TOʻTINOMA

TOʻTINOMA

«TOʻTINOMA»Sharq xalklari orasida keng tarqalgan axloqiyestetik mavzudagi asar. Hindistonda sanskrit tilida xalq ogʻzaki ijodi asosida yaratilgan. Unda toʻtiqushning shahzoda Maymun va uning xotini Xujasta haqidagi ibratli hikoyalari majoziy shaklda badiiy aks ettiriladi. Asar avvalo hindlar orasitgʻ da «Shukasaptati» («Toʻtining yetmish hikoyasi») nomi bn mashhur boʻlgan. Ziyo Naxshabiy «Toʻtinoma» nomi bn forstojik tiliga tarjima qilgan (1330). Asarda, asosan Maymun, Xujasta va Toʻtilarning oʻzaro munosabatlari misolida odoblilik, yaxshilik, vafodorlik kabi insoniy fazilatlar ardoqlangan, yomonlik, takabburlik, bevafolik, makkorlik qoralangan. «Toʻtinoma» 52 hikoyadan iborat. Uning bir qancha variantlari yaratilgan: Hindistonda Muhammadʻ Qodiriy (17 —18-a. lar) asarning forscha, Latifiy (19-a. 1yarmi) oʻzbekcha nusxasini yaratdilar (Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik intida saqlanadi). Shu davrda Mulla Qurbon Xiromiy Ziyo Naxshabiy asarini oʻzbek tilida sheʼriy yoʻlda yozib chiqqan. «Toʻtinoma» fors, ingliz, nemis, fransuz, rus va b. tillarga ham tarjima qilingan. Oʻzbek tilida bir necha bor nashr etilgan.

Ensiklopediya.uz
TOʻTINOMA