TIL VA ADABIYOT INSTITUTI

TIL VA ADABIYOT INSTITUTI

TIL VA ADABIYOT INSTITUTI, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti (TAI) — oʻzbek tili, adabiyoti va folklorining tarixi, hoz. holati, boshqa xalkdar tillari va adabiyotlari bilan aloqalarini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy muassasa. 1934-y. yanv. da Madaniy qurilish i. t. intining (1931—33) filol. boʻlimlari asosida tashkil topgan. 1937-y. rus shoiri A. S. Pushkin nomi berilgan. 1939-y. da Til, adabiyot va tarix inti tarzida qayta tashkil etilgan. 1940-y. dan SSSR FA Oʻzbekiston filiali, 1943-y. dan Oʻzbekiston FA tarkibidagi int.

Ensiklopediya.uz
TIL VA ADABIYOT INSTITUTI