TOʻRQOVOQ

TOʻRQOVOQ

TOʻRQOVOQsayroqi qushlar boqiladigan qafasning bir turi. Suvqovoqning ost qismi yoki yupqa fanerdan doira shaklida taglik yasalib, uning gardishiga ip toʻr toʻqiladi va Toʻrqovoqning ogʻzini berkitadigan surma ip oʻtkaziladi. Gardishda suvdon uchun teshikcha ochiladi. Toʻr tarang turishi uchun metall sim yoki yogʻochdan yelka, Toʻrqovoqni osib qoʻyish uchun ilgak oʻrnatiladi. Toʻrqovoqga qush solinganidan keyin toʻr ogʻzi surma ip tortib maxdam bogʻlanadi. Toʻrqovoqda, asosan, sayroqi bedanalar saqlanadi. Toʻrqovoq.

Ensiklopediya.uz
TOʻRQOVOQ