TUGʻILISH

TUGʻILISH

TUGʻILISH (demografiyada) — yangi tugʻilganlar hisobiga aholining yangilanib borish jarayoni; muayyan aholi guruhi oʻrtasida bola tugʻilib turish surʼati: bir yil davomida har ming kishi hisobiga toʻgʻri keladigan tirik tugʻilgan bolalar soni. Tugʻilish oʻlim jarayoni bilan birga aholi tabiiy oʻsishining asosini tashkil etadi. Tugʻilishni ifodalovchi bir nechta koʻrsatkichlar mavjud: T. ning umumiy koeffitsiyenti — 1000 kishiga nisbatan tugʻilgan bolalar sonini ifodalaydi va promilleda belgilanadi; T. ning maxsus koeffitsiyenti — har 1000 ta 15—49 yoshli ayollarga nisbatan tugʻilgan bolalar soni; T. ning yo sh guruhlari boʻyicha koeffitsiyenti — har 1000 ta maʼlum yosh guruhidagi (15—19, 20—24, 25—29, 3034, 3539, 4044, 4549) ayollarga nisbatan tugʻilgan bolalar soni; T. ning yigʻindi koeffitsiyenti — tugʻilish darajasini eng aniq ifodalovchi koʻrsatkich, unda maʼlum avlodga tegishli har bir ayelning hayoti davomida tuqqan bolalari soni ifodalanadi. Koʻpchilik davlatlarda Tugʻilish darajasini oʻrganish va ularni taqqoslashda Tugʻilishning umumiy koeffitsiyentidan koʻproq foydalaniladi. Demofaf olimlar B. S. Urlanis va V. A. Borisovlar tomonidan Tugʻilish darajasini shu koeffitsiyent yordamida baxrlash mezoni aniklangan. Mezon boʻyicha oʻrganilayotgan hudud yoki aholi gurugʻida Tugʻilishning umumiy koeffitsiyenti 16%o dan kam boʻlsa, Tugʻilish darajasi past, 16 — 24%o ~ oʻrta, 25—39%o — yuqori va 40%o dan baland boʻlsa Tugʻilish darajasi juda yuqori hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
TUGʻILISH