TONUS

TONUS

TONUS (yun. tonos — taranglik) (f i ziologiyada) — nerv markazlari, muskul toʻqimalari va arteriolalar devoridagi muskul tolalarining toliqmay, uzoq vaqt qoʻzgʻalgan holatda boʻlishi. Nerv markazlari Tonus ida bosh va orqa miya qismlaridan efferent nervlar orqali impulslar uzluksiz yuborilib, organ va toʻqimalarni maʼlum funksional holatda anchagacha saqlaydi. Muskullar T. ida uzoq vaqt taranglashadi yoki qisqaradi, bunda tananing muvozanati, skelet muskullari tonusi, qovuq, bachadon va hazm aʼzolari boʻshliqlarining bosimi hamda qon bosimi (silliq muskullar tonusi) maʼlum darajada saklanadi. Kontraktil va plastik Tonus bor. Kontrakt il Tonusda muskullar, ayniqsa, skelet muskullari keskin taranglashadi, moddalar almashinuvi kuchayadi, energiya sarflanishi ortadi. Plastik Tonusda muskullar kucheiz taranglashadi va bu holat uzok, davom etishi mumkin. Moddalar almashinuvining tezligi keskin oʻzgarmaydi, koʻp energiya sarf boʻlmaydi, Muskullar Tonus ini boshqarishda uzunchoq miyaning retikulyar formatsiyasi, vestibulyar yadrolari, miyacha hamda gumoral omillardan adrenalin, karbonat angidrid katta rol oʻynaydi.

Ensiklopediya.uz
TONUS