TASHBIH

TASHBIH

TASHBIH (arab. — oʻxshatish) — sheʼriy sanʼatning biri, soʻzlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa, hodisa yoki xususiyatni ular oʻrtasida mavjud boʻlgan biror oʻxshashlik, umumiylik nuqtayi nazaridan qiyoslash. T. 4 qismdan — mushabbah (oʻxshatilgan narsa), mushabbahunbeh (oʻxshatayotgan narsa), adoti tashbih (oʻxshatish vositalari), vajhi tashbih (oʻxshatish sababi) dan iborat. Mas., «Alisher shijoatda arelondek edi» jumlasida Alisher — mushabbah, arelon — mushabbahunbeh, dek — adoti Tashbih, shijoat — vajhi Tashbih dir. Oʻxshatilayotgan narsa yoki hodisalarning bir-biri bilan kay darajada moye tushishiga qarab tashbihi tom (toʻliq Tashbih) va toʻliq boʻlmagan Tashbihga boʻlinadi. Tashbih tuzilishi va xususiyatlariga koʻra tashbihi sarih (ochiq oʻxshatish), T. i mashrut (shartli oʻxshatish), T. i tafzil (chekinish yoʻli bilan oʻxshatish), T. i aks (teskari oʻxshatish), T. i tasviya (barobar oʻxshatish), T. i musalsal (ketma-ket oʻxshatish), T. i kinoyat (kinoya yoʻli bilan oʻxshatish), T. i moʻkad (taʼkid yoʻli bilan oʻxshatish), T. i muzmar kabi koʻrinishlarga ega.

Ensiklopediya.uz
TASHBIH