TURUNJ

TURUNJ

TURUNJ (arab. — limon) — naqsh turi; hoshiya va asosiy maydondan tuziladigan naqsh mujassamoti markaziga ishlanadi. Shakli limonga oʻxshaganligi uchun shunday atalgan. Naqqoshlik taraqqiyoti davomida Turunj shakl jihatidan boyib va mukammallashib borgan: tuxumsimon, doyra, romb, 5 — 10 va undan ortik, qirrali yulduz shakllari koʻp uchraydi. Markaziga Turunj, chetiga ruta va b. hoshiya naqshlar ishlanadigan toʻrtburchakli mujassamot keng tarqalgan. Turunj axtasn qogʻozni 4, 8, 16 ga buklab, bir boʻlagiga naqsh chizib tayyorlanadi; soʻng naqsh bezatiladigan sirtga tushiriladi.

Ensiklopediya.uz
TURUNJ