Tarix dars konspektlar

Tarix dars konspektlar

Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.

Jahon tarixi 7-sinf

Dars jihozi: darslik, mavzuga oid xarita, doska, bo’r, daftar, tarqatma materiallar.

Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.

Yangi mavzu: Kichik ma’ruza.

O’rta asrlar tarixi ikki yirik davrga bo’linadi. Birinchi davr milodiy V asr oxiridan — XI asr o’rtalariga qadar davom etadi. Bu davrda yangi feodal jamiyatga o’tildi. Yer egaligining yangi turlari—feodallar va qaram dehqonlar toifalari shakllandi. G’arbiy Yevropada yangi diniy ta’limot—xristian dini keng tarqaldi. Sharqda esa islom dini vujudga keldi, yirik feodal davlatlar paydo bo’ldi.

Ikkinchi davr XI asrning o’rtalaridan—XV asr oxiriga qadar davom etdi. Yer egaligi ishlab chiqarish munosabatlari yuksaldi, o’z-o’zini ta’minlovchi—natural xo’jalikdan, bozor uchun mahsulot yetishtiruvchi xo’jalikka o’tildi, o’rta asrlarda shaharlarning va hunarmandchilik sexlari taraqqiy topdi, Yevropa shaharlari senorlar hukmronligidan ozod bo’ldi, erkin shaharlar, shahar respublikalar va yirik markazlashgan davlatlar shakllandi. Markaziy hokimiyatning obro`-e’tibori o’sib bordi, toifaviy hokimiyat organlari—parlament, General shtatlar shakllandi.

O’rta asrlar tarixiga oid manbalar ikki asosiy turga bo’linadi. Bular yozma va moddiy manbalardir. Yozma manbalarga tarixiy yilnomalar va solnomalar, rasmiy hujjatlar, imperator, qirol va sulqonlarning farmonlari kiradi. Moddiy manbalarga inson qo’li bilan yaratilgan barcha narsalar kiradi.

1,5 stavka ishlashning qonuniy tartibi qanday? Javobini biling!

Saytdagi audio, video va xujjat ko’rinishdagi ma’lumotlar o’z egalariga tegishli. Barcha fayllar va suratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan. Ular o’z mualliflik huquqlarini saqlab qolgandirlar. Ma’lumotlar faqat tanishish maqsadida blogga qo’yilgan. Iltimos, mualliflarning mehnatini hurmat qilaylik. Agar siz saytimdagi qaysidir ma’lumotni egasi bo’lsangiz va sizning ma’lumotingiz saytimda qo’yilishini istamasangiz, iltimos darhol menga murojaat qiling: @sadikovuz (telegram) yoki uzbeknasim@yahoo.com.

Разработки уроков, dars ishlanmalari, тесты, testlar, maqollar, пословицы, стихи, sherlar, презентации, taqdimotlar, рефераты, referatlar, дошкольные материалы, maktabgacha ta’lim, интересное детям, bolalarga qiziqarli ma’lumotlar, топ факты, top faktlar, психологические тесты, psixologik testlar, блок тесты, blok testlar, гранты, grantlar

Telegram: @sadikovuz

Jahon tarixi, Milodiy V asr oxiridan-XV asr oxirigacha, 7 sinf, Salimov T.O‘., Sultonov F.E., 2017

Jahon tarixi, Milodiy V asr oxiridan-XV asr oxirigacha, 7 sinf, Salimov T.O‘., Sultonov F.E., 2017.

Учебник по истории для 7 класса на узбекском языке.

Siz 6-sinfda «Jahon tarixi»ning qadimgi davrini o‘rgandingiz. Qadimgi davrda odamlar qanday yashagani, Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rim davlatlarining ravnaqi va inqirozlari haqida bilib oldingiz.
7-sinfda esa o‘rta asrlar davri tarixini o‘qib-o‘rganasiz. Bu davr jahon tarixining milodiy V asr oxiridan – XV asrning oxirigacha bo‘lgan davrini, ya’ni qadimgi zamon bilan yangi zamon o‘rtasidagi 10 asrni qamraydi.

FRANKLAR. FRANKLAR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI.
Frànk qàbilàlàri. Buyuk ko‘chishlar boshlanishiga qadar german qabilalariga mansub franklar Reyn daryosi quyi oqimidagi hududlarda yashaganlar. Ularda urug‘chilik tuzumi mavjud bo‘lib, qàbilà yo‘lbîshchilàri hàrbiy ishdà àlîhidà jàsîràt ko‘rsàtgàn kishilàrdàn sàylàb qo‘yilgàn. Rim-gallar bilan yaqin qo‘shnichilik munosabatlarida bo‘lgan franklarning tashqi ko‘rinishi ham boshqa german qabilalaridan ancha farqlangan. Franklar gotlar va langobardlar kabi hayvon terisidan emas, matodan kiyim-bosh kiyishgan va soch-soqollarini olib yurishgan. Franklarda faqat qirol oilasiga mansub kishilargina uzun soch bilan yurishlari mumkin bo‘lgan.

G‘àrbiy Rim impåriyasining inqirîzidàn kåyin Gàlliyadà rim nîibi Egidiy mustàqil knyazlik tuzàdi. Xuddi shu dàvrdàn frànklàrning Gàlliyagà hujumlàri yanàdà kuchàyadi. Ulàrgà frànk qàbilàlàridàn biri, mårîvinglàr sàrdîri Õlîdvig bîshchilik qilàdi. Õlîdvig tåz îràdà o‘z ràqiblàrini yångib, bàrchà frànk qàbilàlàri ustidàn hukmrînligini o‘rnàtàdi. 486-yilda Õlîdvig frànklàr dàvlàtigà àsîs sîlàdi.

MUNDARIJA.
Muàlliflardàn.
Kirish.
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI.
1-§. German qabilalari va Rim imperiyasi.
2-§. Franklar. Franklar davlatining tashkil topishi.
3-§. Franklar imperiyasi.
4-§. Britaniyadan Angliyaga.
5-§. Muqaddas Rim imperiyasi.
6-§. Vizantiya: G‘arb va Sharq orasida.
7-§. Slavyanlar va ularda davlatlarning tashkil topishi.
8-§. Sharqiy slavyanlar. Kiyev Rusi.
9-§. Yevropa xalqlari madaniyati.
II BOB. ILK O‘RTA ASRLARDA OSIYO.
10-§. Arabiston ilk o‘rta asrlar boshida.
11-§. Arab xalifaligi.
12-§. Hindiston.
13-§. Xitoy (IV–X asrlarda).
14-§. Osiyo mamlakatlari madaniyati.
III BOB. JAHON XALQLARI O‘RTA ASRLARNING RIVOJLANGAN DAVRIDA (XI–XV ASRLAR).
15-§. Yevropada o‘rta asr shaharlari.
16-§. O‘rta asrlarda tovar ishlab chiqarishning yuksalishi. Bozor va yarmarkalar.
17-§. Osiyo mamlakatlarining o‘rta asr shaharlari.
18-§. O‘rta asrlarda xristianlik.
19-§. Salib yurishlari.
20-§. Dastlabki salib yurishlari.
21-§. Keyingi salib yurishlari.
IV BOB. YEVROPADA MARKAZLASHGAN DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI.
22-§. Fransiyada markazlashgan davlatning tashkil topishi.
23-§. General shtatlar.
24-§. Yuz yillik urushning boshlanishi va uning dastlabki davri.
25-§. Fransiyada mutlaq monarxiya.
26-§. Angliyada markazlashgan davlatning tashkil topishi.
27-§. Angliya o‘rta asrlar so‘ngida.
28-§. Germaniya.
29-§. Rus knyazliklari.
30-§. Ruslarning bosqinchilarga qarshi kurashi.
31-§. Rus knyazliklarida markazlashish jarayonlari.
32-§. Yevropa madaniyati.
33-§. Yevropada me’morchilik, san’at va adabiyot.
V BOB. OSIYO, AMERIKA VA AFRIKA XALQLARI.
34-§. Saljuqiylar davlati.
35-§. Usmonli turklar davlati.
36-§. Mo‘g‘ullar davlati.
37-§. Oltin O‘rda xonligi.
38-§. Xitoy.
39-§. Yaponiya.
40-§. Koreya.
41-§. Hindiston.
42-§. Amerika o‘rta asrlarda.
43-§. Afrika xalqlari o‘rta asrlarda.
44-§. Osiyo, Amerika va Afrika xalqlari madaniyati.
Muhim taixiy sanalar.

Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Jahon tarixi, Milodiy V asr oxiridan-XV asr oxirigacha, 7 sinf, Salimov T.O‘., Sultonov F.E., 2017 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу

Qiziqarli malumotlar
Tarix dars konspektlar