TERMOREGULYATSIYA

TERMOREGULYATSIYA

TERMOREGULYATSIYA (termo… va lot. regulo — boshqaraman) — odam va issiq qonli hayvonlar (qushlar va sut emizuvchilar) gavda trasining turgʻunligini taʼminlovchi fiziologik jarayon. Issiklik hosil boʻlishi (organizmda oksidlanish jarayoni yuz berganda) tezligining va teri orqali issiklik chiqarish (terlash va b.)ning oʻzgarishi tufayli amalga oshadi. Termoregulyatsiya yordamida saqlanib turuvchi trada organizmda sodir boʻladigan moddalar va energiya almashinuvi reaksiyalari uchun optimaddir. Odam va issiq qonli hayvonlar organizmida toʻxtovsiz ravishda issiklik hosil boʻlib, u tashqi muhitga chiqarib turiladi. Biror ish bajarish uchun tirik organizmda hamma vaqt energiya sarf boʻladi va ana shu ish (aniqroq qilib aytganda, uni taʼminlovchi kimyoviy reaksiyalar) oqibatida issiklik ishlab chiqariladi. Muskullar, jigar va buyrak jadal ishlaganda issiklik, ayniqsa, koʻp hosil boʻladi. Odam tinch turganda 70% issiklik ichki aʼzolar, 30% esa tinch holatda tolalari garchand kuchsiz boʻlsada, doimo qisqarib turadigan muskullar hisobiga ishlab chiqariladi. Jismoniy mehnatda issiqlik hosil boʻlishi bir necha marta koʻpayadi va bu jarayonda muskullar hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Organizmdan issiklik, asosan, teri orqali, kamroq darajada nafas, siydik va najas bilan ajralib chiqadi.

Ensiklopediya.uz
TERMOREGULYATSIYA