Termodinamik harorat birligi — Kelvin

Termodinamik harorat birligi — Kelvin

Termodinamik harorat birligi — Kelvin

Termodinamik haroratning ta’rifi 10-O‘TXK (1954 yil, Rezolyutsiya 3; CR 79) tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, fundamental qiymat sifatida suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 qismiga teng deb aniqlangan. 13-O‘TXK (1967/68, Rezolyutsiya 3; CR 104 va Metrologia 1968, 4, 43) «Kelvin gradusi» atamasi va °K belgisi o‘rniga, Kelvin va K belgisidan foydalanishni joriy etdi va Termodinamik harorat ta’rifini quyidagicha qilib belgiladi. (1967/68, Rezolyutsiya 3; CR 104 va Metrologia 1968, 4, 43).

Kelvin — termodinamik harorat birligi. U suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 ulushiga teng.

Bundan kelib chiqadiki, suvning uchlanma nuqtasining termodinamik harorati 273.16 K ga teng ekan.

2005-yilda O‘TXI quyidagini ma’qulladi: (ya’ni, O‘TXQ suvning izotop tarkibiga nisbatan aniq talab qo‘ydi.)

Bu qoida suvning quyidagi izotopik kompozitsiyasidagi modda miqdorlari uchun tegishli: 0.00015576 mol 2H bir mol 1H ga teng; 0.0003799 mol 17O bir mol 16O ga; 0.002005 18O esa, bir mol 16O ga teng bo‘ladi.

Harorat shkalalaridan kundalik odatiy foydalanishni soddalashtirish maqsadida, ma’lumotnoma qiymati T0=273.15 K, ya’ni, muzning erish haroratidan farqlash maqsadida, T belgisini faqat termodinamik haroratni ifodalash uchun qabul qilindi. Ular orasidagi farq Selsiy gradusiga teng. Selsiy gradusining belgisi t bo‘lib, u quyidagi tenglama orqali aniqlanadi.

t=T -T0

Selsiy harorat shkalasi birligi — Selsiy gradusi, belgisi — °C. Selsiy gradusi Kelvin gradusiga teng. Haroratlar farqi yoki harorat intervallari kelvin yoki Selsiyda ifodalanishi mumkin, (13-O‘TXK, 1967/68, Rezolyutsiya 3; CR 104 va Metrologia 1968, 4, 43) bunda harorat qiymatlari orasidagi miqdoriy qiymat bir xil bo‘ladi. Selsiy gradusida ifodalangan harorat qiymati va Kelvin bilan ifodalangan termodinamik harorat qiymati orasidagi munosabat

t(°C)=T(K) — 273.15

ifoda orqali aniqlanadi.

Kelvin hamda Selsiy gradusi — O‘TXQ ning 1989-yildagi 5-tavsiyanomasi (CI-1989; PV, 57, 115 va Metrologia, 1990, 27, 13) orqali, 1990-yilgi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh-90) ga binoan qabul qilingan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

SI ning asosiy birliklari
Termodinamik harorat birligi — Kelvin

Manba:orbita.uz