Toshkentdagi “Kitob olami”: O‘rta Osiyodagi eng katta kitob do‘koniga sayohat

Toshkentdagi “Kitob olami”: O‘rta Osiyodagi eng katta kitob do‘koniga sayohat

Idora mollari bilan savdo qiluvchi bo‘limdan o‘tib, bolalar adabiyoti bo‘limiga kirib kelasiz. Bo‘lim mavzusiga xos ravishda jihozlangan: multfilm qahramonlari, yumshoq o‘yinchilar, yorqin ranglar — bularning bari o‘ziga xos yoqimli muhitni yuzaga keltiradi. Bo‘lim peshtaxtalarida o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etilgan ertaklar, bo‘yosh kitoblari, ensiklopediyalar, o‘yinli nashrlarni topish mumkin.

Toshkentda O‘rta Osiyodagi eng katta kitob do‘koni ochildi

2 noyabr kuni Toshkentda, Mustaqillik ko‘chasi yoqasida “Kitob olami” nomli yangi kitob do‘koni ochildi. Shahar markazida, metro bekati yaqinida joylashgan bu do‘kon O‘rta Osiyoning bu turdagi eng yirik muassasasi ekanligi aytilmoqda.

Do‘konga kirish oldidagi vitrinaga ulkan monitor joylashtirilgan bo‘lib, u orqali ayni paytda do‘kon reklamasi namoyish etilmoqda.
Foyyeda ham to‘rtta reklama ekrani, shuningdek, maxsus nashrlar joylashtirilgan shishali vitrinalar bor.

Do‘konda O‘zbekiston nashriyotlarining barcha yo‘nalishdagi kitoblari taqdim etilgan. Bu yerdan bolalar adabiyoti, badiiy adabiyot namunalarini, ilmiy kitoblarni topish mumkin. Shuningdek, Rossiya nashriyotlari chop etgan ko‘plab adabiyotlar do‘kon peshtaxtalaridan o‘rin olgan.

Agar mashhur shoir Aleksandr Faynberg tirik bo‘lganida, u shu yilning 2 noyabrida 76 yoshni qoralagan bo‘lar edi. Shu munosabat bilan bo‘lsa kerak, do‘kon assortimentidan ajoyib shoirning yangi to‘plami o‘rin oldi.

Kitob zalida disklar va elektron adabiyotlar uchun alohida stol tashkil qilingan. Zal oxirida kantselyariya mollari uchun joy ajratilgan.

Toshkentdagi “Kitob olami”: O‘rta Osiyodagi eng katta kitob do‘koniga sayohat

Toshkent shahrida 2-noyabr, dushanba kuni italyan qahvasini ichib, kitob varaqlash mumkin bo‘lgan kafesi, idora mollari bo‘limi va kitob ixlosmandlari uchun boshqa qiziqarli takliflari bor ikki qavatli kitob do‘koni — “Kitob olami” ish boshladi. VOT mazkur do‘kondan fotoreportaj tayyorladi.

Sobiq Konservatoriya binosi yaqinida joylashgan “Kitob olami” tashrifchilarni katta oynavand “devorlar” va yorqin reklama ekrani bilan kutib oladi. Ichkariga kirgandan so‘ng, ustki kiyimingizni garderobxonaga topshirib, do‘kon bo‘ylab sayohatni boshlashingiz mumkin.

Do‘kon to‘rt bo‘lim — o‘zbek, rus, chet el va bolalar adabiyoti bo‘limlaridan tashkil topgan. Birinchi qavatdagi katta zalning 21 sho‘basida tarixiy romanlar, zamonaviy detektivlar, ilhomlantiruvchi adabiyotlar, ta’lim nashrlari, biznes mavzudagi kitoblar hamda ixtisoslashgan qo‘llanmalarni topish mumkin.

Chet el adabiyoti ixlosmandlari e’tibori uchun xorijiy kitoblarning tarjimalari havola etilgan. Masalan, Nobel mukofoti sohibi Gabriel Garsia Markesning romanlarini o‘zbek tilida o‘qish mumkin. Ikkinchi qavatdagi ko‘zguli shift selfi ishqibozlarini, chet el nashriyotlari mahsulotlari esa kitobxonlarni xursand qilishi aniq.

“Kitob olami” O‘zbekistonning 110 nashriyoti va Rossiyaning “Olma Media Grupp” hamda “Ekspo” noshirlik uylari bilan hamkorlik qiladi. Chet el hamkorlaridan kitoblar har chorakda bir marta, O‘zbekistondagi nashriyotlardan esa deyarli har kuni kelib turadi.

Idora mollari bilan savdo qiluvchi bo‘limdan o‘tib, bolalar adabiyoti bo‘limiga kirib kelasiz. Bo‘lim mavzusiga xos ravishda jihozlangan: multfilm qahramonlari, yumshoq o‘yinchilar, yorqin ranglar — bularning bari o‘ziga xos yoqimli muhitni yuzaga keltiradi. Bo‘lim peshtaxtalarida o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etilgan ertaklar, bo‘yosh kitoblari, ensiklopediyalar, o‘yinli nashrlarni topish mumkin.

Keyingi bir oy davomida do‘konda doimiy xaridorlar uchun chegirmalar va diskont-kartalar tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, “Baxtli xaridor” aksiyasini ishga tushirish rejalashtirilgan — do‘kondagi ba’zi kitoblarning ichida omadli shtrix-kod yashiringan bo‘ladi, bu shtrix-kod egasiga aylangan xaridor yutuqli lotereyada ishtirok etishi mumkin.

Do‘kondagi qahvaxona esa qulay va hordiq chiqarishga mo‘ljallangan. Tokchalarga jahon adabiyoti taraqqiyoti hissa qo‘shgan adiblarning suratlari va tarjimai hollar qisqa va chiroyli ko‘rinishda joylashtirilgan. Kafe menyusi hozircha faqat pishiriqlardan iborat, biroq yaqin vaqt ichida fast-fud va issiq taomlar ham paydo bo‘lishi kutilmoqda.

U yoki bu kitobni izlashni osonlashtirish maqsadida “Kitob olami”ga tez orada maxsus planshetlar joylashtiriladi, shuningdek, mushtariylar kitoblarni kitobolami.uz sayti orqali sotib olish imkoniga ham ega bo‘lishlari va’da qilinmoqda. Bundan tashqari, do‘konda davriy bosma nashrlar bo‘limini ochish, Toshkentdagi yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar hamda taqdimotlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Avvalroq, Toshkentning Mustaqillik ko‘chasida ish boshlagan “Kitob olami” do‘koni “O‘rta Osiyodagi eng katta kitob do‘koni” deya ta’riflanayotgani haqida xabar berilgan edi.

Bekorchi ko’nglim

“Eshittizmi?!Toshkentda O’rta Osiyoda eng katta bo’lgan kitob do’koni ochilibdi. ” yaqin 3 kundan beri qulog’imga chalingan mish-mishlarning eng ko’pi shu haqida bo’ldi. Diqqatimni tortgan joyi “O’rta Osiyodagi eng katta kitob do’koni”. Bugun darsdan sal vaqtliroq chiqib, uch kun ichida mashxur bo’lib ulgurgan kitob do’koni tomon yo’l oldim.

Ta’kidlab o’tishim kerak-ki,oxirgi vaqtlarda yurtimiz yoshlari orasida kitobga bo’lgan qiziqish borgan sari ortib bormoqda. Bu juda yaxshi albatta. Davlatimiz tomonidan ham, nashriyotlar tomonidan ham shu talabni qondirish uchun qoldan kelguncha harakat qilinmoqda. Yangi kitob do’konining ochilishi esa ko’pchilik kitobsevarlarning quvonchiga quvonch qo’shishi shubxasiz.

Yangi ochilgan kitob do’koni Mustaqillik prospektida,eski Konservatoriya binosi qarshisida joylashgan ekan. Men o’zimga qulay bo’lgan transport vosidasi metroda borishni afzal bildim. Hamid Olimjon bekatidan chiqib,ko’prikdan “Ipoteka bank”iga qarab 200-250 mentlar yurasiz ekan. Do’konning nomi “Kitob olami”.

Binoning uzoqdan ko’rinishi odamni unchalik ham o’ziga jalb etmaydi. Lekin yaqinroq borar ekansiz fikringiz o’zgara boshlaydi. Binoning chap burchagida katta monitor qo’yilgan bo’lib, do’kon ichidagi kitoblarning reklamasi doim “aylanib” turibdi. Monitor yonida Prezidentimizning so’zlari yozilgan katta taxta, uni yonida esa o’zgacha dizaynga ega kitob javoni.

Ichkariga kirishingiz bilan o’zgacha muhit sizni qamrab oladi. Shaxsan men bunaqangi chiroyli va katta kitob do’konini hali ko’rganim yo’q(Balki,rostdan ham O’rta Osiyodagi eng katta do’kondir). Eshikdan kirganizda to’g’rida kassa, sumkalarizni qo’yish uchun maxsus javonchalar va garderob. Chap tarafda kojanniy kreslolar bilan jihozlangan bufet.

O’ng tarafdan pastga tushsangiz(Do’konning asosiy qismi bir qavatdan va ozgina-qimmatbaho kitoblar ikkinchi qavatda ekan) asosiy kitoblar.

Yuridik adabiyotlardan boshlanib, badiiy adabiyotlar, ilmiy adabiyotlar, tibbiy adabiyotlar, diniy adabiyotlar va hakozalar bilan davom etgan kitob peshtaxtalari bolalar adabiyoti bilan tugaydi. Bolalar adabiyoti uchun ajratilgan joyga alohida e’tibor berilgani darxol odamni o’ziga jalb etadi.

Qisqasi ajoyib. Yuqorida aytganimdek, binoning yuqori qismida sovg’a uchun beriladigan(suvenir) kitoblar joy olgan. Uyg’onish davri durdonalaridan tortib, Ma’rifatli davr, Yangi davr, Johiliyat davri, Gumanizm davriga tegishli bo’lgan nodir asarlarni topishingiz mumkin. Narxi ham shunga yarasha(DA Vinchi, Rafael va Mikelanjeloning asarlari to’plangan kitobni narxini ko’rudim, qo’limdan tushib ketishiga sal qoldi. 186 ming ekan J )

Biz talabalarga(o’zim haqimda aytayapman) kitobning muqovasidan ko’ra ichidagisi muhim. Ichidagi narsasi bilan narxi birlamchi hisoblanadi. Bir umr o’qishni orzu qilib yurgan kitobim falon so’m tursa uni sotib olmayman. Chunki cho’ntagim ko’tarmaydi. Do’konni bir aylanib chiqqach asta-sekin kitoblarning narxlari bilan tanishib chiqa boshladim. To’g’risini aytaman, kitoblarning narxi do’konning chiroyiga juda “mos”. O’rtiqcha gap-so’z yozib o’tirmay bir nechta kitoblarning narxini keltirib o’taman. Aygancha do’kondagi barcha kitoblar yangi, hali qo’l tegmagan,qog’ozning hidi ketmagan. Hali yangi ochilgani uchun bo’lsa kerak kitob tanlovi kam. Bir-ikki mingta kitobni yoyib chiqishgan. Sekin-sekin kitoblarga to’lib ketsa kerak. Hozircha esa “Kitob do’koni” emas, “Kitob muzeyi”. Ba’zi kitoblarning narxlari:

O’tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”-12600 so’m;
O.Genri “Ishbilarmon kishilar”- 9800 so’m;
Gyote “Faust”-17500;
Abdulla Qodiriy “Otgan kunlar”-12500 so’m;
Pushkin “Yevgeniy Onegin”-7700 so’m;
Yunus O’g’uz “Amir Temur”-19600 so’m;
O’zbek Xalq maqollari- 10500 so’m;
Bobur ensiklopediasi-77000 so’m;
Albert Kamyu “Begona”- 16800 so’m.

Qisqasi meni cho’ntagimga to’g’ri kelmadi. O’zi 330 ming stependiya olsam, 230 mingini kvartiraga bersam, 50 mingga proezdoy olsam qancha qolyapti? 50 ming. 50 mingga ikkita yoki uchta kitob olsam, keyingi stependiyagacha och qolishim mumkin. Shuning uchun sekingina kurtkamni zamogini tomog’imgacha qadab, kapishonimni boshimga “qo’ndirib” chiqib ketdim. ЦУМ kitob rastalaridagi narx-navodan deyarli farqini ko’rmadim. Uyga qaytayotib doim kitob oladigan Beruniydagi kitob do’konimga ham kirib o’tdim. Bu yerda ham yangi nashrdan chiqqan o’zbek tilidagi adabiyotlarni topishingiz mumkin. Lekin menga yoqadigan joyi, rus tilidagi eski kitoblarning xilma-xilligi. Istagan yozuvchingizning istagan asarini topishingiz mumkin(mubolag’asiz). Faqat rus tilida. Shunday vaziyatda hech bo’lmaganda rus tilini bilishimdan(o’qiy olishimdan) xursand bo’lib ketaman. To’g’ri bu yerdagi kitoblar eski, o’qilgan. nima bo’pti! O’zing uchun kerakli narsani yangi kitobda o’qiding nima, eski kitobda o’qiding nima? o’qilgan bo’lsa ham bir yoki ikki marta o’qilgan halos. Tashqi ko’rinishi ham yomon emas. Titilib ketmagan. Hatto ba’zilari ochilmagan bo’lsa ham kerak.demak, Beruniy kitob do’konidagi kitoblarning narxlari:

Jek London povestlari to’plami-7500 so’m;
Oskar Uayld “Tanlangan asarlar”-10000 so’m;
Hemenguey “Alvido qurol”-6000 so’m;
Bulgakov “Usta va Margarita”- 4000 so’m;
Dostoevskiyning “Jinoyat va jazo” va “Telba”si – 7500 so’mdan;
Jorj Oruel “1984”- 15000 so’m;
Edgar Alan Po “Qora mushuk”-5000 so’m;
Teodor Drayzer “Tanlangan asarlar”-7500 so’m.

Bundan tashqari Virjinia Vulf,Sharlotta Bronte, Pushkin-u Esenin, Tolstoy, Konan Doyl kabi yozuvchi-yu shoirlarning asalarini suv tekinga olishiz mumkin. Qaytaraman bularning hammasi rus tilida yana eski-o’qilgan kitoblar.

Bu do’konda “Kitob olami”da ko’rgan kitoblarimni ham topdim. Narxini ham solishtirib ko’rdim.
Kamyuni “Begona”si 16800 edi, bu yerda 15 ming, “O’tgan kunlar” eski nashri- 6000 so’m,“O’zbek xalq maqollari” esa 9700 so’m, “12 stul”ning o’zbekcha eski nashri 6000 so’m, “Faust”ning yangi nashri 15000 so’m, eski nashri esa 12000 so’m.

Beruniydagi kitob do’koni

Qiziqarli malumotlar
Toshkentdagi “Kitob olami”: O‘rta Osiyodagi eng katta kitob do‘koniga sayohat