib chiqilishi kerak? Subsidiya olishni so‘rab qilingan murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni qanchalik shaffof? Bu jarayonda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilishining oldi olinganmi?
– Amaldagi tartibga ko‘ra hududlarda tuman (shahar) hokimliklari huzurida komissiyalar tuzilgan. Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlar portali va davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinganidan so‘ng hududiy komissiyalarga yuboriladi. Hududiy komissiyalar tarkibi tuman hokimiyatlari, tibbiyot birlashmalari, tuman bandlikka ko‘maklashish markazlari, Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limlari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tuman bo‘limlari, soliq organlari va moliya bo‘limlari, kadastr organlaridan iborat.
Tuman tibbiyot birlashmasi ariza beruvchining nogironligi, surunkali kasalligi bo‘yicha baho beradi. Kadastr organlari fuqaro nomida turar joy yo‘qligi yoki maqomini aniqlaydi. Ichki ishlar organlari yashash joyida necha kishi ro‘yxatda turishi haqida, soliq organlari esa ariza beruvchining daromadlari haqida ma’lumot beradi. Tijorat banklari fuqaroning to‘lovga layoqatli ekanini aniqlab bersa, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limlari tegishli mahalliy davlat hokimligi budjetlarida subsidiya ajratishga mablag‘ bor yoki yo‘qligi haqida ma’lumot beradi. Aholi bandlikka ko‘maklashish markazi mehnat migranti bo‘yicha fuqaro dasturga kiritilgani bo‘yicha, Yoshlar ishlari agentligi alohida tashabbus yoki namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar yoki yoshlarga tushadimi, shu haqda ma’lumot beradi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘liq tizimlashtirilgan. Komissiya o‘z ishining xulosalarini ham elektron tartibda tizimga biriktirib boradi. Yakunlash uchun komissiyaga taqdim qiladi. Bunda kollegial organ kollegial tarzda yig‘iladi va tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 182-sonli qarorida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limlariga subsidiyalarning maqsadli va to‘g‘ri ajratilishi ustidan qat’iy javobgarlik belgilangan. Ular belgilangan tartibda davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan nazorat qilib turiladi. Shu bilan birga, Davlat xizmatlari agentligining ham bu borada vakolati bor, davlat xizmatlari ustidan nazorat qilish vakolati bor. Ya’ni fuqaroning arizasi asossiz rad qilinsa yoki vaqtida ko‘rib chiqilmasa yoxud boshqa qonunbuzilish holatlari aniqlansa, tegishli tartibda choralar ko‘riladi.
– Deylik, fuqaroning subsidiya so‘rab yozgan arizasi qanoatlantirildi. Bunday vaziyatda uning keyingi harakatlari nimadan iborat bo‘lishi kerak?
– Arizalar 19 ish kuni davomida hududiy komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng ariza qanoatlantirilgani haqida xabarnoma fuqaroga yuborilganda, ular hududdagi tegishli pudratchi tashkilot tadbirkorlik sub’yekti bilan uy-joy oldi-sotdisi to‘g‘risida shartnoma tuzib, tegishli tijorat bankiga, ya’ni so‘rovnomani to‘ldirish dastlab ariza berish jarayonida fuqaro o‘ziga qulay bankni tanlab o‘tib ketadi. O‘sha bankning uy-joy oldi-sotdisi to‘g‘risida shartnomasi olib berilgandan so‘ng, ipoteka shartnomasi tuzilib, subsidiya ajratish yo‘lga qo‘yiladi.
– Arizasi bir marta rad etilgan fuqaro kelgusi yili ham subsidiya olish uchun ariza topshira oladimi?
– Keyingi yili ariza topshirishlari mumkin. Faqat shu ariza berish yili davomida qaytadan ariza bera olmaydi. Arizalarni onlayn va oflayn shaklda topshirishlari mumkin.
– Qanday hollarda yoki qaysi sabablarga ko‘ra ariza beruvchi subsidiya olishda ustunlikka ega bo‘ladi? Qanday holatlarda esa ariza rad etiladi?
– Birinchi navbatda, oylik daromadlari yuqorida ta’kidlab o‘tilgan miqdorlardan past bo‘lsa, ariza rad etiladi. Shu o‘rinda subsidiya olish istagidagi fuqarolarga o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolarining oylik daromadlarini ham arizalariga qo‘shimcha ma’lumot sifatida ko‘rsatishlari mumkinligini eslatib o‘tmoqchiman. Faqat doimiy birga yashovchilarning daromadlari hisobga olinadi. Bu qarorda belgilangan va daromadlar qo‘shilganda 9 barobardan ortib ketmasligi kerak.
Deylik, fuqaro 30 balldan yuqori ball to‘plagan bo‘lsa-da, unga subsidiya ajratilmadi. Bu mahalliy hokimiyat organida subsidiya uchun ajratilgan kvota tugab qolgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ya’ni budjet parametrlarida subsidiya uchun ajratilgan mablag‘ tugab qolgan, lekin fuqaroning balli o‘ttizdan yuqori. Bunday holatda yuqori ball olganlar ustunlikka ega bo‘ladi, yetarli ball to‘plagan, biroq kvotaga ilinmagan fuqarolarga keyingi yili birinchilardan bo‘lib subsidiya ajratiladi.
Shuningdek, bir necha fuqaroning ballari teng kelib qolsa, ammo ularning barchasiga subsidiya ajratishning imkoni bo‘lmasa, bunday holatda komissiya tomonidan birinchi ariza berganlarga subsidiya ajratiladi. Qolganlar esa keyingi kalendar yilida subsidiyadan foydalanadi, balli kuyib ketmaydi.
Subsidiya ikki xil ko‘rinishda taqdim qilinadi. Boshlang‘ich badal ko‘rinishida uy-joy qiymatining 10 foizi miqdorida ajratiladi. Ikkinchidan, foiz xarajatlari miqdorida uy-joy ipoteka kreditlari bo‘yicha to‘lanadigan foiz xarajatlarining 10 foizdan oshgan qismiga besh yil davomida tegishli hokimiyat budjetlari tomonidan har oyning 25-sanasiga qadar o‘tkazib beriladi.
– Hukumat qarorida Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi hamda tegishli hokimliklar bilan birga hududlarda quriladigan uy-joylar sonidan kelib chiqib, yil davomida ajratiladigan subsidiyalar miqdori haqida ommaviy axborot vositalarida ma’lumot berishi kerakligi aytilgandi. Afsuski, shu paytgacha OAVda bunday ma’lumotlarga ko‘zimiz tushmadi. O‘tgan yili necha nafar fuqaroga subsidiya ajratildi? 2021 yilda qancha subsidiya berilishi rejalashtirilgan?
– O‘tgan yilgi statistikaga ko‘ra, fuqarolardan 43933 ta ariza kelib tushgan. Bulardan qariyb 13 mingtasi ijobiy hal qilindi. Subsidiya ajratish bo‘yicha xabarnomalar berilgan. 27533 ta ariza ijtimoiy mezonlarga mos kelmagani yoki boshqa asoslarga ko‘ra nizomda belgilangan rad qilish asoslariga ko‘ra rad qilingan.
2021 yil may oyi holatiga ko‘ra, 20 mingdan ortiq ariza kelib tushgan, 10 mingdan ortig‘i ko‘rib chiqish jarayonida, 8 mingga yaqini rad qilingan. 2800 ga yaqin arizaga subsidiya berish to‘g‘risida xabarnoma berilgan.
Shu bilan birga, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, tegishli organlar tomonidan tegishli parametrlar haqidagi ma’lumotlar berib borilgani yo‘q. Tegishli hokimiyatlar tomonidan bizga, ya’ni Davlat xizmatlari agentligiga doimiy ma’lumotlar beriladi.
Tegishli hudud mahalliy budjetidan ajratilgan subsidiyalar miqdori tugagan taqdirda 1 oktyabr holatiga yetmasdan ham o‘sha hudud uchun subsidiya qabul qilish to‘xtatilishi haqida bizga xabarnomalar kelib turibdi. Bizga ma’lumotlar taqdim qilib borilishi kerak. Ulardagi tegishli parametrlardagi miqdor tugaganda DXAga subsidiya ajratish to‘g‘risida murojaatlarni to‘xtatish haqida bizga murojaat qilishlari kerak.
– O‘tgan yil subsidiya ajratish jarayonida 30 balldan oshgan, lekin subsidiya ajratilmay qolganlardan bu yilga o‘tganlari bormi?
– O‘tgan yilgi amaliyotimizdan kelib chiqib aytishimiz mumkin, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida subsidiya ajratish to‘g‘risidagi arizalar muddatidan oldin yopildi. Chunki o‘sha hududlarda ajratilgan kvota bo‘yicha subsidiya parametrlari tugab qoldi. Ularda ko‘plab arizalar qoldi ijtimoiy mezonlarga muvofiq kelsa ham, ularning arizalariga bu yil hisobidan birinchi navbatda xabarnomalar berilgan.
– Hukumat qarori bilan subsidiya ajratishda nomzodlarni tanlab olishda ularga baho berishning mezonlari ham tasdiqlangan edi. O‘tgan bir yil mobaynida davlat xizmatlari markazlariga subsidiya olish uchun murojaat qilgan, biroq ijtimoiy holati hukumat qarori bilan tasdiqlangan mezonlarda ko‘zda tutilmagan holatlar ham uchradimi? Deylik, fuqaro chindan uy-joyga muhtoj, ammo mezonda uning holati aks ettirilmagan? Umuman, mana shunday holatlarda qanday yo‘l tutiladi?
– Masalan, fuqarolarimizda haqiqatan uy-joyni yaxshilashga ehtiyoji bor, lekin daromadi ijtimoiy mezonga to‘g‘ri kelmaydigan yoki umuman bo‘lmaganlari bor, uy-joyni yaxshilashga ehtiyoji juda katta. Shu holatda fuqarolarimizdan juda ko‘p taklif keladi. Oylik daromadi bo‘lmasa ham uchinchi shaxslarning roziligi xuddi garov ta’minoti sifatida boshqa vositalarini ham ipoteka kreditiga subsidiya bo‘yicha kiritishni taklif qiladi.
Bizda umuman daromadi bo‘lmagan, uy-joyni yaxshilashga ehtiyoji juda katta, bunda uchinchi shaxslarning roziligi xuddi garov ta’minoti sifatida ularning daromadlari yoki boshqa qimmatliklarni garovga qo‘yishni ham taklif qilishadi. Hozirgi tartib bo‘yicha bu murojaatlar rad qilinadi.
– Fuqarolarning takliflarini yuqori turuvchi idoralarga yetkazasizlarmi?
– Vazirlar Mahkamasining 182-son qarori 2018 yil qabul qilingan bo‘lsa, hozirgacha unga ikki marta o‘zgarish kiritildi. 5984-sonli prezident farmonidan keyin 593-sonli hukumat qarori qabul qilindi va subsidiya ajratish tartibiga o‘zgartishlar kiritildi.
Fuqarolardan kelib tushgan takliflarni tahlil qilib borib, kelib chiqayotgan muammolar bo‘yicha takliflarni mazkur tartibga bevosita mas’ul sifatida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga berib boramiz. Yaqinda yana bir taklif berdik.
Tasavvur qiling, fuqarolarimiz arizasida kamchilik bo‘ldi-da rad qilindi, so‘ng shu yilning o‘zida qayta ariza bera olmaydi. Keyingi yilni kutishi kerak. Lekin ijtimoiy mezonlarga to‘g‘ri keladi, qandaydir huquqiy bilim yetishmagani uchun, tegishli ma’lumotnoma ilova qilinishini bilmagani uchun kamchilik bilan arizani yuborgan. Shu holatda fuqaro arizasi rad qilingan bo‘lsa, yana qayta ariza berish imkoniyatini ko‘rib chiqyapmiz.
– Deylik, fuqaro asli O‘zbekistonning biror bir viloyatidan. Ammo ayni paytda Toshkent shahrida faoliyat yuritmoqda. Oilali, uy-joyga muhtoj. Biroq poytaxtda propiskasi yo‘q. Bunday vaziyatda u subsidiya olish uchun qayerga murojaat qilishi kerak? U Toshkent shahri yoki viloyatidan uy-joy olishga talabgor bo‘lishi mumkinmi?
– Mazkur tartibda fuqarolarimizga subsidiya ajratilishida doimiy yashash joyi bo‘yicha ajratiladi. Nima uchun bunday tartib yo‘lga qo‘yilgan? Birinchidan, bizda tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashlari, viloyat hokimliklari mavjud.
Ular o‘zlaridagi bor ma’lumotlardan kelib chiqib, tegishli mahalliy budjetdan subsidiya ajratilishiga mablag‘ taqsimlaydi. Butunlay eksterritorial tartibda yo‘lga qo‘yiladigan bo‘lsa, Toshkent shahri yoki viloyatda bu narsa ko‘plab arizalar kelib tushishi oqibatida ular subsidiya ajratib berishni ta’minlay olmasliklari mumkin.
Jamshid Niyozov suhbatlashdi.
Toshkentda 30 yoshli “zakladchik” qoʻlga olindi
Erkak Sergeli tumanidagi koʻchalardan birida narkotik solingan paketlarni yashirmoqchi boʻlgan vaqtida qoʻlga olingan. Unga 20 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
Toshkent shahrining Sergeli tumanida IIO xodimlari geroin savdosiga chek qoʻyishdi. Giyohvand moddalarni savdosida “zakladchik”lik qilgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, 12-fevral kuni kechasi 30 yoshli A. koʻchada giyohvand moddalarni yashirmoqchi boʻlgan vaqtda qoʻlga olingan. Uning yonidan umumiy ogʻirligi 160 gramm boʻlgan, oʻziga xos hidli, kulrang-jigarrang moddaga ega 50 ta sumka topilgan. Ekspertiza uning geroin ekanligini aniqlagan.
Qoʻlga olingan shaxsning soʻzlariga koʻra, uning oʻzi ham giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilib yurgan.
“Internet-doʻkonlardan oʻzimga dori sotib oldim. Biroz vaqt oʻtgach, ular men bilan bogʻlanib, ishga taklif qilishdi. Men rozi boʻldim”, – deydi u.
Birinchi topshirigʻida u bir paketda gashish olib, koʻrsatilgan joyga yashirib qoʻygan. Erkak ikkinchi topshiriqqa ham rozi boʻlgan. Ammo, ishni amalga oshirayotgan paytida uni jinoyat ustida qoʻlga olishdi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Maʼlumot uchun, mazkur moddada 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi koʻrsatilgan.
Qiziqarli malumotlar
Tush tabiri kiyim sotib olish