Turk tili darslik pdf
aniqlanadi, analitik shakl muammosi ishlab chiqiladi.
Bepul turk tili darslari
Turk tilini oʻzingiz oʻrganing. 125 ta bepul darslar bilan oʻrganing. Hech qanday risk yoʻq va shartnoma tuzilmaydi. Turk tilida soʻzlashishni oʻrganing. Mutlaqo bepul!
1-dars Biror kishi bilan uchrashish
2-dars Iltimos va rahmat
3-dars Bayramlar va bazmlar
4-dars Yer yuzida tinchlik
5-dars Tuygʻular va hislar
6-dars Hafta kunlari
7-dars Yil oylari
8-dars 1 dan 10 gacha raqamlar
9-dars 11 dan 20 gacha raqamlar
10-dars 21 dan 30 gacha raqamlar
11-dars 10 dan 100 gacha raqamlar
12-dars 100 dan 1000 gacha raqamlar
13-dars 1000 dan 10000 gacha raqamlar
14-dars Maktab anjomlari
15-dars Sinf xonasi
16-dars Maktab fanlari
17-dars Ranglar
18-dars Geografiya
19-dars Astronomiya
20-dars Quyosh sistemasi
21-dars Fasllar va ob-havo
22-dars Sport
23-dars Dam olish
24-dars Musiqiy asboblar
25-dars Hovuzda
26-dars Sohilda
27-dars Sohil mashgʻulotlari
28-dars Okean hayvonlari va baliqlari
29-dars Ferma hayvonlari
30-dars Yovvoyi hayvonlar
31-dars Hasharotlar
32-dars Qushlarning turlari
33-dars Hayvonot bogʻida
34-dars Oila aʼzolari
35-dars Katta oila aʼzolari
Veb-saytimizda xatolik bormi? Iltimos, bizga xabar bering
Turk tilida soʻzlashishni oʻrganing
36-dars Doʻstlar
37-dars Oilaviy munosabatlar
38-dars Kiyim
39-dars Ustki kiyim
40-dars Ichki kiyimlar
41-dars Chaqaloq buyumlari
42-dars Zargarlik buyumlari
43-dars Makiyaj va goʻzallik mahsulotlari
44-dars Xojatxona buyumlari
45-dars Uydagi xonalar
46-dars Uy jihozlari
47-dars Mebel
48-dars Uy-roʻzgʻor buyumlari
49-dars Hammom uchun aksessuarlar
50-dars Oshxona jihozlari va anjomlari
51-dars Stolni tuzash
52-dars Taomlar
53-dars Shahardagi joylar
54-dars Shahardagi doʻkonlar
55-dars Koʻchadagi narsalar
56-dars Xarid qilish
57-dars Kiyim xarid qilish
58-dars Narxni kelishib olish
59-dars Oziq-ovqatlar doʻkoni
60-dars Oziq-ovqat xarid qilish roʻyxati
61-dars Mevalar
62-dars Shirin mevalar
63-dars Sabzavotlar
64-dars Foydali sabzavotlar
65-dars Oʻtlar va ziravorlar
66-dars Sut mahsulotlari
67-dars Qassob doʻkonidagi goʻshtlar
68-dars Dengiz mahsulotlari bozori
69-dars Nonvoyxona
70-dars Ichimliklar
Veb-saytimizda xatolik bormi? Iltimos, bizga xabar bering
Qoʻshimcha turk tili darslari
71-dars Restoranda
72-dars Menyu
73-dars Ovqat tayyorlash
74-dars Ovqatlanish cheklovlari
75-dars Ovqat yoqdimi?
76-dars Hisobni to’lash
77-dars Transport
78-dars Yoʻnalishlar
79-dars Koʻrsatmalar soʻrash
80-dars Koʻrsatmalar berish
81-dars Shahar boʻylab sayohat
82-dars Vaqt iboralari
83-dars Vaqt lugʻati
84-dars Vaqt va sana
85-dars Tana qismlari
86-dars Anatomiya
87-dars Ichki organlar
88-dars Tibbiy buyumlar
89-dars Tibbiyot idorasi
90-dars Doktor: Kasalman
91-dars Doktor: Ogʻriyapti
92-dars Doktor: Shamolladim
93-dars Aeroport va joʻnash
94-dars Immigratsiya va urf-odatlar
95-dars Samolyotda sayohat qilish
96-dars Kelish va bagaj
97-dars Mehmonxonalarni bron qilish
98-dars Xona ijaraga olish yoki Airbnb
99-dars Mehmonxonadan roʻyxatdan chiqish
100-dars Favqulodda vaziyat iboralari
101-dars Kasblar
102-dars Kasblar
103-dars Ofis jihozlari
104-dars Ofisga tegishli buyumlar
105-dars Ishga ariza
106-dars Ish suhbati
107-dars Internet terminlari
108-dars Internetda navigatsiya
109-dars Veb-sayt
110-dars Kompyuter qismlari
111-dars Elektron pochta terminlari
112-dars Onlayn xarid qilish
113-dars Foydali soʻzlar
114-dars Sifatlar
115-dars Antonimlar
116-dars Shaxs olmoshlari
117-dars Egalik olmoshlari
118-dars Soʻroq olmoshlari
119-dars Noaniq olmoshlar va bog‘lovchi so‘zlar
120-dars Predloglar
121-dars Umumiy predloglar
122-dars Bog‘lovchilar
123-dars Men xohlagan va xohlamagan narsalar
124-dars Men yoqadigan va yoqtirmaydigan narsalar
125-dars Menga kerak boʻlgan va kerak boʻlmagan narsalar
Turk tili leksikologiyasi
tasdiqlangan fanning namunaviy dasturi asosida ishlab chiqilgan.
Imamova H. – Turkiy tillar kafedrasi katta o’qituvchisi,
Taqrizchilar:Shabanov J. – Toshkent davlat sharqshunoslik
“Turkiy tillar” kafedrasi
Tilavov A. – A.Navoi nomidagi TDO‘TAU “O’zbek adabiyoti tarihi va folklor”
Kafedrasi dotsent’, filologiya fanlari nomzodi
Fanning o’quv-uslubiy majmuasi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Kengashining _______ 20___ yildagi ___- son majlisida ko’rib chiqilgan va
1-mavzu. Ma’ruza I Leksikologiya (Sözcükbilim) 1.1Leksikologiya – tilning
lug‘at boyligini o‘rganuvchi soha………………………………………………….
2-mavzu. Ma’ruza II So‘zning lug‘aviy ma’nosi(Kelimenin Sözlük Anlamı)
3-mavzu. Ma’ruza III Ma’no hodisalari: Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar(Tek
Anlamlı ve Çok Anlamlı Kelimeler)(Anlam Olayları) ……………………….
Ma’ruza IV So‘z ma’nosining ko‘chishi (Anlam Aktarilmasi; Anlam
5-mavzu. Ma’ruza V So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari
Sinonimlar (Eş Anlamli Kelimeler) Omonımlar (Sesteşler) Antonimlar (Zit
6-mavzu. Ma’ruza X So‘zlarning ishlatilish doirasiga ko‘ra turlari (Kelimelerin
Kullanım Alanına Göre Çeşitleri)……………………………………………….
7-mavzu. Ma’ruza XII Frazeologiya – iboralarni o‘rganuvchi soha…………….
Leksikografiya – lug‘atlar haqidagi
1-mavzu. Seminar I Leksikologiya (Sözcükbilim) 1.1Leksikologiya – tilning lug‘at
boyligini o‘rganuvchi soha …… …………………………………………
2-mavzu. Seminar II So‘zning lug‘aviy ma’nosi(Kelimenin Sözlük Anlamı)
3-mavzu. Seminar III Ma’no hodisalari: Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar(Tek
Anlamlı ve Çok Anlamlı Kelimeler)(Anlam Olayları) ……………………….
4-mavzu. . Seminar IV So‘z ma’nosining ko‘chishi (Anlam Aktarilmasi; Anlam
5-mavzu. Seminar V So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari
Sinonimlar (Eş Anlamli Kelimeler) Omonımlar (Sesteşler) Antonimlar (Zit
6- Mavzu. VI Turk tilining lugat tarkibi ………………………………….
7- mavzu. VII Seminar So‘zlarning ishlatilish doirasiga ko‘ra turlari (Kelimelerin
Kullanım Alanına Göre Çeşitleri)……………………………………………….
8- Seminar VIII Frazeologiya – iboralarni o‘rganuvchi soha…………….
9- Seminar IX Leksikografiya – lug‘atlar haqidagi soha……………………..
Mustaqil ta’lim mashgulotlari……………………………………………………….
I BO‘LIM. LEKSIKOLOGIYA(SÖZCÜKBİLİM)
Dars rejasi:
Turk tilshunosligida so‘z va uning ma’nolarini o‘rganuvchi soha haqida
Leksikologiyaning maqsad va vazifalari
Turk tilining so‘z boyligi
Turk tilshunosligida so‘z va uning ma’nosi bilan bog‘liq muammolarning
Tayanch tushunchalar: tilshunoslik, lingvistika(dil bilimi), fonetika (ses
bilimi), morfologiya (şekil bilgisi), sintaksis (söz dizimi), leksikologiya
(sözcükbilim, kelime bilimi), frazeologiya(frazeoloji), leksika (kelime bilimi),
semantika, semasiologiya (anlambilim, ilm-i maâni), turg‘un ma’no bilimi; sinxron
ma’no bilimi (eş zamanlı anlam bilimi), diaxron ma’no bilimi (art zamanlı anlam
Til haqidagi fan tilshunoslik yoki lingvistika(dil bilimi) deb ataladi. U bir necha
bo‘limni o‘z ichiga oladi: fonetika (ses bilimi), morfologiya (şekil bilgisi), sintaksis
(söz dizimi). So‘z va uning xususiyatlari, lug‘aviy ma’nosi o‘rganiladigan
bo‘limleksikologiya (sözcükbilim,kelime bilimi);ibora, matal, maqol va boshqa
turli turg‘un birikmalarni o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi
frazeologiya(frazeoloji
)deb nomlanadi.
Leksikologiya mustaqil lingvistik fan hisoblanib, unda so‘z va uning ahamiyati,
so‘zning til lug‘at tarkibidagi asosiy birlik ekanligi, hozirgi zamon lingvistikasida
so‘z tavsifi, so‘zning ma’nosi, til leksikasining paydo bo‘lish sabablari,
o‘rganilayotgan tilga xos sof o‘zakka ega bo‘lgan so‘zlar, o‘zlashgan leksika kabi
tushunchalar o‘rganiladi. Shuningdek, sinonimlar, omonimlar, antonimlar,
lingvistikada maydon tushunchasi, til lug‘at tarkibining boyish jarayoni va rivoji,
jamiyat rivoji bilan lug‘at tarkibi ravnaqi o‘rtasidagi munosabat, lug‘at fondining
boyish yo‘llari: so‘z yasalishi, so‘z o‘zlashtirilishi, so‘z ma’nolarining o‘zgarishi
hodisalari tadqiq etiladi.
Leksikologiya, frazeologiya va leksikografiya tilshunoslikning uzviy bog‘liq
sohalari bo‘lgani bois so‘z va turg‘un birikmalarning belgilari, ular orasidagi
farqlar, frazeologik paradigma, shuningdek, turli belgilariga ko‘ra lug‘atlar tasnifi:
tarixiy, hozirgi zamon, to‘liq va qisqa, umumiy va maxsus lug‘atlar, birtilli, ikkitilli
va ko‘ptilli lug‘atlar, etimologiya va tarixiy lug‘atlar hamda boshqa bir qator
masalalar ham o‘zaro bog‘liq holda tadqiq etiladi.
Leksika (yun. leksikos – so‘z, lug‘atga oid) – tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar, biror
badiiy asar yoki dialektga oid so‘zlarning jamidir. Hozirgi zamon turk tilining so‘z
boyligi turli nuqtayi nazarlardan o‘rganilishi mumkin. Bu bilan tilshunoslikning
muhim sohalaridan biri sanalgan turk tili leksikologiyasi fani shug‘ullanadi.
Turk tilshunosligida frazeologik birliklar va maqollar deyimler ve atasözleri sarlavhasi ostida ham
So‘z va uning ma’nosi bilan bog‘liq muammolarni semantika (yun. semasie –
belgi) yoki semasiologiyada o‘rganiladi.
Til birliklarini ma’no nuqtayi nazaridan tadqiq etuvchi bo‘lim turk
tilshunosligida anlambilim (usm. ilm-i maâni; nem. semantik) deyiladi. Turk
tilshunosligiga oid ba’zi kitoblarda semantika anlam bilimi ham deyiladi.
Tilshunoslikda so‘z ma’nosiga tegishli har qanday mavzuni anlambilim
(semantika) o‘rganadi. “Semantikada, asosan, tushuncha (kavram), ma’no (anlam),
ko‘p ma’nolilik (çok anlamlılık), sinonimlik (eş anlamlılık), antonimlik (zıt
anlamlılık), ma’no torayishi (anlam daralması), ma’no kengayishi (anlam
genıshlemesı), ma’no o‘zgarishi (anlam değişmesi) kabi hodisalar tadqiq etiladi.”
Turk tilshunosligida anlambilim uchta kichik bo‘limni o‘z ichiga oladi: 1. Genel
anlambilim (umumiy semantika); 2. Mantıksal-felsefi anlambilim (mantiqiy-
falsafiy semantika) va 3. Dilbilimsel anlambılım (grammatik semantika).
Bulardan genel anlambilim (umumiy semantika) ma’no bilan bog‘liq har qanday
masalani keng ko‘lamda tadqiq etadi. Mantıksal-felsefi anlambilim (mantiqiy-
falsafiy semantika) ma’no bilan bog‘liq har qanday masalani falsafiy va mantiqiy
nuqtayi nazardan baholaydi. Dilbilimsel anlambılım (grammatik semantika) o‘z
ichida ikkiga bo‘linadi: 1. eş zamanlı (durgun) anlambilim (turg‘un ma’no bilimi;
sinxron semantika); 2. art zamanlı (gelişmeli) anlambilim (o‘zgaruvchan ma’no
Tilning muayyan zamon kesimidagi holatini tarixiy taraqqiyot ta’siridan holi,
o‘zgarishsiz holda tadqiq etuvchi soha durgun veya eş zamanlı anlam bilimi
(turg‘un ma’no bilimi – sinxron ma’no bilimi) deyiladi. Ushbu sohada so‘zlar va
ularning ma’nolari, tushuncha qamrovi, sinonomlik, omonimlik va ko‘p ma’nolilik
nuqtayi nazaridan o‘rganiladi. Art zamanlı anlam bilimi (diaxron ma’no
bilimi)daesa tilning ma’no bilan bog‘liq hodisalar tarixiy taraqqiyot qamrovida
1.1Leksikologiya – tilning lug‘at boyligini o‘rganuvchi soha
Dars rejasi:
1. Turk tiliso‘z boyligining ma’no bilimi, morfologik va sintaktik nuqtayi
2. Leksik birliklarning turlari.
3. Til lug‘at tarkibining taraqqiyot omillari.
4. So‘z – tilning asosiy birligi.
Tayanch tushunchalar: leksikologiya (sözcükbilim,ilm-i maâni, anlam bilimi),
leksika (kelime bilimi), til lug‘at tarkibi, leksik birlik, leksik ma’no va b.
Tilshunoslikning so‘z va uning ma’nosini o‘rganuvchi bo‘limi turk tilida
sözcükbilim (leksikologiya)deyiladi (yunoncha lexikos – “so‘z”, logos – “fan”,
“ta’limot”). Sözcükbilim turk tilshunosligiga oid ba’zi kitoblarda leksikoloji,
ba’zilarida esa kelime bilimi yoki kelime anlamı(so‘zma-so‘z tarjimasi: so‘z
Hengirmen M., Türkçe Dilbilgisi, Engin Yayınevi. –Ankara, 1998, –S.382.
ma’nosi) deb beriladi. Ushbu fan usmonli turk tilida ilmü’l-lüga(so‘z ilmi)deb
Umuman olganda, turk tilshunosligida bir tilning so‘z boyligini morfologik,
sintaktik va ma’no bilimi (leksika) nuqtayi nazaridan tadqiq etuvchi, so‘z, ba’zi
birikmalar, qoliplashgan shakllar, ibora va maqollar, o‘zlashmalarni tadqiq etuvchi,
birliklarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari, eskilik va yangilik
bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar va ularning ishlatilish doirasiga ko‘ra turlari kabi
masalalarni o‘rganuvchi soha sözcükbilim deb nomlanadi.
Til lug‘at tarkibining quyidagi aspektlari leksikologiyaning tadqiqot ob’ekti
– leksik birliklarning tip (tur)lari;
– til lug‘at tarkibining tuzilishi;
– lug‘at tarkibining to‘lib borishi va taraqqiy etishi.
Leksik birliklarning yuqorida sanab o‘tilgan aspektlar orasidagi munosabatlar
ichidagi o‘ziga xos jihatlari leksikologik kategoriyalarda aks etadi.
Leksikologiyaning bir sohasi bo‘lgan etimologiya esa tildagi so‘z zahirasini
tarixiy, ya’ni so‘zlarning kelib chiqishi va shakllanishi nuqtayi nazaridan
o‘rganadi. Ushbu bo‘limda sof turkiy leksika o‘zlashgan, ya’ni uzoq tarix
davomida boshqa tillardan turk tiliga kirib qolgan leksikadan alohida holda ko‘rib
Leksikologiyada turk tilidagi zamonaviy matnlarda muhim o‘ringa tutgan
eskirgan so‘zlarga ham e’tibor qaratiladi.
Turk tili leksikologiyasining asosiy masalalaridan yana biri – turk tili lug‘at
tarkibining uslubiy rangorangligini o‘rganishdir. Chunki turk tilida uslub nuqtayi
nazaridan neytral, uslublararo so‘zlar (öğrenci, kitap, görev, gitmek, yazmak,
yediva b.) bilan bir qatorda, aniq kitobiy uslub (değerlendirme, teferruat,
tahammül), balandparvoz uslub (eşsiz, erişmek, katetmek), og‘zaki (tembel,
tombik, yavaşça) yoki sodda nutq uslubiga oid (galiba, iri, uyanık) so‘zlar ham
Turk tili leksikasi so‘zlarning qo‘llanish sohalari nuqtayi nazaridan ham
rangorangdir. Shu bois umumxalq leksikasi va uning adabiy tildagi o‘rnini
belgilash ham leksikologiyaning vazifasiga kiradi.
Leksikologiya kursining ajralmas qismi hisoblangan frazeologiyada turg‘un
birikmalarning nutqdagi o‘rni, qo‘llanilish sohalari, ifoda imkoniyatlari haqida so‘z
Leksikologiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan yana bir soha «lug‘atlar haqidagi
fan», ya’ni leksikografiyadir (yunon. lexicon – lug‘at, grapho – yozaman)
So‘z – tilning asosiy birligi sifatida olinganda ushbu muammo so‘zning umumiy
nazariyasi doirasida tadqiq etiladi. So‘zturk tilida kelime yoki sözcükdeyiladi. Turk
tilida söz deganda, ham so‘z, ham gap tushuniladi.
Bir va undan ortiq bo‘g‘indan iborat bo‘lgan, ayni tilda so‘zlashuvchi kishilar
orasida alohida qo‘llanilganda inson zehnida aniq va mavhum tushunchalarni
ifodalovchi yoki bunday tushunchalar orasida muvaqqat munosabat o‘rnatuvchi
til birligiga so‘z deyiladi. Çiçek, ev, taş, köpek – aniq so‘zlar (somut kelimeler),
mutluluk, acı, aşk, nefret – mavhum so‘zlar (soyut kelimeler),gibi, için, kadar,
dolayı, ötürü kabi so‘zlar – munosabat o‘rnatuvchi (ilişki için) so‘zlardir.
So‘zlarning barchasi tilning lug‘at boyligini, ya’ni leksikasini tashkil qiladi.
So‘z va ibora til birligi hisoblanadi.
Tildagi barcha so‘zlar ikkiga bo‘linadi:
Tushuncha bildiruvchi so‘zlar (bir kavramı karşılayan kelimeler) leksik
ma’noga, ya’ni atash ma’nosiga ega bo‘lgan mustaqil so‘zlardir: ot, sifat, son, fe’l,
ravish. Olmoshlar bundan mustasno bo‘lib, ularning vazifasi atash ma’nosiga ega
bo‘lgan so‘zlarni ko‘rsatishdan iborat.
Tushuncha bildirmaydigan so‘zlar(bir kavramı karşılamayan kelimeler)
leksik ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardir. Bular: bog‘lovchi, ko‘makchi va
yuklamalar.
Bir tilga boshqa tildan kirgan va o‘sha tilga o‘zlashib qolgan so‘z turk
tishunosligida yabancı kelime (usmonli turk tilida. müstear kelime) yoki alıntı
kelime deb atalgan. Hozirgi turk tilida o‘zlashgan so‘zlar katta miqdorni tashkil
etadi. Masalan, animatör (multfilm ishlab chiqaruvchi), deflasyon (deflation –
turg‘unlik, pulning turib qolishi), best-seller (sotish bo‘yicha rekord qo‘ygan
kitob), ekoloji (atrof-muhit haqidagi fan) kabi so‘zlar turk tiliga fransuz va ingliz
tillaridan kirgan va qanday yozilsa, shunday talaffuz qilinadi.
Turk tiliga arab va fors tillaridan kirgan ko‘pchilik so‘zlar yangicha shakl olib,
asl shaklini yo‘qotgan, lekin g‘arb tillaridan olingan so‘zlar turli omillar sababli
o‘z holicha qo‘llanib kelinmoqda. Masalan: estetik, karne, kontrol, enflasyon,
rapor, kontenjan kabi so‘zlar hozirgi zamon turk tilida faol qo‘llanib keladi.
Leksik birliklar bo‘limiga nafaqat alohida olingan so‘zlar, balki turg‘un
birikmalar (bo‘linmas birliklar: analitik va tarkibli (murakkab) birliklar) ham
kiritiladi. Biroq so‘z – shakl va mazmunning mutanosibligi bilan xarakterlanadigan
asosiy leksik birlik hisoblanadi.
So‘z muammosi tilning asosiy birligi o‘laroq uch aspektda ko‘rib chiqiladi:
struktur (tuzilish), ya’ni so‘zning alohida ajratilishi, tuzilishi), semantik aspekt
(so‘zning leksik ma’nosi) va funksional aspekt (so‘zning til tuzilishida va nutqdagi
Struktur aspektda so‘zning alohidalik va o‘xshashlik mezonlarining belgilanishi
leksikologik nazariyaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Birinchi holatda so‘z,
birikma bilan qiyoslanadi, uning bir butunlik va alohidalik belgi (alomat)lari
aniqlanadi, analitik shakl muammosi ishlab chiqiladi.
Ikkinchi holatda so‘zning, ham grammatik asosini tashkil etuvchi (bu bilan so‘z
shakli kategoriyasi belgilanadi), ham uning fonetik, morfologik, leksik-semantik
variantlariga (bu bilan so‘zning variantlari muammosi ishlab chiqiladi) asoslangan
invariantlari haqida gap boradi.
Leksik birlikning semantik tahlili leksik semantika, yoki so‘z ifodalaydigan
tushuncha (signifikat) va nutqda bildiradigan ob’ekt (denotat) bilan
mutanosibligini tadqiq etuvchi semasiologiyaning asosiy predmeti hisoblanadi.
Semasiologiya leksikologiya bilan uzviy bog‘liqlikda, odatda, semantika doirasiga
kiradi. Leksikologiya leksik birliklarning monosemiya va polisemiya, umumiy va
xususiy, aniq va mavhum, keng va tor (giperonim va giponim), mantiqiy va
ekspressiv, asl va ko‘chma ma’no singari leksik birlik semantik xususiyatlarini
ifodalovchi leksikologik kategoriyalarni ajratgan holda semantik tur (tip)larni
o‘rganadi. Asosiy e’tibor ko‘p ma’noli leksik birlikning semantik tuzilishi
(strukturasi), so‘z ma’nosi turlarining ajratilishi, ular orasidagi farqni ajratish
mezoni, so‘z ma’nosining o‘zgarishi va taraqqiy etish yo‘llariga qaratiladi.
Shuningdek, desemantizatsiya, ya’ni so‘zning o‘z ma’nosidan mahrum bo‘lib,
grammatik formantlarga aylanishi hodisasi tahlil etiladi.
Funksional aspektda til birligi hisoblangan so‘z ikki nuqtayi nazardan:
birinchisi, tilning tuzilishi va vazifasida so‘zning tutgan o‘rni, ikkinchisi, so‘zning
boshqa darajadagi birliklar bilan munosabati nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi.
Leksika va grammatika orasidagi o‘zaro munosabat alohida ahamiyat kasb etadi.
Leksika grammatik kategoriya va grammatik shakl qo‘llanilishini cheklay oladi,
so‘z ma’nosining differensiyalanishiga ko‘mak beradi. Leksik va grammatik
vositalar umumlashgan ma’noda leksikogrammatik maydon (miqdor, zamon va b.)
Lug‘at tarkibining tuzilishi ikki aspektda ko‘rib chiqiladi: leksik birliklar va
lug‘at tarkibi stratifikatsiyasi orasidagi sistem munosabatlar. Xulosa qilib aytganda,
leksikologiya fani leksikaning bir tizim sifatida o‘rganadi.
So‘zning lug‘aviy ma’nosi
(Kelimenin Sözlük Anlamı)
Dars rejasi:
1. So‘zning lug‘aviy (leksik, atash) ma’nosi
3. Mustaqil so‘zlar, yordamchi so‘zlar va leksik ma’no
4. Tushunchaning inson zehnida aks etishi
5. Leksikologiya va so‘z yasalishi
6. So‘zning grammatik ma’nosi.
Tayanch tushunchalar: so‘zning lug‘aviy (leksik, atash) ma’nosi (kelimenin
sözlük anlamı), asl ma’no (asıl anlam; mânâ-i asli; mânâ-i hakiki), asosiy ma’no
(temel anlam), yon ma’no (yan anlam); ko‘chma ma’no (yan anlam), tushuncha
So‘zning lug‘aviy (leksik, atash) ma’nosi turk tilida kelimenin sözlük
anlamıdeyiladi. Turk tilshunosligida ushbu atamaga sinonim bo‘lgan asıl anlam
(asl ma’no) va temel anlam (asosiy ma’no) atamalari ham qo‘llaniladi. Bir
so‘zning hammaga ma’lum bo‘lgan va lug‘atlarda aks etgan ilk va asl ma’nosini
ifodalab kelgan asosiy tushunchaga sözlük anlamı (lug‘aviy ma’no) yoki asıl
anlam (asl ma’no) deyiladi. Lug‘aviy ma’nousmonli turk tilida mânâ-i asli; mânâ-
i hakiki deyilgan. So‘zlarning borliqdagi har qanday narsa-hodisa, belgi-xususiyat,
harakat-holatni bildirishi uning atash ma’nosi sanaladi: ev (uy) – nom, yeşil
(yashil) – rang, koştu (yugurdi) – harakat va h. Yoki ayak(oyoq) so‘zining asl
ma’nosi “inson yoki hayvonning yurishga mo‘ljallangan organı” bo‘lsa, masanın
ayağı, sandalyenin ayağı kabi “har qanday predmetning quyi qismi” ma’nosini
kasb etishi, ma’no ko‘chishi yo‘li bilan keyinchalik hosil bo‘lgan ko‘chma
ma’nolar hisoblanadi. Shuningdek, yol(yo‘l) so‘zining asl ma’nosi “ustidan
yuriladigan, o‘tiladigan yer”dir. Ushbu so‘zning usul, metod ma’nolari esa
keyinchalik hosil bo‘lgan ma’nolardir.
Xuddi shunday holatni kalp(yurak; qalb) so‘zida ham uchratish mumkin. Yurak
so‘zining jasorat ma’nosi keyin yuzaga kelgan.
Sözlük anlamı (lu‘aviy ma’no), asıl anlam (asl ma’no) va temel anlam (asosiy
ma’no) atamalariga antonim bo‘lgan atama yan anlam (ya’ni ko‘chma ma’no)dir.
Ma’no turk tilda anlam (anglam) bo‘ladi (usmonli turk tilda “mânâ”). So‘zning
o‘z holida yoki gap ichida boshqa bo‘laklar bilan munosabat holatida
qo‘llanayotganda inson ongida hosil bo‘ladigan tushunchaga anlam (anglam,
ma’no) deyiladi. Masalan, turkcha kestirmek fe’lining birinchi ma’nosi “ağaç
kestirmek (daraxtni kestirmoq), bez, kâğıt kestirmek (mato, qog‘ozni kestirmoq),
ikkinchi (ko‘chma) ma’nosi “biron narsani taxmin qila olmoq: Ne olacağını
kestiremedim (nima bo‘lishini taxmin qila olmadim); uchinchi ma’nosi: sal mizg‘ib
olmoq: Biraz kestirirsem kendimi toplayabilirim (Ozgina mizg‘ib olsam, o‘zimga
kelardım) kabi.
Leksik ma’no deganda so‘zning inson ongida aks etib, unda (ongda) biror narsa,
predmet, hodisa, xususiyat yoki jarayon haqida tasavvur paydo qiluvchi mazmuni
tushuniladi (nesim – hafif yel, esinti; özel – yalnız bir kişiye, bir şeye ait olan;
hususi; sınıf – ders okutulan yer, dershane).
So‘zning leksik ma’nosi insonning anglash faoliyati mahsuli bo‘lib, u inson
ongining ma’lumotlarni qiyoslash, tasniflash va umumlashtirish yo‘li bilan
reduksiyalashidir. Bunday ma’no umumlashgan va umumlashtiruvchi xarakterga
ega bo‘lib, so‘zlovchining faol nutqi jarayonida shakllanadi.
Turk tilida dunyodagi barcha narsa (predmet)lar, harakatlar, holatlar va
tasavvurlarning tildagi ifodasiga kavram (tushuncha) deyiladi. Tilshunoslikda
so‘zning leksik ma’nosi falsafaning bir kategoriyasi hisoblangan tushunchaga
qiyoslanadi. Lekin bu fikrga to‘la qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki leksik ma’no
tushunchadan kengroqdir. Faqat atamalardagina so‘zning leksik ma’nosi
tushunchaga teng bo‘ladi (masalan: tıp – tibbiyot, zamir – olmosh, yüklem- kesim,
ekonomi – iqtisodiyot va h).
Tildagi so‘zlarning barchasi tilning lug‘at boyligini, ya’ni leksikasini tashkil
qiladi. So‘z va ibora til birligi hisoblanadi.
Tildagi barcha so‘zlar ikkiga bo‘linadi:
Tushuncha bildiruvchi so‘zlar
. Bular leksik ma’noga, ya’ni atash
ma’nosiga ega bo‘lgan mustaqil so‘zlardir: ot, sifat, son, fe’l, ravish. Olmoshlar
bundan mustasno. Ular atash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlarga ishora qiladi.
Tushuncha bildirmaydigan so‘zlar leksik ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlar:
ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama.
So‘zning faqat leksik ma’nodan iborat, grammatik ma’no ifodalovchi
qo‘shimchalarsiz qismi leksema deyiladi. Demak, har bir so‘z leksik va
grammatik ma’nolar uyg‘unligidan tashkil topadi. Lug‘atlarda bosh so‘z sifatida
“So‘z va tushuncha orasida oyna va oynadagi ko‘rinish (aks) qadar yaqin
. Masalan, köpek (kuchuk; it) so‘zini eshitganimizda yoki
o‘qiganimizda zehnimizda bir kuchuk (it) qiyofasi gavdalanadi. Bu bir
ko‘rsatkichdir. Barcha tillarda kuchuk (it) tushunchasi bir xil bo‘lsa-da, ushbu
tushunchani belgilovchi ko‘rsatkishlar turlichadir: köpek – turkcha, kuchuk; it –
o‘zbekcha, sobaka – ruscha, dog– inglizcha, perro – italyancha va h. Tushuncha bir
xil, lekin ko‘rsatkichlar turlicha. Bundan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
so‘z – ko‘rsatuvchi, tushuncha – ko‘rsatiluvchidir.
So‘zlar vositasida ifodalangan tushunchaning inson zehnida aks etishiga ma’no
deyiladi. Ya’ni atrofimizdagi har turli voqea-hodisa, harakat, holat zehnimizda
muayyan tushuncha hosil qiladi. Ana shu hosil bo‘lgan tushunchalar zehnimizda
“qayta ishlanib” ma’noga aylantiriladi.
Turk tilida kavram (tushuncha), anlam (ma’no) va dil (til) atamalari asosida bir
necha murakkab tilshunoslik atamasi yuzaga kelgan. Bular: Kavram alanı
(tushuncha maydoni), anlam alanı (ma’no maydoni) ve dil alanı (til maydoni). Bu
atamalar o‘zaro sinonim bo‘lib ularni bir-biri o‘rnida ishlatish ham mumkin.
Anlam alanı (kavram alanı, dıl alanı) deganda inson zehnida bir xil yoki bir-biriga
yaqin tushunchalar tashkil etuvchi so‘zlar yuzaga keltirgan umumiy ma’no
maydoni tushuniladi: hedef (maqsad, mo‘ljal), ideal (ideal), maksat ((maqsad)),
üzülmek (xafa bo‘lmoq), kırılmak (xafa bo‘lmoq), darılmak ((xafa bo‘lmoq,
o‘ksimoq)), kesmek (kesmoq, so‘ymoq), biçmek (o‘rmoq, bichmoq)kabi.
Turk tili leksikologiyasida keng qo‘llaniluvchi kavram çekirdeği
(tushunchaning mag‘zi) atamasi temel anlam (asos ma’no), asıl anlam (asl
ma’no), sözlük anlamı (lug‘aviy ma’no) atamalarining sinonimidir. Tushunchaning
mag‘zi (kavram çekirdeği) deganda so‘z ifoda etgan ilk va asl ma’no anglashiladi.
Masalan, baş, ayak, kaş, kol, boğaz, göz kabi inson organi nomlari turli
tushunchalarni ifodalagan holda kengaytirilganda, ularning asosiy ma’nolari, ya’ni
“tushunchaning mag‘zi” organ nomi bo‘1adi.
Soyutlama (mavhumlashtirish) deganda inson zehnining tashqi dunyodagi
barcha jonzotlar va jonsiz narsalarni, tuyg‘u, fikr va harakatlarni o‘ziga xos
shaklda tushunib, tahlil etilib, so‘zga aylantirilishi tushuniladi. Somutlaştırma
(aniqlashtirish)deganda esa tildagi mavhum tushunchalardan foydalangan holda
bayon etish anglashiladi. Masalan, qadimgi turk tilidagi tıl (til) – “til – organ”
so‘zining kitobalarda “gapirtirish uchun qo‘lga olingan harbiy asir” ma’nosida
qo‘llanilishi; avuç açmak “tilanchilik qilmoq”, gözlerini yummak “ölmak”, dile
getirmek “söylemek”, rang-tusni ko‘rsatuvchi kavuniçi, vişneçürüğü, yavruağzı
kabi so‘zlar aniqlashtirishga misol bo‘la oladi.
Hengirmen M. Türkçe Dilbilgisi, Engin Yayınevi, –Ankara, 1998, –S.385.
Qiziqarli malumotlar
Turk tili darslik pdf