Turk Oyoq Kiyimlari
Hozirgi kunda kashta choklar bilan bezatilgan milliy ko`ylaklarimiz yana urf bo`lmoqda. Ayniqsa kelinlarimiz seplarida kashta chok bilan bezatilgan ko`ylaklarni juda ko`p uchratish mumkin. Kashta chok oralarini biserlar bilan to`ldirib tikilsa kashta choklar yanada chiroyli, ko`rkam va jozibador ko`rinishga ega bo`ladi. 5-rasmlarda kashta choklar bilan bezatilgan milliy ko`ylak namunalari berilgan.
TO`garak mashg’ulotlarida ayollar milliy kiyimlarini tikish asoslari
tikish asoslari. Umumta’lim maktablarining mehnat ta’limi fani o`qituvchilari va to`garak rahbarlari uchun uslubiy ko`rsatma. – Samarqand, 2016. 24 bet.
Taqrizchilar: A.Abdumannotov – Pedagogika-psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi dotsenti
Z.Pardayev – Amaliy fanlar va maktabdan tashqari
ta’lim kafedrasi assistenti
Ushbu uslubiy ko`rsatmada yuqori sinflarda mehnat ta’limi fanidan mashg`ulotlarni tashkil etishda e’tibor qaratilishi lozim bo`lgan ma’lumotlar keltirilgan. Undan umumiy o`rta ta’lim maktablarining mehnat ta’limi fani o`qituvchilari va “Barkamol avlod” bolalar markazlari to`garak rahbarlari foydalanishlari mumkin.
Samarqand VXTXQTUMOI Ilmiy kengashining 2016-yil ____ dekabrda bo`lib o`tgan yig`ilishida muhokama etilgan va ____ qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan.
Ta’lim sifatini oshirishga kuchli ta’sir qila oladigan didaktik vositalar, masofadan o`qitish dasturlari, qurilmalar, elektron pochta, elektron kutubxonalar, masofadan o`qitish dasturlari, animatsion, ya’ni tasvir va tovushni o`zida mujassamlashtirgan ko`rgazmali qurollar barchasi aynan kompyuter texnikasiga va amaliy mashg’ulotlarni to`gri tashkil etishga asoslanadi.
Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlash jarayonini ham bevosita qamrab olgan. Zero, birinchi prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, “kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi farzandimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq”.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda shuni aytish joizki o`rta maxsus ta’lim jarayonida shunday o`qitish metodlarini tadbiq etish joizki, ular oxir – oqibatda o`quvchilarni mustaqil o`qish, fikrlashga, ilmiy-texnikaviy axborotlar bilan ijodiy ishlashga o`rgatsin, o`quvchilarni o`ziga xos fikrlashga yo`llasin, ishchanlik qobiliyatini rivojlantirsin, o`qishga, mustaqil bilim olishga qiziqishini oshirsin, o`z faoliyatiga tanqidiy yondashishni tarbiyalasin, o`zgaruvchan ishlab chiqarish sharoitiga tez moslashish ko`nikmalarini shakllantirsin.
Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida aynan shuni e’tiborga olishimiz kerakki, bolalarni kasbga qiziqtirish o`rta maxsus ta’lim jarayonidan boshlanishi lozim. Shuni hisobga olib умумta’lim maktablarida mehnat ta’limi darsalarida o`quvchilarni kasbga bo`lgan qiziqishlarini shakllantirib borish lozim.
To`garak mashg’ulotlarida zamonaviy milliy ko`ylak modellari
Zamonaviy moda yo`nalishi milliy ko`ylaklarimizda ham o`z aksini topgan desak adashmaymiz. Kundan kunga milliy ko`ylaklarimizning yangi bichimlari, yangi siluetlari va yangi shakllari yaratilmoqda. Bilamizki, milliy ko`ylak asosan koketka, qop va yeng qismlaridan iborat. An’anaviy milliy ko`ylak to`g’ri siluetli, koketka chizig’i bo`ylab burmali bo`ladi. Old bo`lagida koketka bo`laklari bir – birining ustiga chiqib turishi yoki yaxlit bichilgan bo`lishi mumkin. An’anaviy milliy ko`ylak yoqali va yoqasiz bo`ladi. Yoqali bo`lsa yoqa o`mizi bo`ylab o`tkazmali, qaytarma yoqali, tik yoqali, yoqa uchlari bog`lanadigan (galstuksimon) bo`lishi mumkin. Yenglari o`tqazma, yarim reglan bichimli, old ba ort bo`lak bilan yaxlit bichilgan bo`lishi mumkin. Yeng bichimlari keng, tor, kapalaksimon, fonarik, burmali ba hakozo bo`lishi mumkin.
Hozirgi kunda milliy ko`ylak bichimlarida juda katta o`zgarishlar ro`y bergan. Masalan: etak qismi kengaytirilib, konussimon shaklda bichilgan ko`ylaklar. Bunday qopli ko`ylak yengi ham konussimon shaklda bichiladi. Agar konussimon bichimli ko`ylakni elastik gazlamadan tikilsa uni etagi ba yeng uchlarini tortib zig-zag usulda qaytarib tikilsa juda chiroyli to`lqinsimon shaklga ega bo`ladi.
Milliy ko`ylak bichimlari bir xil bo`lsa-da, uning yoqa o`mizlari turlicha o`yilishi mumkin. 2,3- rasmlarda to`g’ri bichimli milliy ko`ylakni turlicha yoqa o`mizli koketka turlari tasvirlangan. 4,5,6,7 – rasmlarda esa yoqa o`mizi va koketka tashqi shakli turlicha bo`lgan milliy ko`ylak modellari namunalari ko`rsatilgan.
1 – rasm. Ayollar milliy ko`ylagining model turlari
Milliy ko`ylaklarimizni burmalar, kesmalar, tesmalar, kashta choklar va munchoq (biser) lar bilan bezab tikish mumkin.
Burmalar modelga binoan asosiy gazlamadan, bezak gazlamadan, kontrast rangli gazlamadan yoki gazlama gullari ranglaridan biri aks etgan sidirg’a gazlamadan bichilgan bo`lishi mumkin. Quyida turli bichimdagi va shakldagi zamonaviy milliy ko`ylak namunalarini tavsifini keltiramiz.
2- rasm. Munchoqlar bilan bezatilgan milliy ko`ylak modellari
.
3 rasm. Bufflar va burmalar bilan bezatilgan milliy ko`ylak modellari.
4-rasm. Kashta choklar bilan bezatilganmilliy ko`ylak modellari
5-rasm. Kashta va burmalar bilan bezatilgan milliy ko`ylak modellari
2, 3- rasmlarda milliy ko`ylak koketkalarining turli tuman ko`rinishdagi yoqa o`mizlari va bichimlari tavsiya etilgan. Bu turli ko`rinishdagi koketkalarni kishi gavdasi, yoshi, gazlama turiga binoan hamda, kiyilish joyiga qarab tanlanishi shart. Ko`pincha yosh xotin qizlarimiz murakkab, bejirim bichimdagi koketka turlarini tanlashadi. Chunki yoshlar har doim go`zallikka, qiziqarli yechimlarga ega bo`lgan kiyimlarni tanlashadi. Bu ularni qiziqqonligidan, yoshligidan dalolat beradi.
Agar gazlama elastik, cho`ziluvchan bo`lsa koketka o`tkir burchakli bo`lmasligi kerak. Chunki unga qanchalik qotirmalik gazlama yopishtirilmasin, burchaklari egilib chiroyli ko`rinish bermaydi. Qattiq, mustahkam o`rilishdagi gazlamalarga esa qanchalik koketka murakkab bichimda bo`lmasin chiroyli turadi. Bunga misol qilib atlas, adras, beqasam, krep kabi gazlamalarni misol qilish mumkin.
2- rasmlarda biserlar (munchoqlar) bilan bezatilgan milliy ko`ylak modellari ko`rsatilgan bo`lib, bu modellar bichimi yuzasidan bir biriga o`xshasada, bezak ko`rinishlari, yoqa o`mizlari o`yiqlarining turli tumanligi bilan farq qiladi. Ushbu modellarimizni yosh kelinlarimizga, o`rta yoshli ayollarimizga tavsiya qilamiz.
4, 5- rasmda esa koketkalari turli bichimda bo`lgan, buf va vafli choklar bilan bezatilgan milliy ko`ylak modellari berilgan. Bu modellar asosan yosh qizlarimiz, yosh kelinlarimizga mos keladi. Ularni shifon, krepdishin, shoyi kabi gazlamalardan tikish mumkin. Bezak buflarni munchoqlar bilan xam bezash mumkin. Agar ko`ylak kundalikda kiyiladigan bo`lsa, bezak toshlarni kamroq ishlatgan ma’qul.
Hozirgi kunda kashta choklar bilan bezatilgan milliy ko`ylaklarimiz yana urf bo`lmoqda. Ayniqsa kelinlarimiz seplarida kashta chok bilan bezatilgan ko`ylaklarni juda ko`p uchratish mumkin. Kashta chok oralarini biserlar bilan to`ldirib tikilsa kashta choklar yanada chiroyli, ko`rkam va jozibador ko`rinishga ega bo`ladi. 5-rasmlarda kashta choklar bilan bezatilgan milliy ko`ylak namunalari berilgan.
Milliy ko`ylaklarimizni burmalar, tesmalar, ryushlar bilan ham bezab tikish mumkin. 5-rasmda quyma burmali ko`ylak namunalari keltirilgan.
Quyma burmali ko`ylaklarni ko`pincha yosh qizlarimiz va kelinchaklarimizga tavsiya qilinadi. Yoshi katta, to`la gavdali ayollarimiz esa burmali ko`ylaklarni kiymaganlari ma’qul. Chunki burmalar kishi gavdasini bo`rttirib ko`rsatadi.
Burma turlari ham gazlama turiga qarab turlicha bo`lishi mumkin. Undan tashqari hozirgi kunda ko`ylaklar uchun turli tuman tayyor bezak elementlarini do`konlarimizda ko`plab uchratishimiz mumkin. Faqatgina ularni gazlamaga, kishi gavdasi va yoshiga, kiyim turiga qarab tanlashimiz lozim deb o`ylaymiz.
Chiroyli kiyinishni har kim ham xohlaydi. Lekin chiroyli kiyinaman degan xotin qizlarimiz me’yorni unutmasliklari, ko`ylak uchun bichim va bezak tanlashda modeler va dizaynerlar maslahatiga rioya qilishlari lozim deb o`ylaymiz. Ana shundagina tanlagan kiyimi o`ziga yarashib turishi aniq. Ayniqsa, zamonaviy kiyim elementlarini joyida qo`yib ishlatishlari kerak.
To`garak mashg’ulotlarida ayollar milliy ko`ylaklariga kashta choklari bilan bezak berish
Kiyimlar qadim qadimdan kashta choklari bilan bezab kelinadi, Lekin kashta chok bilan bezak berishda har doim ham kiyim tashqi ko`rinishiga zeb bermaydi. Chunki kiyimga kashta chok solishda uni texnologiyalariga, rang tasvir qoidalariga, kishi salohiyatiga e’tibor berish lozim bo`ladi. Ayrim tikuvchilar bu kashta hozir modaga kirgan deb barcha kiyimlarga ham uni tikaveradi. Kiyimni tashqi ko`rinishini ochgan bilan kiyimni kim kiyganiga qarab kashta chok bezagini tanlash zarur hisoblanadi. Kiyimga kashta chok solishda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:
– kiyimga kashta chok bilan bezak berishda kashta gullarini kiyim gazlamasi gullariga moslash, gazlama gullarini bug’masdan uni yanada yorqinroq, chiroyliroq qilib ko`rsatadigan gul elementlarini tanlash;
– kashta gullarini rangini tanlashda gazlama gullarini ranglaridan birini tanlash yoki gazlama gullarini ochadigan ranglarni tanlash lozim;
– agar gazlama gulsiz sidirg’a rang bo`lsa kashta gullarini rangini gazlama rangini ochadigan, yoshi katta kishilar uchun bo`lsa sal siporoq rangni tanlash lozim;
– kashta ornamentini kiyimni qayerda kiyilishiga qarab tanlash lozim, masalan, kiyim to`ylarga mo`ljallangan bo`lsa kashta ornamentlari to`laroq bo`lishi kerak, agar kiyim odatiy kiyiladigan bo`lsa gullari siyrakroq bo`lishi lozim. Quyida kashtalar bilan bezatilgan ko`ylak namunalarini keltiramiz;
– kiyimga kashta chok bezagini tanlashda kishining yoshi, tashqi ko`rinishi, kiyimni qayerda kiyishi, kim kiyishiga e’tiborni qaratish lozim. Yoshi katta kishilarga mo`ljallansa sal rangsizroq, oddiroq kashtalarni tanlash kerak. Yoshlarga, kelinlarga kiyim tikishda kashta gullari yorqinroq, rang-barang bo`lishini ko`zda tutuish lozim.
– milliy iftixorimiz bo`lmish atlash gazlamadan tikiladigan kiyimlarga kashta chok bilan bezak berish yanada e’tiborliroq bo`lishlikni talab etadi. Chunki bilasizki atlasda kamalak ranglarini barchasi mujassam bo`lim. Noto`g’ri rang va kashta ornamenti tanlansa atlasni tashqi ko`rinishiga salbiy ta’sir ko`rsatishi mumkin.
– atlasdan tikilgan kiyimlarga kashta chok bilan bezak berishda yaltiroqligi kam bo`lgan iplarni tanlash maqsadga muvofiqdir.
7-rasm. Kashta chok bilan bezatilgan milliy ko`ylak namunalari
Ayollar milliy ko`ylaklarda bezakli to`rlarni tikish texnologiyasi
Milliy ko`ylaklarimizga moda yo`nalishiga qarab turli to`rlar va tayyor kiyim elementlari bilan bezash hozirda urf bo`lgan. Lekin barcha kiyimlar kabi milliy ko`ylaklarga ham to`rlar va kiyim bezaklarini tikishda ularda foydalanish qoidalariga rioya qilish bilan birga ularni kiyim uchun tanlay olish ham kerak bo`ladi. Kiyimga kiyim bezaklarini chiroyli tikkan bilan uni kiyimga estetik did bilan tanlanmasa u kiyimni chiroyini ochish o`rniga uni sifatini tushirishi mumkin. Shuni nazarda tutgan holda quyida kiyim bezakalaridan foydalanishni ayrim usullarini tahlil qilamiz.
– Kiyim bezaklari (to`rlar, tasmalar, burmalar, mag’izlar) ni tanlashda avvalo kiyim tikiladigan gazlama xususiyatini e’tiborga olish lozim. Chunki gazlama tabiiy tolali bo`lsa kiyim bezagi ham shunga xos bo`lishi lozim. Kiyim gazlamasi sun’iy tolali bo`lsa kiyim bezagi ham sun’iy tolali bo`lishi kerak. Kiyim gazlamasi kirishuvchan bo`lganda kiyimga bezakni o`rnatib tikishda bu xususiyatni esda saqlagan holda tikishi lozim, aks holda kiyim yuvilgandan so`ng kiyim bezagini qayta so`kib tikishga to`g’ri keladi.
– Kiyimga to`r yoki tasmali bezaklarni tikishda kiyim bezagi tikuv mashinasi tishqi reykasi tomonda ya’ni kiyimni ostki tomonida bo`lishligini ta’minlash lozim. Chunki tishli reyka albatta kiyimga ma’lum chim tashlab tikadi. Kiyim detaliga to`r ulashda kiyim detaliga chim aslo tushmasligi kerak, aks holda kiyim detalini o`sha joyi burishib chiroyli chiqmasligi mumkin.
– Kiyimga tayyor tasmalar – kantlar bilan ishlov berishda ham tasmani kiyimga o`rnatish qoidalariga rioya qilish lozim. Tasmani kiyimga tikishdan oldin unga namlab-issiqlik bilan ishlov berish lozim. Agar tasma yoqa o`miziga tikilsa, ya’ni botiq yuzaga tikilsa tasma ikkiga bo`ilinib ochiq qirqim tomoni cho`zilib, yopiq qirqim tomoni kirishtirib dazmollanadi. Agar tasma qabariq yuzaga, koketka ostki qirqimiga, yeng uchiga, cho`ntaklarga va h.k. tasma ikkiga bukilib yopiq qirqim tomoni cho`zilib, ochiq qirqim tomoni kirishtirib namlab dazmollangandan so`ng o`rnatilsa kiyim chiroyli chiqadi.
Kiyimga burmalar bilan ishlov berishda nimalarga e’tibor berish lozim
Birinchi navbatda kiyim egasini yoshiga, chunki katta yoshli kishilarga aksariyat hollarda burmali kiyimlarni havola etmaymiz. Chunki katta yoshli kishilarga burmali kiyimlar ularni bachkana qilib ko`rsatadi. Ularni yoshida burmasiz, burmali bo`lgan holda ham sezilarsiz bo`lishi lozim.
8-rasm. Burma va tasma bilan bezatilgan milliy ko`ylak namunalari.
Ayollar milliy ko`ylaklariga turli applikatsiyalar bilan ishlov berish yo`llari
Hozirda bozorlarimizda kashta choklarga moslab ishlab chiqarilgan yopishtiriladigan, tikiladigan, yelim bilan yopishtiriladigan applikatsiyalarni ko`plab uchratish mumkin. Bu applikatsiyalardan ham to`gri foydalanilmasa kiyim sifatiga salbiy ta’sir ko`rsatishi mumkin. Bilamizki, kashta tikish murakkab jarayon bo`lib, hamma tikuvchilar ham uni uddalay olmaydir. Shuning uchun, ko`pincha tayyor kashtali applikatsiyalardan foydalanadilar. Applikatsiyalar kiyimga chiroyli ko`rinish berish bilan birga ayrim kamchiliklarni yopishi, ayrim choklarni ko`rsatmasligi, kiyimga bezak berishi maqsadida ishlatiladi. Applikatsiyalarni tanlashda nimalarga e’tibor berish lozim?
– Birinchidan , gazlama rangi va gullarini e’tiborga olish lozim;
Ikkinchidan, gazlama xususiyatiga mos tushishi kerak;
Uchinchidan, gazlama narxiga, tashqi bezaklariga mos bo`lishi kerak;
To`rtinchidan, kiyim egasini tashqi ko`rinishi, yoshi va kiyimni kiyish joyiga qarab tanlash kerak.
Ayrim hollarda oq rangli gazlamalarga yosh xotin-qizlar uchun qora, qizil, ko`k, yashil rangli applikatsiyalarni tanlash mumkin ayrim hollarda esa gazlamadagi ranglardan eng ko`p uchraydigan rangiga qarab tanlanadi.
O`zbek milliy ko`ylaklarni tikishda zamonaviy tikish texnologiyalaridan optimal foydalanish
Yuqorida aytganimizdek, hozirda bozorlarimizda xotin-qizlar kiyimlarini tikish uchun tirli-tuman gazlamalar bilan bir qatorda kiyim tikishda ishlatiladigan, kiyim tikish samaradorligini, sifatini oshirishda qo`llaniladigan kiyim elementlarini uchratish mumkin. Lekin bu elementlardan to`gri foydalanishni barcha tikuvchilar ham uddalay olishayapdi deb ayta olmaymiz. Demak, shundan foydalansam kiyim sifatli chiqadi, kiyim egasi sifatli elementlardan foydalanib tikibdi degan ko`r-ko`rona qarashlar uchrab turadi. Shuning uchun, quyida zamonaviy kiyim elementlaridan foydalanish texnologiyalari, ulardan foydalanishni optimal yo`llari haqida to`xtalib o`tmoqchimiz.
To`garak mashg’ulotlarida yelimsimon noto`qima tasmalardan foydalanish
Hozirda do`konlarda yelimsimon, o`rgimchak uyasiga o`xshash rulonli tasmalar ko`p uchraydi. Ularni qayerlarda qo`llash mumkin? Ushbu yelimsimon tasmalarni ayniqsa elastikli gazlamalardan kiyim tikishda kiyim etagini qayirib tikishda, yeng uchini qayirib tikishda mashina chok o`rnida ishlatish mumkin. Agar mashinada qayirib tikilganda kiyim o`ngida chok o`rni qo`pol ko`rinishi mumkin. Yelimli tasma bilan yopishtirib bukilganda chok borligi bilinmaydi. Yeng yoki etak uchlari tekis bukilib, kiyim cho`zilganda ham chok sitilib yoki so`kilib ketmaydi.
Undan tashqari yelimli tasmalardan milliy ko`ylak old va ort bo`lak koketkalariga avra va astar detallarini qo`lda ko`klash jarayonini yengillatish maqsadida ham qo`llash mumkin.
Yelimsimon noto`qima tasmalardan foydalanishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
Tasma ikki detalni o`rtasiga qo`yilib sal namlanadi va dazmol mato ustidan dazmollanadi. Dazmollash jarayonida dazmol harakatda bo`lmasdan toki namlik ketgunga qadar ushlab turiladi, undan so`ng boshqa qismlar dazmollab yopishtiriladi. Agar dazmolni harakatlantirib dazmollansa tasma surilib ayrim joylaridan qochishi mumkin, yoki yelimsimon tasma uzilib o`sha joy yopishtirilmay qolishi mumkin.
9-rasm. Yelimli noto`qima tasma bilan kiyim etagi va yeng uchiga ishlov berish.
Lekin yelimsimon tasmadan xohlagan joylarda foydalanib bo`lmaydi. Masalan, paxta tolali gazlamadan tikilgan milliy ko`ylak etak va yeng uchlari faqat qaytarma chokli baxya bilan qayirib tikilishi lozim.
Mehnat ta’limi darslarida yelimli flezilindan foydalanish
Ayrim milliy ko`ylaklar juda yumshoq, elastik xususiyatli gazlamalardan tikiladi. Milliy ko`ylaklarni koketkalari tik tursa gavdada chiroyli turadi. Shuning uchun, yumshoq gazlamadan kiyim tikishda koketka astariga qo`shimcha material yopishtiriladi yoki qattiq astar tanlanadi. Yumshoq gazlamalardan tikilganda yelimli flezilindan koketka astariga bir qavat yopishtisish lozim. Flezilin gazlama xususiyati bilan uyg’unlashib ketadi.
Yelimli flezilindan foydalanishda ham ayrim texnologiyalarga e’tibor berish lozim. Flezilinni gazlamaga yopishtirish jarayonida dazmol yuzasini dazmolmato ustida harakatlantirmasdan kerakli joylarda ko`tarib o`tqazish lozim. Chunki flezilish issiqlik ta’sirida yumshaydi, yelimi eriydi, agar dazmol gazlama ustidan surib yangi joyga o`tkazilsa yopishtirilgan yuza dazmol bilan birga suriladi. Shuning uchun yelimlangandan so`ng dazmolni surib o`tqazish mumkin emas.
Yelimli flezilin yoki yelimli tasma ishlatilganda dazmol albatta dazmolmato yoki maxsus qog’oz yordamida dazmollanishi shart. Aks holda dazmolni yuzasiga yelim yopishib qolib dazmollash jarayoni qiyinlashadi.
Amaliy darslarda tukli matolardan kiyim tikishni o`ziga xos xususiyatlari
Tukli gazlamalardan kiyim tikishda ham ayrim qonuniyatlarga e’tiborni qaratish lozim. Tukli matolardan kiyim tikish oddiy matolardan kiyim tikishdan tubdan farq qiladi. Tukli matolar bilan ishlashda e’tiborliroq bo`lish lozim. Ayrim tukli matolar dazmollash jaroyonida tuki bosilib o`sha joy yaltirab qoladi va kiyim sifati buziladi. Bunday matolardan kiyim tikishda, ayniqsa, dazmollash jarayonida mayda-mayda temir tishli tasmalardan foydalanish lozim. Kiyim pastki tomoniga tishli tasma qo`yiladi va dazmollanadiigan qirqim ehtiyotlik bilan amalga oshiriladi. Tukli matoni tuklari tishli tasma orasiga kirib, qayrilmaydi, dazmollash jarayoni tugaganda gazlamani tuklari avvalgi holatini saqlaydi. Shunday hollarda ham matoni tuki yaltirab qolsa, qirqim cho`zib tikiladi va qattiq qoqib qirqim dazmollanmasligi kerak bo`ladi.
Tukli gazlamalardan kiyim tikishda tikiladigan qirqim chamalab ilgaklar yordamida har joydan ildirib qo`yiladi, undan so`ng mashina chok yuritiladi. Tukli gazlamani ilgak ildirmasdan tikilsa gazlama tuklari surilib qirqim tomonlari uzun-kalta bo`lib qolishi mumkin. Oldinlari bunday gazlamalarni avval qo`lda ko`klab keyin tikib chiqilardi. Hozir esa tayyor bir tomoni to`mtoqlangan ilgaklarni bozorlarda ko`plab uchratish mumkin.
Tukli gazlamalar ko`pincha sitiluvchan bo`ladi bunday gazlamalardan kiyim tikishda qirqimlari yo`rmalanishi lozim.
Tukli gazlamalarni bichish jarayoni ham ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Tukli gazlamalardan kiyim bichishda, tuksiz gazlamaga nisbatan ancha ko`proq gazlama sarflanadi. Chunki andozlar gazlamaga faqat bir tomonlama joylashtiriladi.
Ayollar milliy ko`ylaklari uchun bezak elementlarini tanlash
Bezak elementlari juda xilma xil bo`lib ularni tanlashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
- gazlama xususiyatlariga;
- gazlama rangi va gullariga;
- gazlama narxiga va gazlama bezaklariga;
- kiyim turiga;
- kiyim kiyilish joyi va kiyim egasini yoshi, tashqi ko`rinishiga;
- kiyim fasoniga.
Agar kiyim kechalik kiyim bo`lsa va gazlama qimmat narxli bo`lsa unda gazlamaga xos bezaklar tanlanadi. Gazlama rangi, gazlama gullarini rangi va shakli, gazlama bezaklari (toshlari, ko`zchalari, tesmalari) turiga qarab bezak gazlama tanlash lozim. Ayrim hollarda gazlamani o`zi bezaklarga boy bo`lsa gazlama bezaklarini qirqim joylardagi bezaklari ehtiyotlik bilan so`kilib uni kerakli joylarga o`rnatish mumkin. Ayrim boy bezakli gazlamlarga ortiqcha bezak berilsa kiyim bachkanalashib ketadi. Bunday hollarda bu kiyim kechaklarda kiyim bezak elementlari qo`llanilmaydi.
Milliy kiyimlarga toshli bezaklar tanlashda toshni rangi ham gazlama rangi yoki gazlama gullari ko`p takrorlanadigan rangiga mos ravishda tanlanadi. Aks holda kiyimga bezak ko`rk berish o`rniga uni sifatini buzadi.
Demak, kiyimni qanchalik sifatli tikkan bilan uni bezaklarini, kiyim elementlarini to`g’ri tanlanmasa, tanlangan elementlardan to`g’ri foydalanilmasa kiyim sifatli chiqmaydi. Shuning uchun, biz yuqorida bergan tavsiyalarga amal qilinsa kiyim sifatiga kafolat berish mumkin bo`ladi.
O`zbek kiyimlari tarixini o`rgatish jarayonida o`quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash
Kiyim-kechaklar har bir xalq tarixi bilan uzviy bog`liq bo`lib, moddiy-madaniy yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o`ziga xosligini aks ettirib, etnik belgilari bilan ajralib turadi.
Kiyimlarda el-elat tarixiga borib taqaladigan an’analar, urf-odatlar, ijtimoiy munosabatlar, ma’rifiy, din va estetik shakllarning ayrim unsurlari ifodalanadi. Jamiyat turmushi, iqtisodiyoti va siyosatida bo`layotgan o`zgarishlar bilan barobar kiyim shakllari ham o`zgarib boradi, unda xalqning moddiy ahvoli, kishilarning didi, go`zallik to`g`risidagi ideallari, xo`jalik yuritishning o`ziga xos jihatlari hamda oilaviy turmushning ba’zi tomonlari ham ko`zga yaqqol tashlanadi.
O`zbek milliy kiyimining ko`p asrli boy tarixi bo r? Unda xalqimizning o`tmishi, iqlim sharoitimiz, turmush tarzimiz ko`zguda aks etgandek ifoda topgan. Mahalliy urf-odatlar, ayniqsa, ayollar kiyimida yaqqol seziladi. Kiyimning shakli, bichimi, ranglari va bezaklariga ko`ra ayolning qaysi viloyatdan ekanligi, ijtimoiy mavqei, yoshi, oilaviy ahvoli to`g`risida bilib olish mumkin bo`lgan.
O`zbek ayollari kiyimi ko`ylak, lozim, mursak, to`n, peshmat, kamzul va nimchalardan va ko`chalik kiyim – paranji-chachvondan iborat bo`lgan. Bosh kiyimlari – turli usulda o`raladigan ro`mollar, oyoq kiyimlari esa maxsi-kavush bo`lgan.
Ko`ylaklar – to`g`ri bichimli, keng va uzun, deyarli yerga tegib turadigan, etagi biroz kengaygan, yenglari to`g`ri va uzun bo`lgan. Ayollar ko`ylaklarining turlaridan biri «oldi ochiq ko`ylak» bo`lib, oldi qismida belgacha to`g`ri qirqimi bo`lgan. Ko`ylaklarning oldidagi tik kesimlar maxsus to`qilgan yoki gazlamadan ishlangan bog`ichlar bilan bog`langan. Aytishlaricha bu odat Fotima onamizdan meros bo`lib, ular o`g`illari Hasan va Husaynlar halok bo`lishganida, ularning kiyimlaridan tasma shaklida bo`laklar yirtib olib, ko`ylaklariga bog`ich qilib olgan ekanlar.
Qizlar va yosh bolalar yoqa o`mizi ko`ndalang – yelkadan yelkagacha qirqimli ko`ylak kiyishgan. Bu ko`ylaklar «kipti», «kiptakli ko`ylak» deb atalgan (fors. Kift – yelka). Bunday ko`ylak «mullacha ko`ylak» deb ham atalgan, chunki uni ko`pincha mullalar, eshonlar, madrasa talabalari ham kiyishgan.
Qadimgi to`g`ri bichimli ko`ylaklar yengining tagiga boshqa rangdagi gazlamadan to`rtburchak shaklida «hishtak»lar tikilgan. Ba’zan boshqa rangdagi hishtaklar bolalar ko`ylaklariga ham tikilgan, bu uzoq kutilgan, «tilab olingan» farzand ma’nosini bildirgan. Qadimda yosh ayollar va kichkina bolalar ko`ylaklarining etaklari bostirilmaganligi kabi yuqoridagi irimga ham ilohiy ma’no berilgan.
O`zbeklarda qizlarning ko`ylagi nikoh o`qilgandan so`ng, ota-onasi uyida ayollar ko`ylagiga almashtirilgan. Kuyovning uyiga kelinni yoqa o`mizi tik kesimli ko`ylakda olib borishgan. XIX – asrning 80-chi yillarida tik yoqali (no`g`ay yoqa) ko`ylaklar paydo bo`la boshlagan. Ba’zan bu yoqalarni «it yoqa» deb ham atashgan (itlarning bo`yinbog`iga o`xshatilgan).
1900-chi yillarga kelib Toshkent ayollari orasida oldi koketkali, ko`krak qismi burmalangan, «shapang yoqa» deb atalgan qaytarma yoqali «ko`krakburma ko`ylak»lar keng tarqalgan. Keksa avlod bu urfga yanada ko`proq norozi bo`lgan. Shunga qaramay, «ko`krakburma ko`ylak»lar asta-sekin ommaviy ravishda qabul qilina boshlagan va an’anaviy to`g`ri bichimli, tik yoqali ko`ylaklar qatorida o`zbek milliy ko`ylagi sifatida hozirgacha saqlanib qolgan.
Ustki kiyimning qadimiy turlaridan peshvon, mursak, to`n, keyinchalik peshmat, kamzul va nimchalar ma’lum. Ustki kiyimlarning XIX asrga kelib yo`q bo`lib ketgan qadimiy turlaridan biri peshvondir. Aytishlaricha peshvon ham mursakka o`xshab ketadigan ustki kiyim turi bo`lgan, faqat uning yoqasi ham bo`lib, yenglari nisbatan uzunroq bo`lgan va mursakdan farqli o`laroq, uning ziylariga jiyak tikilmagan. Tadqiqotlarga ko`ra, peshvon kelinlar yopinchig`ich sifatida ishlatilgan (tojikcha peshband – yuzini to`suvchi yoki peshvon – yuzini asrovchi ma’nolarini anglatgan so`zlardan kelib chiqqan bo`lsa kerak). XIX asrning boshlarida oddiy chopon yoki mursak ko`rinishida bo`lgan peshvon, asr o`rtalariga kelib ro`mol shaklini olgan.
XIX asrning 70-90 chi yillarida mursak ayollar ustki kiyimining asosiy turi hisoblangan. Har bir kelinning sepida 2-10 tadan, ba’zan 18 tagacha mursaklar bo`lgan: kundalik, kishilik, uyichilik va h.k. Mursak XIX asrda va XX asrning boshlarida unashtirish marosimida kelinga yuborilishi lozim bo`lgan kiyimlardan biri edi. Ota-onalar qizlarini birinchi bor uylariga chaqirganlarida («challar» marosimida) mursak kiygizishgan. Nikoh marosimida kelinga kiygizilgan mursak to`ydan keyin kelinning onasiga sovg`a qilingan. XX asrning ikkinchi o`n yilligiga kelib, mursaklar ramziy bir ma’noda qolgan, amalda uning o`rniga kamzul ishlatilgan. Faqat kelinni kuyovning uyiga olib kelingandagina, unga mursak kiydirilgan va keyinchalik uni yangalarga berilgan. XX asrda mursak kiyim sifatida o`z ma’nosini butunlay yo`qotgan va faqatgina dafn marosimlaridagina qo`llanilgan. Ayollarning asosiy ustki kiyimi «paranji» hisoblangan va XX asrning boshlarida ham kiyilgan. Paranjini ayollar ko`chaga chiqqanlarida boshlariga yopib chiqishgan. Paranji bilan birgalikda ayollar yuzlariga «chachvon» tutishgan (fors. chashmband– ko`z uchun bog`ich, ko`zni to`suvchi (balki ko`zdan to`suvchi), ba’zi viloyatlarda «chimbat» deb ham atalgan. Paranji so`zi «faroji» so`zidan kelib chiqqan bo`lib, kiyim ma’nosini bildiradi. Paranji to`n ko`rinishida bo`lib, boshga yopilib, gavdani yashirib turish uchun xizmat qilgan, yenglari o`z amaliy vazifasini yo`qotgani sababli ort tomonda bir-biriga chatib qo`yilgan. Bora-bora yenglar ingichka va uzun shaklga kirib, soxta yeng – «bandak» deb atalgan. Paranji yopinish barcha yoshdagi ayollar uchun majburiy bo`lib, qiz bolalar 9 yoshdan boshlab paranji yopinishni boshlaganlar. Chachvonlar qora otning yolidan to`qilgan va chetlariga qora rangli matodan mag`iz tikib chiqilgan. Yaxshi tutilsa, bitta chachvon umr oxirigacha yetgan.
Ayollar bosh kiyimi – ro`mol hisoblangan. XX asrga kelib qiz bolalar va kelinchaklar do`ppi kiya boshlaganlar. Ungacha do`ppini faqat erkaklar va yosh bolalar kiyishgan. XX asr boshlarida do`ppi kiygan ayollarga salbiy munosabat bildirilib, aybga buyurishgan va ularni «satang» deb atashgan. Urf-odat bo`yicha ayollar do`ppini umrlarida bir marotaba – go`shangaga kirganda kiyishgan, bunda kuyov o`z do`ppisini yechib kelinning boshiga kiygazgan, kelin esa uning o`rniga yangi do`ppi sovg`a qilgan. 20-chi yillarga kelib do`ppilar keng urf bo`lgan, ularga munosabat ham o`zgargan.
Bugungi kunga kelib, albatta, ayollar ko`ylagi juda o`zgarib ketgan bo`lsa ham, shakli va bichimi saqlanib qolgan bo`lib turmushda ishlatilib kelmoqda. Ayollarning an’anaviy milliy ko`ylagi milliy mansublik simvoli bo`lgani uchungina emas, balki, asosan xalq kostyumida iqlim xususiyatlariga, tevarak atrofdagi tabiatga va turmush tarziga to`g`ri keladigan ratsional shakllar bir necha asrlardan beri saralanib kelgani uchun saqlanib qoldi. Ayollar ko`ylagidagi yorqin ranglar mutanosibligi o`lkamiz tabiatiga monand tushgan bo`lib, shaklining kengligi jazirama quruq iqlim sharoitiga mos keladi.
Milliy liboslar tarixini o`rganish jarayonida, ularni kiyish bilan bog`liq bo`lgan an’analar, urf-odatlar va rasm-rusumlarni o`rganish talabalarning qiziqishlarini oshiradi va ularni xalqning madaniy merosini chuqurroq o`rganishga undaydi. O`zbek liboslarining turmushda qanchalik muhim ahamiyat kasb etganligini talabalarga singdirishdan maqsad – yoshlarga milliy o`zligini anglatish, xalqimizning boy madaniy merosini aks ettirish ba davomiyligini anglatishdan iboratdir, bu esa ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim rol o`ynaydi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda maktab o`qituvchilari va o`quvchilari uchun, zamonaviy o`quv uslubiy ko`rsatmalarni ishlab chiqish, o`quv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo`llash muhim vazifalardan hisoblanadi.
– maktab o`quvchilariga amaliy darslarda mavzuni modulli o`qitishda o`quv materialini mustaqil o`zlashtirish uchun yetarli sharoitlar yaratilishi, o`qitishni jadallashtirishga erishilishi, kasbga qiziqtirish asosida faollashtirish, mustaqil o`qish imkoniyatlarini to`la-to`kis yartib berilishi;
– maktab yuqori sinf o`quvchilarini o`qitishda “To`garak mashg’ulotlarida ayollar milliy kiyimlarini tikish asoslari” mavzusidagi amaliy mashg’ulotlarni modulli o`qitishdan va faol usullardan foydalanib o`qitilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. “Mehnat ta’limi” fani bo`yicha guruhlarda “a‘lo”, “yaxshi” va “qoniqarli” bahoga o`zlashtirilishi kuzatiladi, hamma o`quvchlar mavzyni “a‘lo” va “yaxshi” baholarga o`zlashtirishlari uchun o`qituvchi amaliy mashg’ulotlarda ham mashg’ulotlarni modulli o`qitishda va faol usullarni qo`llasa ta’lim samaradorligi yanada oshadi. Bundan tashqari, o`quvchilarni qiziqtirish uchun interfaol o`yinlardan foydalanib o`qitilsa maqsadga muvofiq bo`ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. – Т.: Ma’naviyat, 2008.
2. Komilova X.X., Hamroyeva N.K. tikuv buyumlarini konstruksiyalash. Toshkent.
3. Xasanboyeva G.K., Karimova O.I. Kiyim modelini ishlash va konstruksiyasini
tayyorlash., Toshkent. “O`qituvchi. 1990.
4. Toshpo`latov S.Sh., Komilova X.X., va boshq. Tikuv buyumlarini loyihalash.,
Toshkent. “Voris – nashriyot”. 2007.
5. Jabborova M. “Tikuvchilik texnologiyasi” T.: “O`qituvchi”, 1994
JURAYEVA ZULAYXO ISLOMOVNA
TO`GARAK MASHG’ULOTLARIDA AYOLLAR MILLIY KIYIMLARINI TIKISH ASOSLARI
(Umumta’lim maktablarining mehnatta’limi fani o`qituvchilari va to`garak rahbarlari uchun uslubiy ko`rsatma)
Terishga berildi: .12.2016 y.
Bosishga ruxsat berildi: 12.2016 y
Ofset bosma qog‘ozi. Qog‘oz bichimi 60×84 1/16.
«Times» garniturasi. Ofset bosma usuli.
bosma taboq Adadi 25
Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish instituti bosmaxonasida chop etildi.
Samarqand shahar, Boysunqur ko`chasi 3-uy
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Turk oyoq kiyimlari
Assalomu alaykum hurmatli opa singillarimiz kanalimizga xush kelibsiz. Fikr mulohazalaringizni izohlarda qoldiring.
OYOK KIYIMLAR LALELI
Просмотров 3,8 тыс. Год назад
İstanbul#lalelidagi# Oyok#kiyimlar#narhlar#
Turkiya brendi Norka oyoq kiyimlari orginal mex va koja / Самая сложная марка норковой обуви в Турци
Просмотров 9 тыс. 4 месяца назад
АЙОК КИЙИМЛАР ОПТОМ БОЗОРИ
Просмотров 28 тыс. 2 года назад
istanbul#ayokkiyimlari#optombozori# Turkiyabeyazitda#
Turkiya Istanbul Oyoq kiyim bozori Gedikpaşa bayazit optom
Просмотров 41 тыс. Год назад
laleli #savdosi #turkiya #oyoqkiyimlar #optom #Omadtv.
Похожие запросы для Turk oyoq kiyimlari
Qishga oyoq kiyimlar/обувь для зимы/shoes for winter
Просмотров 106 тыс. Год назад
Qishga oyoq kiyimlar/обувь для зимы/shoes for winter.
Turkiya Istanbul Oyoq kiyim bozori Gedikpasa Beyazit Optom Турк таварлари Оптом Обуф
Просмотров 41 тыс. 4 месяца назад
БАХОРИЙ ТУФЛИЛАР КИЗЛАР ВА АЙЁЛЛАРИМИЗ УЧУН
Просмотров 1,2 млн Год назад
Qishga oyoq kiyimlar 2021-2022
Просмотров 57 тыс. Год назад
Eng qulay 2020 yilng modniy oyoq kiyimlari.
Просмотров 55 тыс. 2 года назад
Qizlar kanalimizni kuzatishda dovom eting modaga oyid hama narsa qoyib boriladi. har kun yangi videolarimizni otkazib .
МУЖСКОЙ КРАСОВКА 2022 НАРХИ. 15$ ДАН 80$ ГАЧА. АРГИНАЛ КРАСОВКАЛАР БОР. КЎРИБ СОТИБ ОЛГИМ КЕЛДИ.
Просмотров 52 тыс. Год назад
КРАСОВКА МУЖСКОЙ 2022 НАРХИ. 15$ ДАН 80$ ГАЧА. АРГИНАЛ КРАСОВКАЛАР БОР. КУРИБ СОТИБ ОЛГИМ КЕЛДИ.
Rovigo Oyoq kiyimlar magazini Sapok krasofka qishki modellar Istanbul Turkiya Gedikpaşa
Просмотров 5 тыс. 3 месяца назад
So`nggi modadagi oyoq kiyimlari.Buyurtma berishingiz mumkin/
Просмотров 50 тыс. Год назад
Bizning telegram ssilkamiz////// TELEGRAM: t.me/LifeStyleUzLemonPlus Life style uz: .
Turkiyaning brend oyoq kiyimlari kanalimga obuna bolip layk bosishni unutmang kament kutip qolaman
Просмотров 32 Месяц назад
Turkiyada ishlap chiqarilgan brend oyoq kiyimlari kanalimga obuna bolip layk bosishni unutmang kament kutip qolaman.
5 $ ga krasofka oldim kiyim narhlari istanbul aksaray
Просмотров 41 тыс. 2 года назад
Aksaray bozorini korsattim narhlari arzon narsalari chiyorli modaga qarab brend korishni maslahat beraman kanalga obuna .
Oyoq kiyimlari – Footwear
Oyoq kiyimlari ga tegishli kiyim-kechak dastlab maqsadga xizmat qiladigan oyoqlarda kiyiladi himoya qilish atrof-muhitning noqulayliklariga qarshi, odatda er osti to’qimalariga va haroratga bog’liq. Uslubda poyafzal poyabzal shuning uchun birinchi navbatda harakatni engillashtirish va jarohatlarning oldini olish uchun xizmat qiladi. Ikkinchidan, poyabzal uchun ham foydalanish mumkin moda va bezak shuningdek a tarkibidagi shaxsning maqomini yoki martabasini ko’rsatish uchun ijtimoiy tuzilish. Paypoq va boshqalar paypoq Odatda oyoqlar va boshqa poyafzallar o’rtasida qo’shimcha qulaylik va yengillik uchun kiyiladi.Madaniyatlarda poyabzalga nisbatan turli xil urf-odatlar mavjud. Bunga ba’zi holatlarda odatda ramziy ma’noga ega bo’lgan narsalardan foydalanmaslik kiradi. Bu, shuningdek, agar ular poyabzal mavjud bo’lishidan chetlatilgan bo’lsa yoki ulardan foydalanish taqiqlangan bo’lsa, ularni aniq odamlarga nisbatan amaliy ahvolga tushirish uchun ularni tayinlash mumkin. Bu, odatda, tutqunlik holatlarida sodir bo’ladi qamoq yoki qullik, bu erda guruhlar boshqa narsalar qatorida poyabzal kiyib yuriladimi yoki yo’qmi bilan aniq bo’linadi. Bunday hollarda poyabzaldan foydalanish, poyabzaldan mahrum bo’lishga qarshi kuch ishlatilishini aniq ko’rsatib turibdi, bu shubhasiz o’zlarining pastligini ko’rsatmoqda.
Ba’zi madaniyatlarda odamlar uyga kirishdan oldin oyoq kiyimlarini echib olishadi. Yalang’och oyoqlar, shuningdek, kamtarlik va hurmat belgisi sifatida qaraladi va ko’plab dinlarning tarafdorlari yalangoyoq holda ibodat qiladilar yoki motam tutadilar. Ba’zi diniy jamoalar odamlardan muqaddas binolarga, masalan ibodatxonalarga kirishdan oldin poyabzalni echib olishni talab qilishadi.
Bir nechta madaniyatlarda odamlar o’zlarini yuqori martabali odamga hurmat belgisi sifatida poyabzallarini echib olishadi. Xuddi shunday kontekstda qasddan o’zlarini kiyinish paytida boshqa odamlarni yalangoyoq yurishga majbur qilish, hokimiyat nomutanosibligi sharoitida o’z ustunligini aniq namoyish etish va etkazish uchun ishlatilgan.
Hunarmandlar poyabzal tikish poyabzalchilar, poyabzalchilar yoki deyiladi simlar.
Mundarija
- 1 Tarix
- 2 Materiallar
- 3 Komponentlar
- 4 Turlari
- 4.1 Botinkalar
- 4.2 Poyafzal
- 4.3 Sandallar
- 4.4 Terlik
- 4.5 Maxsus poyabzal
- 4.6 An’anaviy poyabzal
- 4.7 Paypoq
Tarix
Xalkolit charm poyabzal; taxminan Miloddan avvalgi 5000 yil
Oyoq kiyimlari insoniyatning eng qadimgi tarixidan beri foydalanib kelinmoqda, to’liq poyafzallarning arxeologik topilmalari shu paytgacha paydo bo’lgan Xalkolit (taxminan miloddan avvalgi 5.000). Kabi ba’zi qadimiy tsivilizatsiyalar Misr va Gretsiya ammo qulay iqlim va landshaft holatlari tufayli poyabzalga amaliy ehtiyoj sezilmadi va poyabzal asosan bezak va kuch belgisi sifatida ishlatildi.
The Rimliklarga kiyim-kechak va poyafzallarni hokimiyat va jamiyatdagi mavqeining shubhasiz alomatlari deb bilgan va rimliklarning aksariyati poyabzal kiygan, qullar va dehqonlar qolgan yalangoyoq. [1] The O’rta yosh kuch bilan ham bog’liq bo’lgan baland poshnali poyabzallarning ko’tarilishini va hayotdan kattaroq ko’rinishni istashini ko’rdi va o’sha davrdagi san’at asarlari ko’pincha qashshoqlik ramzi sifatida yalang oyoqlarni tasvirlaydi. XVIII asrga qadar xuddi o’sha davrdagi mahbuslar yoki qullar kabi asirlarning tasvirlari odamlarning deyarli yalangoyoqligini, aksincha sahnaning aksariyat qarama-qarshi tomonlarini aks ettiradi. Prokurorlar, sudyalar kabi mansabdor shaxslar, shuningdek qul egalari yoki passiv atrofdagilar poyabzal kiyib yurishgan. O’rta asrlarda erkaklar va ayollar kiyib yurishgan. pattens, odatda zamonaviyning o’tmishdoshi sifatida qaraladi baland poshnali poyabzal, [2] kambag’al va quyi sinflar esa Evropa, shuningdek, Yangi Dunyodagi qullar, odatda yalangoyoq edilar. [3] XV asrda, pirzola yilda yaratilgan kurka va odatda 7-8 dyuym (17,7-20,3 sm) balandlikda edi. Ushbu poyabzal mashhur bo’lib qoldi Venetsiya va butun Evropa bo’ylab, a holat belgisi boylik va ijtimoiy mavqeini ochib berish.
XVI asr davomida, masalan, royalti Ketrin de Medici va Angliyalik Meri I hayotdan balandroq yoki kattaroq ko’rinishga ega bo’lish uchun baland poshnali poyabzal kiyishni boshladi. 1580 yilga kelib, erkaklar ham ularni kiyib yurishdi va hokimiyatga yoki boylikka ega bo’lgan odam shunday ta’riflanishi mumkin: poshnali. Zamonaviy jamiyatda baland poshnali poyabzal ayollar modasining bir qismi bo’lib, dunyoning ayrim mamlakatlarida keng tarqalgan. [4]
Rassomning taassuroti Ötzi o’ng poyabzal. Ötzi – 1991 yil sentyabr oyida Italiyaning Alp tog’larida topilgan erkak mumiyasi, juda yaxshi saqlanib qolgan holatda.
Materiallar
Ushbu bo’lim kengayishga muhtoj. Siz yordam berishingiz mumkin ( 2015 yil iyul )
Zamonaviy poyafzal odatda ishlab chiqarilgan teri yoki plastik va kauchuk. Darhaqiqat, charm poyabzalning dastlabki versiyalari uchun ishlatilgan asl materiallardan biri edi. [5] Taglik kauchuk yoki plastmassadan tayyorlanishi mumkin, ba’zida uning ichida metall qatlam bor. Rim sandallari shakli egilmasligi uchun tagliklarida metall choyshablar bor edi.
Yaqinda Nike kabi poyabzal etkazib beruvchilar ekologik toza materiallarni etkazib berishni boshladilar. [6]
Komponentlar
Odatda poyabzal komponentlarining joylashishi va nomlanishi.
- Yopishtiruvchi moddalar
- Toka
- Hisoblagich (poyabzal): To’piq sohasidagi ustki va astarlar orasidagi orqa o’rindiq, poyabzal va tayanch to’piqning orqa tomoniga tuzilish.
- Ko’z
- To’piq
- Kanca
- Ichki taglik
- Tashqi taglik
- Dantellar
- Shank
- Soley
- Tack
- Til (poyabzal): Dantel ostida oyoqning yuqori qismini yopadigan poyabzalning bir qismi
- Tread
- Welt
Turlari
Shuningdek qarang: Poyafzal uslublari ro’yxati
Bu maqola ichida ro’yxat formatida, lekin o’qilishi mumkin nasr. Siz yordam berishingiz mumkin ushbu maqolani aylantirish agar kerak bo’lsa. Yordamni tahrirlash mavjud. ( 2015 yil iyul )
Botinkalar
- Botinkalar
- Chukka etiklari
- Jangovar botinkalar
- Kovboy etiklari
- Derbi botinkalari
- Moda botinkalari
- Go-go botinkalari
- Piyoda poyabzal
- Mototsikl etiklari
- Mukluk
- Platformali botinkalar
- Minadigan etik
- Rossiya etiklari
- Dengiz botlari
- Tabiiy botinkalar
- Tanker etiklari
- Balandligi baland etiklar
- Ugg etiklari
- Valenki
- Veldskoen
- Waders
- Vellington etiklari
- Winklepickers
Poyafzal
Bowling poyafzallari sport poyabzalining bir turi
2018 yilda ishlatiladigan umumiy dizaynga asoslangan futbol botinkasi. Teri tilining yo’qligi, tovoning orqa tomonining nisbatan pastligi va paypoq uslubidagi mahkamlagich mavjudligiga e’tibor bering. Ushbu dizayn maksimal moslashuvchanlikni va harakatlanish doirasini ta’minlashga yordam beradi. Oyoq Bilagi zo’r qo’shilishni yuklashning yuqori qismida cheklash orqali, u egasining yurishi tabiiyroq bo’lishiga imkon beradi.
Qiziqarli malumotlar
Turk Oyoq Kiyimlari