Tumov va shamollash bilan kurashish ( 18-qism ) haqida malumot
Tumov ba’zan jondan to‘ydirib yuboradi. Agarda tumov bo‘lgan bo‘lsangiz tabiatni ayblamang, sabab yelvizak, oyoqning xo‘l bo‘lib qolishi yoki xavoning keskin sovib ketishida emas, tumovning asl kelib chiqish sababi — tanadagi sog‘aytiruvchi tanazzul (krizis)dir.
Shamollash sababi ichki tozalikning yo‘qolganidadir. Agarda chiqindi va toksinlar juda ko‘payib ketsa, organizm ularni tuzatuvchi tanazzul, ya’ni tumov yordamida xaydab chiqarishga xarakat qiladi. Uni virusli ta’sir yoki kasallik deb xisoblamang. Shu vaqtda xayotiy quvvat sizning foydangizga ishlayotganini tushunishingiz lozim.
Agarda siz tabiat bilan xamkor bo‘lsangiz, uning tozalash ishlariga yordam berasiz. Tozalash jarayoniga xalaqit beradigan hech narsa qilmasligingiz lozim. Sizdan talab qilinadigani, bu — ochlanish!
Tabiat nima qilishini sizdan yaxshi biladi. Shunday vaqtda sizdan talab qilinadigani bu — issiq to‘shakka kirib yotish. Har qanday ovqatni, shu jumladan, meva va meva sharbatlarini iste’mol qilishni to‘xtating. Vaqti-vaqti bilan issiq distillangan suvga ozgina asal va limon sharbati solib iching, imkoni bo‘lsa ko‘p miqdorda iching. Boshqa hech narsa yemang.
Yotoqxonangizni shamollatib turilishi va toza havo bo‘lishiga e’tibor qiling va o‘qimang, radio eshitmang, televizor ko‘rmang, qarindosh va do‘stlaringiz bilan suhbatlashish uchun quvvatingizni sarf qilmang. O‘zingizni boshqalarlan to‘liq ajrating.
Bunday tozalanish uchun ochligingiz qancha davom etishi kerak! Bunday tanglik yilning har qanday vaqtida bo‘lishi mumkin, lekin sovuq mavsumlarda ko‘proq bo‘ladi. Oyoqqa turish uchun ko‘pincha uch kunlik ochlik yetarli bo‘ladi. Lekin ayrim vaqtlarda yetti yoki o‘n kunga cho‘zilishi mumkin. Kunlar haqida bezovta bo‘lmang, ko‘rasiz, tozalanish tangligidan so‘ng sog‘lig‘ingiz ancha yaxshi bo‘ladi.
Men beshta farzandni voyaga yetkazdim, ular tumov bo‘lishganda, davolanishlari va ochlanishlari uchun to‘shakka yotqizib qo‘yardim. Bir haftadan keyin ular yaxshi bo‘lar va sog‘liklari ham tiklanib ketardi. Mening 12 nevaram, 8 chevaram ham shu dasturga amal qilishadi.
Bu usul ko‘pchilikka o‘ta oddiy ko‘rinishi mumkin. Ularning fikricha, nimadir qilish kerak, davolanmoq lozimdek, ularni qo‘rquv bosadi. Sizning tozalanishingiz va sog‘lig‘ingiz uchun tabiat haddan tashqari uzoq ishlayotganday bo‘lib ko‘rinsa-da, vahimaga tushmang.
Har bir kishi tanasini qanchalar ko‘p o‘rgangani sayin o‘z salomatligiga shunchalar ko‘prok e’tibor bilan qaramog‘i lozim. Inson o‘z tanasini sog‘lom holda ushlamoq lozim va bu boshqa fanlarni o‘rganishdan ancha muximroqdir.
Har bir inson o‘z tabiati (xarakteri) ning bunyodkoridir, lekin shu bilan birgalikda u o‘z sog‘ligi va yaxshi kayfiyatining soqchisi xamdir.
Tabiat insonni yaratib, tabiiy kuchlardan o‘z salomatligi yo‘lida mohirona foydalanishi uchun unga ajoyib aql va ijodiy imkoniyatlar bergan. Ochlik bu tabiiy sog‘ayishga olib boradigan yo‘llardan biridir. Tabiat bizga oddiy tozalanish vositalarini beradi. Faqat biz tabiat bilan hamohang va uning qat’iy qonunlari bilan yashashimiz lozim. Biz tabiiy hayot tarzi tufayli o‘zimizning jismoniy, aqliy va ruhiy imkoniyatlarimizni oliy takomillashgan darajagacha yetkazishimiz mumkin. Salomatlik uchun qisqa yo‘l yo‘q. Tabiat bizni o‘z zimmamizdagi vazifani bajarayotgan deb, hisob-kitob qiladi. Ochlanayotganda biz bu vazifani bajarayotgan bo‘lamiz. Agarda biz o‘z odat va xayotimizni tabiat qonunlariga moslamaydigan bo‘lsak, u hech qachon o‘z mo‘jizalarini namoyon qilmaydi.
Har qanday ortiqchalik tabiatga ziddir. Gippokrat
Tabiatga ishoning
Mening qatiy ishonishimcha, hech kim hech qachon kimnidir sog‘aytirish majburiyatini olmasligi kerak, chunki bu tabiatning ishi.
Ochlikning ko‘magi va tabiiy ovqatlarni iste’mol qilish natijasida, shuningdek tabiiy odatlar tufayli har qanday kishi o‘z xayotini sog‘lom qilishi mumkin. Tozalanish ichki biologik faoliyat bo‘lib, bu tananing o‘zi bajarishi mumkin bo‘lgan vazifa, lekin ochlik bilan, siz, bu ishning yanada samaraliroq bo‘lishiga erishasiz. Tabiat sizning doimo sog‘lom va yashovchan bo‘lishingizga harakat qiladi va qachonki, u tozalash tangliklarini o‘tkazayotgan ekan, nima qilayotganini juda yaxshi biladi.
Tabiatga ergashing, u hech qachon sizga pand bermaydi. Ochlik — bu buyuk yordamchi.
© Pol Bregg
«Ochlik mo‘jizasi» kitobi.
Ziyouz.uz
Burundagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Otrivindir.
Otrivin bu – burun bo’shlig’iga purkaydigan tomirlar toraytiruvchi dori vositasi (sprey va tomchi shaklida mavjud)
Eritma tarkibi:
Faol moddalar: ksilometazolin gidroxloridi 0,5 mg. Yordamchi moddalar: natriy fosfat monobazik dihidrat, natriy fosfat ikki asosli o’n ikki suv, natriy xlorid, disodiy edetat, benzalkonium xlorid, metilgidroksipropil tsellyuloza 4000 mPa.S, sorbitol 70%.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi —
https://apteka.uz/uz/product/otrivin
Nafas yo’li yallig’lanishida keng qo’llaniladigan boshqa preparatlar: Ksilometazolin,Rinostop ,Galazolin,Nosilin,Rinokta,Ksilofakt va hk.
*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Burundagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Otrivindir.
Otrivin bu – burun bo’shlig’iga purkaydigan tomirlar toraytiruvchi dori vositasi (sprey va tomchi shaklida mavjud)
Eritma tarkibi:
Faol moddalar: ksilometazolin gidroxloridi 0,5 mg. Yordamchi moddalar: natriy fosfat monobazik dihidrat, natriy fosfat ikki asosli o’n ikki suv, natriy xlorid, disodiy edetat, benzalkonium xlorid, metilgidroksipropil tsellyuloza 4000 mPa.S, sorbitol 70%.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi —
https://apteka.uz/uz/product/otrivin
Nafas yo’li yallig’lanishida keng qo’llaniladigan boshqa preparatlar: Ksilometazolin,Rinostop ,Galazolin,Nosilin,Rinokta,Ksilofakt va hk.
*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Kasalliklar
Tumov va shamollash bilan kurashish ( 18-qism )