TORCH infeksiyalari nima ?
TORCH infeksiyalari nima ?
DO`STLARGA ULASHING:
TORCH infeksiyalari nima ?
TORCH infeksiyalari bu toksoplazmoz, qizilcha, gerpes va sitomegalovirus kiradi. Homiladorlikdan avval va Homiladorlik davrida yana xlamidiya, ureaplazma, brutsellyoz xam tekshiriladi. Lekin ular TORCH infeksiya emas.
TORCH infeksiya ayol va erkakda xam bo‘lishi mumkin. Erkaklarda TORCH infeksiya spermarivojdanishiga taxsir qilib, sperma ko‘rsatkichlarini buzadi, ular farzand ko‘rish ehtimoli ancha pasaytirish mumkin. Ayollarda TORCH infeksiya homila tushib qolishi, tug‘ma nuqsonli bola tug‘ilishi va ko‘p asoratlarga sabab bo‘ladi.
ODDIY GЕRPЕS 1/2 tipi
Oddiy gerpes bilan homiladorlik davrida birlamchi infeksiyalanishi quyidagi asoratlarga olib kelishi mumkin:
• homiladorlik buzilishi: suv ko‘payib ketishi, homiladorlik to‘xtatilishi, homila tushib qolishi
• homila patologiyasi: qorin ichi infeksiyasi,o‘z o‘zidan abort, o‘lik bola tug‘ilishi
• Chaqaloq patologiyasi: tug‘ma gerpes, chala tug‘ilish, tug‘ilganda tana vazni pastligi
Gerpes bilan og‘rish birlamchi epizodida infeksining homilaga o‘tish xavfi 50%, infeksiya qaytalanganda yoki belgisiz kechganda 0-4%.TOKSOPLAZMOZ
Ayollarning 10 -12 % toksopazmoz bilan homiladorlik davrida infeksiya yuqtirib olishadi. Infeksiyaning homilaga o‘tish xavfi 30-40 % . Agar infeksiya yuqishi homiladorlik I va II trimestrlarida ro‘y bersa o‘z o‘zidan abort yoki vaqtidan erta tug‘ilish xavfi 10-15 %. Bunda tug‘ma toksoplazmoz xavfi 15-25% bo‘ladi va chaqaloqlar og‘ir xolatlari (fetopatiyalar) masalan kalla kichik bo‘lib qolishi (mikrotsefaliya), gidrotsefaliya, xorioretinit,gepatosplenomegaliya, trombotsitopeniya kuzatiladi. Agar yuqish homiladorlik III trimestrida ro‘y bersa tug‘ma toksoplazmoz xavfi 90 %gacha. Lekin bunda kasallik aksari xollarda belgilarsiz kechadi
Toksoplazmozda xam asoratlar gerpesdagiga o‘xshaydi.SITOMЕGALOVIRUS
Xomilador ayollarning 1 – 4 % sitomegalovirusni homiladorlik vaqtida yuqtirib oladilar. Shu ayollarning 33% da homilaning infeksiya yuqtirishi va zararlanishi kuzatiladi.Homiladorlikda infeksiya yuqishi 12 haftagacha sodir bo‘lsa bola tashlash va tug‘ma nuqsonlarga sabab bo‘ladi :
• Gidro yoki atsefaliya,
• Serebral falaj
• Ko‘z va eshitish a’zolari shikastlanishiЎҚИНГ: Tug‘ma penis egriligi
Infeksiya yuqishi homiladorlik 12 haftasidan keyin sodir bo‘lsa sitomegaliyaning tarqalgan shakli – jigar shikastlanishi (gepatit), o‘pka kasalligi (pnevmoniya), ko‘z shikastlanishi (retinitga) olib keladi.
QIZILCHA
Qizilcha virusi homiladorlikning 16 haftasigacha yuqishida odatda quyidagi holat bo‘ladi:
• homilani qorinda halok bo‘lishi
• Kallada o‘zgarish: makro va mikrotsefaliya
• Gregg uchligi: ko‘z shikastlanishi + karilik (eshitmaslik) + yurak qon tomir tizimi rivojlanishi nuqsonlari.Qizilcha virusi homiladorlikning 16 haftasidan keyin yuqqanida tug‘ma nuqsonlar xavfi sezilarli pasayadi.
TAVSIYA:
Farzand ko‘rish va homiladorlik silliq va muammosiz kechishida o‘z vaqtida tekshirishlar , shu qatorda TORCH infeksiyaga tekshirish o‘tkazilishi homila va ayol salomatligi va kelajagi uchun hayotiy muhum. Arzimagan bir tekshirish sizni kelajakdagi ko‘p tashvish va g‘am anduxdan saqlab qolishi mumkin.
@andrology_uz 🚑
TORCH infeksiyalari nima ?