TOʻXTAYEV Azamat Ramziddinovich

TOʻXTAYEV Azamat Ramziddinovich

TOʻXTAYEV Azamat Ramziddinovich (1946.25.4, Toshkent) — meʼmor. Oʻzbekiston BA akademigi (1997). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan meʼmor (1991). Toshkent politexnika intini tugatgan (1970). Toshkentdagi loyihalash i. t. institutida loyihalovchi, katta meʼmor, loyiha bosh meʼmori, guruh rahbari, direktor (1963 93). Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi «Oʻzinterqurilish» firmasida bosh direktor (1993 — 95), Oʻzbekiston meʼmorlar uyushmasi boshqaruvi raisi (1998 — 2000), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi (2000-y. dan).

Ensiklopediya.uz
TOʻXTAYEV Azamat Ramziddinovich