TEPLOVIDENIE haqida to’liq ma’lumot oling

TEPLOVIDENIE haqida to’liq ma’lumot oling

TEPLOVIDENIE (rus. teplo — issiklik va videniye — koʻrish) — oddiy koʻzga koʻrinmaydigan obyektlar chiqaradigan yoki ulardan qaytadigan infraqizil nurlanish boʻyicha ularning koʻrinadigan tasvirini hosil qilish usuli. Qorongʻi joyda yoki optik shaffofmas muhitda turgan obyektlarning oʻrnini aniklash, murakkab yuzalarning ayrim joylari qizdirilganlik darajasini, noshaffof jismlarning ichki tuzilishini oʻrganish uchun qoʻllanadi. Qizdirilgan jism oʻzidan koʻzga koʻrinmaydigan issiqlik nurlari chiqaradi. Bu infraqizil nurlanishlarni maxsus qabul qilgichlar yordamida qabul qilib, biror usul bilan koʻrinadigan tasvirga aylantirish mumkin.

Dastlabki Teplovideniye qurilmalari 20-a. 30-y. larida issiqlik nurlarini elektr signaliga aylantirib beruvchi qabul qilgich sifatida bolometr va termopara ishlatilgan. 1970-y. ga kelib, teplovizor deb ataluvchi Teplovideniye tizimi rivojlandi. Teplovizor, asosan, qabul qiluvchi kamera va tasvirlarni koʻrsatuvchi indikator qurilmalardan iborat.

Keyinchalik yaratilgan teplovizorlarda maxsus usul bilan sovitiladigan fotopriyomniklar hamda piroelektrik qabul kilgichlar keng ishlatiladi. Bunday teplovizorlar toʻlqin uz. Xq5—6 mkm boʻlgan nurlarni oson qabul qila oladi. Ular inson tanasining ayrim joylari haroratini 0,1° aniqlikda sezadi. Bu esa rak kasalliklarini va qon aylanish tizimida mavjud boʻlgan buzilishlarni oldindan aytib berishga imkon beradi. Gammarentgen, ultratovush, elektromagnit toʻlqinlardan foydalanib ishlaydigan usuli — introskopiya keng qoʻllaniladi.

Teplovideniye qurilmalari kosmonavtika, tibbiyot, qurilish, qx., geologiya, navigatsiya, defektoskopiya, harbiy ish va b. sohalarda qoʻllanadi.

Malumotlar
TEPLOVIDENIE