TEREK DARYOSI BOʻYIDAGI JANG

TEREK DARYOSI BOʻYIDAGI JANG

TEREK DARYOSI BOʻYIDAGI JANG (1395-y., 15—17 apr.) — Amir Temur va Dashti Qipchoq hukmdori Tyxmamishxon qoʻshinlari oʻrtasida Shim. Kavkazdagi Terek daryosi boʻyida, Noʻgʻay dashtida sodir boʻlgan jang. Amir Temur 250 ming atrofidagi qoʻshinini 7 qoʻlga boʻlib, janggohga joylashtirgan. Markazda asosiy qoʻl, uning oldida bosh hiravul (mangʻlay), ortida esa chagʻdavul (aryergard) turgan. Qoʻshinning oʻng va soʻl qanotlari qunbullar bilan mustahkamlangan. Taktik jihatdan bu harbiy koʻshilmalar mustaqil harakat qilgan va faqat oliy bosh qoʻmondonga boʻysungan. Sohibqiron qoʻllayotgan jangovar tartib usulining ustun tomonlarini 1391-y. gi jang paytida payqab olgan Toʻxtamishxon ham oʻz armiyasini jang maydonida xuddi raqibidek joylashtirgan. 15 apr. chorshanba kuni qaramaqarshi tomon qoʻshinlari (taxm. 450—500 ming) jangovar bayroq va tugʻlarini kutarib, takbir nidosini aytib bir-biriga yuzlanadi. Jang muqaddimasi Kuncha oʻgʻlon, Bek Yorliq oʻgʻlon, Oqtau, Dovud soʻfi va Udurqu qoʻmondonligidagi Toʻxtamishxon qismlarining Sohibqiron qoʻshini juvangʻariga qattiq hujumi bilan boshlangan. Soʻl qanotning qoʻqqisdan berilgan zarba oqibatida ogʻir ahvolga tushib qolganligini koʻrgan Amir Temur markaziy qoʻddagi 27 sara qismdan koʻmak ajratadi. Yordamga oʻz vaqtida yetib kelgan askarlar dushman shiddatini qaytarib, qarshi hujumga oʻtadi va gʻanimni qochishga majbur etadi. Qochayotganlarni taʼqib qilishga berilib ketgan anchagina suvoriylar janggoxdan uzoqlashib ketadi. Temuriy jangchilarning yoʻl qoʻygan taktik ehtiyotsizligi natijasida vujudga kelgan qulay vaziyatdan foydalangan Toʻxtamishxon oʻz askariy saflarini qayta tartibga solib, taʼqibchilarga zoʻr beradi va ularni toʻzitib yuboradi. Kutilmaganda Sohibqiron qoʻl ostida turgan qismlar dushman iskanjasiga tushib, Amir Temurning hayoti xavf ostida qoladi. Sharafuddin Ali Yazdiyning tasvirlashicha, Sohibqironga birinchi boʻlib koʻmakka yetib kelgan amir Shayx Nuriddin rahbarligidagi otliqlar zudlik bilan otdan tushib, yopirilib kelayotgan xon askarlarini yoylardan tinmay otilayotgan oʻkdar bilan toʻxtatadi. Muhammad Ozod, Alishox. va Toʻkal bavurchi kabi beklar aravalarni bir-biriga bogʻlab fob yasaydilar. Sohibqiron shu aravalar, ular ustiga qoʻyilgan tura (qalqon) va chapar (chetan) panohida boʻladi. Aylana mudofaada qolgan Sohibqironga Allohdod, Jaku, Husayn Malik qavchin boshliq boʻlimlar yordamga keladi. Ammo, Toʻxtamishxon qoʻshinining hamlasi borgan sari kuchayadi. Asosiy qoʻldan koʻmakka tashlangan Muhammad Sulton Mirzo hamda Ustaybek qoʻmondonligidagi qismlarning jangga kirishi, amir Jahonshoh va amir Hoji Sayfuddin qoʻl ostidagi jangchilarning pistirmadan turib Dashti Qipchoq armiyasi soʻl qoʻliga kuchli zarba berishi vaziyatning maʼlum darajada oʻnglanishiga sabab boʻladi.

Ensiklopediya.uz
TEREK DARYOSI BOʻYIDAGI JANG