TOʻPON

TOʻPON

TOʻPON — gʻallagulli va dukkakli oʻsimliklar donini yanchish va tozalashda chiqqan chiqindi. Toʻpon maydalangan barg, urugʻ qobiqlari, boshoq va don boʻlaklari, begona oʻt urugʻlaridan iborat. Somonga nisbatan toʻyimli. 1 kg bugʻdoy T. ida 0,43 ozuqa birligi, 26 g protein, javdarnikida 0,40 ozuqa birligi, 21 g protein, sulinikida esa 0,44 ozuqa birligi, 23 g protein bor. T. shirali ozuqalar, namlangan barda kabilarga qoʻshib, kombayn oʻrimida chiqqan donli Toʻpon esa somon bn aralashtirilib chorva mollariga beriladi.

Ensiklopediya.uz
toʻpon