TOPOGRAFIK ANATOMIYA

TOPOGRAFIK ANATOMIYA

TOPOGRAFIK ANATOMIYA — aʼzolarning oʻzaro joylashuvi va ularning qon tomiri hamda nervlarga nisbatan munosabatini oʻrganadigan fan. Amaliy ahamiyatga (xirurgiyada) ega. Topografik anatomiya tanani ayrim sohalarga ajratib oʻrganadi. Topografik anatomiyada normal anatomiya usullaridan tashqari, murdani qavatmaqavat kesib ochish, muzlatilgan tanani arralash, rangli boʻyoqlar yuborib tomirlarni toʻldirish, rentgenografik, rentgenoskopik va h. k. usullar ham qoʻllanadi. Topografik anatomiyaning ahamiyati faqat operativ xirurgiya fani doirasi bilan chegaralanib qolmaydi. Tibbiyotning har qanday sohasiga, xirurgiya kabi, topografikanatomik maʼlumotlar ham zarur. Mas., ichki kasalliklar shifokori (terapevt) aʼzolarning patologik holati toʻgʻrisida fikr yuritish uchun ularning akstasviri (chegaralari)ni, fiziologik siljish hududlarini, aʼzolar shakli va tutgan oʻrnining turli yosh va jinslardagi, har xil qomatli kishilarda qanday boʻlishi mumkinligini bilishi, asab shifokori esa biror patologik jarayonning (oʻsma, qon quyilishi) oʻrnini aniqlash uchun bosh va orqa miya hamda ularning oʻtkazuvchi yoʻllari topografiyasini bilishi zarur va h. k.

Ensiklopediya.uz
TOPOGRAFIK ANATOMIYA