TUROB TOʻLA
TUROB TOʻLA (taxallusi; familiyasi Toʻlaxoʻjayev, 1918.24.12 hoz. Janubiy Qozogʻiston viloyatining Turbat qishlogʻi — 1990.20.4, Toshkent) — shoir, dramaturg va kinodramaturg. Oʻzbekiston xalq shoiri (1988). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Toshkent teatr bilim yurtida (1934 — 38), Toshkent ped. intining til va adabiyot ftida (1938—41) oʻqigan. «Yosh leninchi» gaz. da adabiy xodim (1935 — 41), Oʻzbekiston Davlat radioeshittirish qoʻmitasida muharrir va diktor (1935—48), «Qizil Oʻzbekiston» gaz. tahririyatida adabiy kotib (1948—49), partiya idoralarida instruktor (1949—51), Oʻzbekiston Davlat nashriyotida muharrir (1953 — 57), «Oʻzbekfilm» kinostudiyasida ssenariy boʻlimi boshligʻi (1957 — 62), Kinochilar uyushmasida kotib (1962-67), Madaniyat vazirligi qoshidagi Sanʼat ishlari boshkarmasida boshliq (196776), Hamza teatrida direktor (1977-79), Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyat boʻlimi va Adabiyotni targʻib etish markazida rahbar (1980—90). Dastlabki «Sheʼrlar» toʻplami 1939-y. da nashr etilgan. Shundan keyin shoirning «Shodligim» (1941), «Tabassum» (1944), «Baxt tongotari» (1948), «Muborakbod» (1949), «Bolalar dostoni» (1950), «Qanotlan, qoʻshiqlarim» (1955), «Tanlangan asarlar» (1958), «Oromijon» (1961), «Gulyor» (1968), «Oftob nayzada» (1974) singari sheʼr, qoʻshiq va dostonlardan iborat toʻplamlari eʼlon qilingan.
Ensiklopediya.uz
TUROB TOʻLA