Tesserakt to’liq malumot oling

Tesserakt to’liq malumot oling

Bolalar-u kattalarni birdek oʻziga maftun qila oladigan matematika boʻlimlaridan biri — fazoviy oʻlchamlarning toʻrtinchi yoʻnalishini tekshirish boʻlsa kerak. Biz kundalik hayotimizda koʻnikib qolgan uch oʻlchovli fazo haqidagi tasavvurlarimizdan farqli oʻlaroq, toʻrt oʻlchovli fazoda matematik, geometrik va fizik tushunchalar yanada kengroq maʼno kasb eta boshlaydi.

Ilm-fan peshvolaridan tashqari dindorlar orasida (nasroniy dinining ayrim oqimlarida) ham toʻrtinchi oʻlcham haqida muayyan qarashlarni uchratish mumkin. Ularning fikricha, toʻrt oʻlchamli fazo “narigi dunyo” boʻlishi kerak. Nima ham derdik, nasroniy dindorlarning fikri oʻz yoʻliga, lekin bizni toʻrtinchi oʻlchamning matematik va fizik jihatlari va ulardan kelib chiquvchi ajoyib xulosalar qiziqtiradi.

Xususan, toʻrtinchi oʻlchamga oid hisoblashlar fizika fanida bizni oʻrab turgan olam, atrof-koinotning mohiyatini tushuntirib berishda foydalaniladigan nazariyalarning uzviy bir qismini tashkil qiladi.

Tesserakt

gifer.com

Tesserakt oddiy kubning toʻrt oʻlchovli koʻrinishidir. Kubning boshqa oʻxshash shakldoshlarini umumiyroq maʼnoda hamda boshqa oʻlchamlarda ifodalash uchun giperkub atamasidan foydalaniladi. Biz odatda kubni quyidagicha tasavvur qilamiz: kvadratni uch oʻlchamli fazoda hayolan harakatlantirsak, uning fazodagi harakatidan kub hosil boʻladi.

Tesserakt ham shunga oʻxshash — u kubning toʻrtinchi oʻlcham boʻylab harakatlanishidan qolgan “izi”ni namoyon qiladi. Bunda kubning barcha yoʻnalishlarda — har uchala oʻq boʻylab perpendikulyar harakatlanishini tasavvur qilish zarur boʻladi. Albatta, hozir siz bu narsani tasavvur qilishga qiynalayotgan boʻlsangiz kerak. Balki, bunday narsa tasavvurga sigʻmaydigan xomxayol boʻlib tuyulishi ham mumkin.

Lekin, ishoning, bu amalda uddalasa boʻladigan geometrik yasashlar sirasiga kiradi. Inson xayoloti noqislik qilgan pallada matematiklarga tesseraktni modellashtirish uchun kompyuter dasturlari va grafik muharrirlar yordamga keladi. Kompyuter dasturlari yordamida matematiklar oʻlchamlari koʻp boʻlgan geometrik shakllarni yasab, ular haqida kengroq ilmiy tushunchalarga ega boʻlish imkoniga erishdi.

Eʼtibor bering: kubning yoqlari kvadartlardan iborat. Tesseraktning yoqlari esa kublardan iborat boʻladi. Turli oʻlchamlardagi har-xil geometrik shakllarni quyidagi jadval asosida osonroq tasavvur qilish va bu orqali biz iddao qilayotgan narsani ham nisbatan yengil tushunish mumkin:

tesserakt 2

orbita.uz

“Tesserakt” soʻzi 1888-yilda ingliz matematigi Charlz Godvart Xinton (1853-1907) tomonidan oʻylab topilgan boʻlib, ushbu atamani u oʻzining “Yangi tafakkur davri” asarida ilk bora qoʻllagan. Shunisi qiziqki, Xinton oʻz davida matematik olim sifatida emas, balki qoʻshxotinlik bilan hayot kechirgan kimsa sifatida salbiy nom qozongan edi.

U tesseraktni tasavvur qilishda turli ranglarga boʻyalgan oddiy yogʻoch kubchalardan foydalangan. Yomon tarafi esa turli xil tovlamachi folbinlar va hokazolar tomonidan Xinton tesseraktlari odamlarni laqqa tushirib, pullarini shilib olishda ham foydalanilgan ekan…

tesserakt 3

ru.m.wikipedia.org

Maqola orbita.uz saytidan olindi. Original maqola → Tesserakt
Muqova surat: freepik.com

Boshqa mavzular
Tesserakt

Оставьте комментарий