Tarbiya haqida kitoblar

Tarbiya haqida kitoblar

O` rnak k o` rsatish

KITOBXONLIK VA MUTOLAA MADANIYATI muammolar yechimi o‘z qo‘limizda

Ayni kunda kitob mutolaasi kerakmi, yo‘qmi, degan savolni qo‘yish xuddi tashna odamga suv ichasanmi, degan savolni berishga o‘xshaydi. Zero, o‘qish, ilm olishga intilish azal-azaldan xalqimiz fitratida mavjud. Davrlar evrilishi g‘alati, bizlar kitob o‘qishga mukkasidan ketgan 70-yillarda, ota-onalarimiz “Ko‘p kitob o‘qima, miyang suyulib ketadi”, deb tanbeh berishardi. Bugungi yoshlarga kitob o‘qishni gapirsang, ensasi qotadi. Ammo biz bu o‘rinda yoshlarni mutlaqo ayblamoqchi emasmiz, agar jamiyatda bilim-ma’rifat, adabiyot qadr-qimmat topsa, albatta, aziz bolalarimiz kitobga qaytishlariga ishonaman. Bugun kitoblarni chop etish, ularni tarqatish tizimini takomillashtirish va eng muhimi, kitob chiqarish va kitobxonlikning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotganidan quvonishimiz kerak.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ta’bir joiz bo‘lsa, hayotimiz, tafakkurimiz va ma’naviyatimizda g‘oyat ulkan voqea bo‘ldi. Ushbu sa’y-harakat milliy adabiyotimiz va ma’naviyatimiz ravnaqida katta siljishlarning debochasi bo‘lishiga astoydil ishonib turibmiz. Ayniqsa, bu o‘rinda xorij tajribasini o‘rganish, yoshlar o‘rtasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani o‘stirishga xizmat qiladigan kitoblarga talabni o‘rganish kabi masalalarning ko‘tarilgani g‘oyatda tahsinga loyiqdir.

Darhaqiqat, har bir inson dunyoga kelar ekan, atrof-muhitga, o‘zi o‘sib-ulg‘aygan jamiyatga tafakkur nigohi bilan boqib, undan ibrat oladi, xulosalar, fikr-tushunchalar bilan boyiydi va shularga tayangan holda inson bo‘lib shakllanadi. Chinakam badiiy adabiyot ana shu fikru xulosalarni benihoya go‘zal bir tarzda ifoda etadi, eng ta’sirchan, unutilmas voqealar vositasida teranlashtiradi, mustahkamlaydi. Bir so‘z bilan aytganda, adabiyot odam bolasida chin insoniy fazilatlarni shakllantiradi. Unutmasligimiz kerakki, shaxsiyati mazkur mezon va fazilatlardan mosuvo kimsa halol va yaxshi ishchi yoki xizmatchi tugul, tom ma’nodagi inson ham bo‘la olmaydi. Fuqarolarida ushbu mezon va fazilatlar shakllanmagan jamiyatda esa sof ma’naviy-iqtisodiy taraqqiyotning bo‘lishi mumkin emas. Bunday jamiyatni bir-birini aldovchi, talovchi, bir-birining haqini yeyishdan qo‘rqmaydigan beshafqat olomon, desak, sira-sira xato qilmaymiz.

Achchiq bir haqiqatni tan olaylik, ayni paytda ko‘pchilik mutolaa qilishga ajratiladigan vaqtini bemaza qovunning urug‘iday ko‘payib ketgan seriallarga, ko‘ngilochar gazetalar, ularda bosilayotgan oldi-qochdi, badiiylikdan ming chaqirim yiroq “hikoya”larga sarflamoqda. Ular milliy va jahon mumtoz adabiyotiga mansub asarlarnigina emas, umuman har qanday kitobni agar u andak o‘yga toldiradigan, tafakkurga chorlaydigan jiddiyroq bo‘lsa, o‘qishni xohlashmayapti.

Yana bir gap, bugungi kunda biz farzandlarimiz kitobdan uzoqlashib borayapti, degan gapga yopishib olib, bunda darrov zamonaviy texnika va texnologiyalarni, internetni ayblashga tushamiz. Holbuki, globallashayotgan dunyoda butun insoniyat texnikadan unumli foydalanmoqda, lekin ular kitoblarni, ayniqsa, mumtoz adabiyotni aslo chetga surib qo‘yishayoganlari yo‘q. Kitobxonlik darajasi borasida jahon mamlakatlari reytinglarini ko‘rib chiqib, bunga ishonch hosil qilasiz. Xorijda ushbu muammoni hal qilish yo‘llari avvalgidan qizg‘inroq, jiddiyroq yo‘sinda olib borilmoqda. Turli anjumanlar, muhokamalar, adiblar bilan uchrashuvlar, kitob bayramlari sifati ortib bormoqda. O‘rta maktablar dasturiga mutolaa bo‘yicha maxsus darslar kiritilmoqda. Bu darslarda o‘quvchilarda kitobga muhabbat, matnni tushunib, to‘g‘ri talqin qilish, eslab qolish ko‘nikma va malakalari shakllantirilmoqda. Buning natijasida AQSh, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya, Finlyandiya mamlakatlarida kitobxonlar soni ancha ko‘paygan.

Bugun kitob do‘konlarimizda, axborot resurs markazlaridagi kitoblar orasida durdona milliy yodgorliklarimizdan – “Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘otit turk”, “Temur tuzuklari”, “Xamsa”, “Boburnoma” singari asarlarni uchratish amrimahol. Zamonaviy, iste’dodli shoirlarimizning she’riy kitoblari ham sotuvlarda deyarli yo‘q hisobi. Alisher Navoiyning yigirma jilddan iborat asarlari ma’lum bir tirajlarda bosilib chiqdi. Ammo nazarimizda bular kam, chunki Navoiy nafaqat maktab va institut kutubxonalari, balki har bir o‘zbek xonadonida bo‘lishi zarur. Navoiyni qo‘ya turing, hatto Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani har yuzta o‘quvchidan bir yoki ikkitasiga to‘g‘ri kelayotganiga nima deysiz?! Qodiriyning eng mashhur asari shunchalik kam tirajda bosilayotgan ekan, boshqalar haqida gapirmay qo‘ya qolaylik.

Kitob savdosi va narxi eng og‘riqli nuqtamizga aylangan, desam aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Ammo kitob kartoshka yoki piyoz emas, kitob bu kitob. Uni bir kunda yoki bir oyda sotib, ayniqsa, undan tezda foyda ko‘rib bo‘lmaydi. Kitoblar taqchilligi borasida gap ketganda avvalo narx muammosiga duch kelamiz. Ochig‘i, bizda kitoblar qimmat, qolaversa, hammasi kelishilgan narxlarda. Toshkentda o‘n ming so‘m turgan kitob Buxoro yoki Surxondaryoda ikki-uch baravar qimmat sotilyapti. Bu ham kitobxonlarnng shashtini ancha pasaytiradi, kitob narxi siyosatida ko‘plab chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Bundan kelib chiqadigan xulosa, demak, kitoblar mazmunan yuksak saviyada, sifatli, arzon hamda qat’iy narxlarda bo‘lishi kerak.

Hozir televizor va matbuotda chiqish qilayotgan ko‘pgina noshirlar, mutaxassislar bu borada aniq takliflar berishga ojizlik qilishyapti. Bizningcha, buning yechimi bor, bu ham bo‘lsa, adabiy doirada e’tirof etilgan, mutaxassislar tavsiya etgan kitoblarni yirik tirajlarda chop etish. Takror bo‘lsa-da aytamizki, muallif, kitob va kitobxon o‘rtasidagi uzilishni tiklash uchun bosilayotgan kitoblarning adadini qo‘rqmasdan oshirgan holda kitob bahosini tubdan arzonlashtirish lozim. Bunday kitoblar do‘konlarda uzoq vaqt turib qolmaydi. Qolaversa, kitob mualliflari bo‘lgan zahmatkash ijodkorlar ham mehnatiga yarasha qalam haqi, ya’ni rag‘bat oladi. Moddiy va ma’naviy rag‘bat esa ularni yanada yaxshi asarlar yozishga, kerak bo‘lsa, o‘z asarlari bilan dunyo adabiyotiga chiqishga undashi turgan gap.

Xullas, kitob chiqarish va sotish borasida murakkabliklar va chalkashliklar juda ko‘p. Oddiygina misol, bir ijodkor tanishimiz o‘tgan yili nufuzli nashriyotda o‘z hisobidan kitob chiqardi. Nashriyot kitoblarni chiqarib berishga berdi-yu, ammo muallif bir necha yillar mehnat qilib yozgan kitobini endilikda kimga, qaerda sotishni bilolmay hayron. Albatta, muallif bir necha kitob do‘konlariga ham murojaat qildi, lekin kitob do‘konlari ham jismoniy shaxsdan kitob olishni ma’qul ko‘rmadi, shekilli, sotib olishni istashmadi. To‘g‘risi, bunday misollarni juda ko‘plab keltirish mumkin. Shu o‘rinda aniq taklif shuki, respublika bo‘yicha kitob savdosi bilan shug‘ullanadigan, shuning uvol-savobiga javob beradigan muassasa bo‘lishi lozim.

Bizda hozir ta’lim tizimida o‘n mingdan ziyod maktab, 1800 ta kollej, 60 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari bor. Xo‘sh, bugun Xalq ta’lim vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, ularning joylardagi boshqarmalari tomonidan insonni tafakkurga chorlaydigan birorta nasriy yoki she’riy kitobga o‘n ming yoki yigirma ming nusxada buyurtma tushayaptimi? Holbuki, nashr etilayotgan kitoblardan o‘n mingtasini Xalq ta’limi tizimi olganda ham har bitta maktabga atigi bittadan kitob to‘g‘ri keladi.

Shu o‘rinda kitoblar saviyasi va albatta, mualliflar masalasiga ham to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Bugun axborotlar oqimi nihoyatda katta, cheksiz. O‘quvchi shu axborotlar orasidan eng saralarini, o‘ziga ma’qulini, muhimini tanlab, saralab olib o‘qishi kerak. Buning uchun eng yaxshi asarlar yuzasidan xolis ilmiy munozaralar, amaliy mashg‘ulotlar olib borilishi maqsadga muvofiq. Yaxshi kitoblarning televidenie, OAVdagi targ‘ibot va taqdimotlari ham ayniqsa, katta samara beradi. Albatta, qaysi asarni o‘qish har kimning shaxsiy ishi. Birovni zo‘rlab bunga qiziqtirib bo‘lmaydi. Lekin afsuski, bugun iste’dodli shoir yoki adib kitobini chiqarolmay, chiqargan taqdirda ham sotolmay o‘tirgan bir paytda adabiyotga mutlaqo aloqasi yo‘q kimsalar badiiyatdan yiroq, hatto insoniy odob-axloqqa zid bo‘lgan jild-jild kitoblarni chop etib, do‘konlaru maktab va kollej o‘quvchilarini o‘z “ijod”laridan bahramand etishmoqda. Ko‘plab xususiy nashriyotlar kitobning nonday aziz va pokligiga putur yetkazib, maza-matrasiz, imloviy xatolar g‘ij-bij kitoblarni chiqarish ishiga o‘z “hissa”larini qo‘shishmoqda. Alal-oqibatda bu bir jihatdan zukko yoshlarni kitobdan bezdirib qo‘ysa, ikkinchidan odamlarning tarbiyasiga, ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunga esa aslo loqayd qarab bo‘lmaydi. Bizningcha, umuman, ta’lim maskanlaridagi kutubxonalarga badiiy adabiyot niqobi ostida soxta va sayoz narsalarni turli yo‘llar bilan kirib kelishiga zinhor yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Nazarimizda, kitobga, kitob mutolaasiga munosabatni tubdan o‘zgartirish uchun avvalo, ziyoli o‘qituvchilarga suyanishimiz kerak. Ya’ni kitob targ‘ibotchilari qanchalik bilimli, ziyoli bo‘lsa, shuncha ijobiy natijaga erishish mumkin. Aytish kerakki, kitob chiqarish va sotish bu cho‘ntakni qappaytirish yoki biznes qilish emas. Kitoblar qaysi janr yoki mavzuda bo‘lishidan qat’i nazar, u ma’naviyat quroli ekanini mas’uliyat bilan to‘la-to‘kis anglashimiz lozim. Iqtisodiy zararni hamma vaqt to‘ldirish mumkin, lekin ma’naviy ziyonni qoplab bo‘lmaydi. So‘zning, adabiyotning qadrini qanchalik yuksak ko‘tarsak, madaniyatimiz, ma’naviyatimiz shunchalik yuksaladi. Mana shunda chalasovodlikdan xalos bo‘lamiz, mana shunda bolalarimiz jinoyatchilik, turli bema’ni oqimlar ko‘chasidan ming chaqirim uzoqda bo‘ladi. O‘zining kimligini, o‘zligini bilgan inson ota-ona, ona Vatan, vatanparvarlik degan muqaddas qadriyatlarning tub mohiyatini anglashga qodir bo‘ladi.

Kitob tafakkur qanotidir, degan edi alloma adibimiz Oybek. Biz bugun yangi davrga qadam qo‘ydik. Dunyo yana ilmga, tafakkur — intellektga intilmoqda. Zero, insoniyat uchun faqat va faqat tafakkurgina najot bo‘la oladi. Chindan ham ulug‘ va mo‘’tabar kitoblar insoniylik, halollik, shafqat va imon urug‘larini qalbimizga ekadi. Bizni olamshumul kashfiyotlar, buyuk bunyodkorliklar sari da’vat etadi. Mushkul onlarimizda bizga hammaslak va do‘st bo‘lib to‘g‘ri va oqil yo‘lni ko‘rsatadi. Shu boisdan hayotimizda “o‘qimishli inson” degan ibora boshqacha jaranglaydi.

Olim, ziyoli insonlarni izzat-hurmat yuzasidan uyimizning to‘riga o‘tkazsak, bilimsiz kishidan biror xatolik o‘tganda “ha, endi, kitob ko‘rmagan bir bechora-da”, deya aybini kechirib yuboramiz. Dunyo bizga havas bilan boqadigan o‘qimishli va kitobxon mamlakat bo‘lishimiz uchun kitoblar shunchaki javon bezagi emas, balki ko‘nglimizning bebaho mulkiga aylanishi kerak. Shundagina farzandlarimiz qalbiga ezgu g‘oyalarni singdirib, ularni komil inson qilib tarbiyalashimiz mumkin.

Abdumajid AZIMOV,

Adiba UMIROVA

“Hurriyat” muxbirlari

Tarbiya haqida kitoblar

1. Tarbiya usullari haqida tushuncha.

2. Ijtimoiy ongni shakllantirish usullari.

3. Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish usullari.

4. O’z – o’zini tarbiyalash usullari.

5. Rag’batlantirish va jazolash usullari.

Tarbiya usuli tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyat va o’zaro ta’sir ko’rsatish usullaridir.

Nimalarni tarbiya vositasi deb hisoblash mumkin?

Tarbiya vositalari biron – bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq yo’l bilan hal qilishni tashkil etish uchun ishlatiladi. (Ko’rsatmali ko’nikmalar, kitoblar, radio,televideniye). Bundan tashqari o’quvchilar jalb qilingan faoliyat turlari kinofilmlar, san’at asarlari, o’kuvchining jonli so’zi, bolalar o’yini, sport, badiiy havaskorlik to’garaklari va boshqa faoliyat turlari tarbiya vositalari bo’lishi mumkin.

Tarbiya vositalari tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun o’qituvchi – tarbiyachining tarbiya tizimiga kiritilishi lozim. Masalan, maktab kutubxonasi tarbiya vositasi bo’lishi uchun o’qituvchi va kutubxonachi yozuvchilar bilan uchrashuv, o’qilgan va yangi kitoblarning muhokamasini, taqdimotini uyushtirishi lozim.

Tarbiya usullarini to’g’ri tanlashning tarbiya jarayonidagi ahamiyati qanday?

Tarbiya natijasi tarbiya jarayonining usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga bog’liq. Tarbiyachilar ta’sir etishning bola shaxsiyatiga mos usulini eng maqbul usulini tanlab olishi, uning shaxsini o’zgartirishi uchun kerakli shart – sharoit yaratishlari lozim. Tarbiya usullari har bir bolaga har qaysi bolalar jamoasiga alohida munosabatda bo’lishni nazarda tutadi.

Xalq pedagogikasi o’zbekona axloq, odob va tarbiyaning murakkab barcha qirralarini o’zida mujassamlashtiradi. Xalq pedagogikasida turli xil tarbiya usullari va vositalaridan foydalaniladi. Bu usul vositalar nihoyatda rang – barang bo’lib, ko’p tomonlari bilan ilmiy pedagogikaning shakllanishida ham o’z ta’sirini ko’rsatgan.

Xalq pedagogikasida qo’llanilgan juda xilma-xil tarbiya usullari quyidagi tarzda umumlashtirilgan.

1. Tushuntirish (maslahat berish, uzr so’rash, yaxshiliklar haqida so’zlash, o’rnak bo’lish).

2. Nasihat berish (o’git, undash, ko’ndirish, iltimos qilish, oq yo’l tilash, yaxshiliklar haqida so’zlash, rahmat aytish, duo qilish).

3. Namuna bo’lish (maslahat so’rash, o’rnak bo’lish).

4. Jazo (ta’kidlash, ta’na – gina, tanbeh berish va h.k.)

Axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab tarbiya usullari quyidagi turlarga bo’linadi:

So`z orqali ifodalash usuli

Ma’lumotlarni eshitish orqali qabul qilish

K o` rgazmalilik usuli

Badiiy san’at, grafika

Va boshqa ko`rish orqali tarbiyalash usullari

Tarbiya ma’lumotlarini amaliy m е hnat harakatlari orqali b е rish

O` rnak k o` rsatish

O`zgalar hayotini, m е hnatini, tajribasini misol qilib ko`rsatish

Amaliy, namuna usuli

Tarbiya usullarini o’rganish, tahlil qilish bu usullardan pedagogik jarayonda foydalanish ko’nikma va malakalarni egallashni osonlashtiradi. Ularni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

1) ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar, 2) faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq va tajriblarni shakllantirish usullari, 3) o’z – o’zini tarbiyalash usullari, 4) rag’batlantirish usuli va jazolash usullari.

Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar. Bu guruhga o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodni ma’naviy va siyosiy g’oyalarni shakllantirish maqsadida ularni ongi, hislari, irodasiga ta’sir ko’rsatish usullari kiradi. Bu guruh usullarining mohiyati shundan iboratki ular orqali jamiyat o’quvchilar ongiga qanday talablar qo’yayotgani yetkaziladi. Yoshlarning dunyoqarashini shakllantirish, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko’maklashishishi uchun ijtimoiy ongni shakllanti-ruvchi usullar ishlatiladi. O’quvchilarda siyosiy onglilik va ijtimoiy faolligini tarbiyalash lozim. Tushuntirish bu ijtimoiy ongni shakllan-tirishda eng muhim ishlatiladigan omildir.

Tushuntirishning vazifasi o’quvchilarni yuksak madaniyatli milliy g’ururli qilib tarbiyalashga yordam berishdan iborat.

Tushuntirishda o’quvchilarda mamlakatimiz fuqarosining o’z davlatiga nisbatan huquqlar va burchlar bilan bog’langanligi borasida ma’lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog’i, gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiyalashning roli katta.

Suhbat va hikoya. O’quvchi shaxsini g’oyaviy – axloqiy shakllantirishda o’qituvchining jonli so’zi eng ta’sirli usul hisoblanadi. Suhbat turli mavzularda uyushtirilishi mumkin. Axloqiy mavzular (kishilarning jamiyatdagi axloq mezonlari, o’zini tutish qoidalari), estetik mavzularda (tabiat go’zalligi hamda inson go’zalligi), siyosiy mavzularda (davlatning ichki va tashqi siyosati), ta’lim va bilimga oid mavzularda (koinot hayvonot dunyosi).

Suhbat davomida o’quvchilarni qalbidagi fikrlarini aytishga jasoratini uyg’otishga, o’quvchilarni fikrlashga majbur qiluvchi savollar berish juda muhimdir. Bu borada bahs va munozaralarning ahamiyati katta.

Hikoya. O’quvchilar, odatda hayotdan va boy badiiy adabiyotdan olingan aniq misol bilan to’liq hikoyalarni tinglaydilar. Ularga axloq mezonlari, tarix qoidalari, Vatanimizning tarixiy, tabiiy boyliklari, san’at haqida hiqoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot, radio, televideniye, Internet tarmoqlaridagi, gazeta va jurnallardagi maqolalar ham qimmatli material bo’ladi. Suhbat ham, hikoya ham o’kuvchilarning yoshiga mos mavzularda ular tushunadigan so’zlar orqali ravon va jonli o’tkazilishi kerak.

Namuna. O’quvchilar o’z atrofidagi kishilarda hamma yaqin axloqiy sifatlarni ko’rishlari va namuna olishlari nihoyatda muhimdir. O’qituvchining shaxsan o’zi namuna bo’lishi ayniqsa yoshlarga katta ta’sir ko’rsatadi. Ular o’qituvchining darsida va hayotda o’zini qanday tutishini, muomala qilishini, o’z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar. O’quvchilar o’zlariga yaqin kishilarning xulq atvoriga taqlid qiladilar. Xulq atvor bolalarda yaxshi sifatlarning, ba’zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun o’qituvchi va ota – onalar har qanday holatda ham o’zlarini tuta bilishlari kerak. Maktablarda ishlab chiqarish ilg’orlari bilan uchrashuvlar o’tkaziladi. Bolalar o’z ota – onalarining ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlari bilan faxrlanadilar. Ularga taqlid qilishga intiladilar. Namuna xalq pedagogikasida ham keng foydalanilgan. Ota – bobolarimiz o’z farzandlarini hamisha yaxshilardan, donolardan, ulug’ kishilardan ibrat olishga da’vat qilib kelganlar. Masalan, «Qush inida ko’rganini qiladi», «Onasini ko’rib qizini so’ra», «Axloqni axloqsizdan o’rgan», «Bola oldida birovlarning g’iybatini qilma, bolang g’iybatchi bo’ladi». Shu oddiy iboralar ostida qancha fikrlar jamlanib yotganligining guvohi bo’lamiz.

Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish usullari. Bola rivojlanishining o’zligini bilishning asosiy omili bu faoliyatdir. Faoliyat nuqtai nazaridan yondoshilgan qoida maktab hayotining hamma jabhalarida ta’lim – tarbiya jarayonlariga singib ketadi. Faoliyat o’quvchilar bilimlarini mustaqil egallashga undaydi, ularni qay ixtisosga moyilliklarini aniqlashga ijodiy faoliyat tajribasini hissiy qadriyat munosabatlarini o’zlashtirishlariga yordam beradi. O’quvchilarni birinchi sinfdan boshlab imkoniyat darajasidagi foydali mehnat bilan shug’ullanishlariga erishish lozim. Bunday mehnat ko’pchilik jamoa bo’lib bajarilganida yaxshi natija beradi.

Mashq va o’rgatish usullari. Bolalar faoliyatini oqilona maqsadga muvofiq ravishda va har tomonlama tashkil qilish mumkin. Mashq- bolalarni axloq mezonlari va xulq- atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. O’quvchilar odatlarni yaqinlaridan meros qilib olmaydilar, balki ular bilan muntazam muloqotlari tufayli taqlid qilish tarbiya orqali hosil qilinadi. Oxir oqibatda odat ehtiyojga aylanadi.

Mashq – muayyan hatti- harkatlarni ko’p marotaba takrorlashni o’z ichiga oladi. Mashq natijasida ko’nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi. Mashq va odatlantirish o’quvchi uchun ongli ijodiy jarayondir.

O’rgatish. Ijodiy xulq- atvorning odatiy shakliga aylantirish maqsadida o’quvchilarning bajarishlari uchun rejali izchil tarzda tashkil qilinadigan turli harakatlar amaliyot ishlaridir. O’rgatish bir necha izchil harakatlar yig’indisidir. O’qituvchi bu harakatlarni ko’rsatib berishi, tushuntirishi lozim. Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xillari mavjud. Faoliyatda mashq qilish mehnat ijtimoiy faoliyat, jamoadagi faoliyat, o’zaro munosabat odatlarini tarbiyalashga qaratilgan. Kun tartibi mashqlari maktabda, oilada o’rnatiladigan kun tartibiga amal qilish, shu bilan bog’liq o’z istak va harakatlarini boshqarish va bo’sh vaqtdan to’g’ri foydalanish odatiga o’rgatadi.

Topshiriq. O’quvchilarning mehnat topshiriqlarini jamoa bo’lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Pedagogik talab – bu usul tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Talab – bu o’quvchining turli vazifalarni bajarishi; ijtimoiy xulq atvor mezonlarini ifodalashi; u yoki bu faoliyatla qatnashib bajarilishi zarur bo’lgan aniq bir vazifa sifatida namoyon bo’lishi; u yoki bu haraktda rag’batlantiruvchi yoki uni to’xtatuvchi bo’lishi; oqilona harakatlarga undovchi bo’lishi mumkin [1] .

O’z – o’zini tarbiyalash usullari. O’quvchida o’z – o’zini tarbiyalashga, ya’ni o’z ustida ongli batartib ishlashga ehtiyoj paydo bo’lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblasa bo’ladi. O’z – o’zini tarbiyalash o’quvchilarning o’zini – o’zi idora qilishi organlari faoliyatida qatnashishlari, ularning ijtimoiy faollik mavqeini shakllantirishning ta’sirchan vositasidir. O’quvchilar o’qishda, tarbiyada, dam olishda o’z -o’zini tarbiyalash usullaridan foydalanadilar, o’z-o’zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydilar. O’z – o’zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bo’lganda, u o’zini shaxs deb anglay boshlagach, amaliy ishlarga mustaqillik ko’rsata boshlagan vaqtda paydo bo’ladi.

O’z – o’zini tahlil qilish- o’ z shaxsini, fazilatlarini tahlil qilishga xatti – harakatlari haqida o’ylashga o’rgatadi. O’z – o’zini nazorat qilish uchun o’quvchi o’zining yurish -turishi, intizomi, ijobiy odatlarining ortib borishi va aksincha salbiy odatlarining kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi.

O’z- o’zini baholash- o’quvchining qobiyalitini o’z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordam beradi. O’z – o’zini baholash o’zining imkoniyatlarini hisob – kitob qilish, baholash, chetdan turib xolisona baho berish, o’zidan qoniqish hosil qilishda yordam

Tarbiyada rag’batlantirish usulidan qanday foydalaniladi, uning qanday turlari va ahamiyati bor? degan savol ko’pchilikni qiziqtirsa kerak. O’quvchi bolalarning har biri o’sib kamol topib borayotganidan xursand bo’layotganini sezish kerak. Faqat shundagina bola o’zining olg’a siljib borayotganini ko’ra biladi. Bunga erishish uchun rag’batlantirish usulidan foydalaniladi. Rag’batlantirish bolaga ishonishga, unga bo’lgan ijobiy qobiliyat va fazilatlarning kuchini e’tirof etishga asoslangan. Rag’batlantirish o’quvchining ko’nglini oladi, uni quvontiradi, yanada yaxshiroq bo’lishga undaydi.

Rag’batlantirishning quyidagi turlari mavjud.

O’quvchining kuchi yetadigan mas’uliyatli topshiriq berish orqali bolaga ishonch bildirish; Maqtash: (ota – ona, jamoa oldida); Esdalik sovg’a berish; Maqtov yorlig’i berish; Stipendiya bilan taqdirlash; teleko’rsatuvlarda maqtash; Hurmat taxtasiga rasmini qo’yish; Qo’llab-quvvatlash; Ma’muriyat va jamoaning minnnatdorchiligi; Musobaqalarda bayroq ko’tartirish; Gazetada e’lon qilish ; Televideniyeda ko’rsatuv uyushtirish; Rag’batlantirish pedagogik talab asosida bo’lishi lozim. Tarbiyalovchi oshirib maqtashi, boshqa o’quvchi- yoshlarga taqqoslab kesatishga yo’l qo’ymasligi, rag’batlantirishga bo’lgan talabchanligini oshirish lozim.

Pedagogikada j azolash usuli ga qanday qaraladi, uning qanday turlari qo’llaniladi degan savolning tug’ilishi tabiiy.

Ijobiy bajarilgan ishlarni ma’qullash

«Тарбия китоби»

Мазкур китоб машҳур асарлардан танланган ҳикоятлар асосида тайёрланди. Жумладан, Мавлоно Жалолиддин Румийнинг “Маснавий”, Саъдийнинг “Гулистон”, Бейдабонинг “Калила ва Димна”, Кайковуснинг “Насихатнома”, “Тўтинома” ва бошқа асарлардаги ҳикоятлар 7 дан 70 ёшгача бўлган барча китобхонларга тушунарли, содда услубда баён этилди. Ҳар хикоя сўнгида “Қиссадан ҳисса” тарзидаги хулосалар – ҳикматлар илова этилди.
Китоб Сиз азизларга мақбул ва манзур бўлишидан умидвормиз.

Муаллиф: Муҳаммадамин Тўхлиев ва Абдумурод Тилавов
Номи: «Тарбия китоби»
Нашриёт: «Yurist-media markazi»
Сана: 2017 йил
Ҳажми: 376 бет
ISBN: 978-9943-4130-0-9
Ўлчами: 70×100 1/16
Муқоваси: қаттиқ

МУНДАРИЖА
«Маснавий»дан чашмалар
«Гулистон»дан чашмалар
«Калила ва Димна»дан чашмалар
«Тўтинома»дан чашмалар
«Насиҳатнома»дан чашмалар
Турфа хикоятлар
Донишманднинг ўлими
Бировнинг айби
Ақилли элчи
Ибрат кўзи
Омад калити
Шукр қил
Ёмон маслаҳат
Беминнат нон
Илмнинг боши одоб
Искандар Зулқарнайн
Ҳақиқий олим
Ибратли жазо
Боғбон ва ниҳол
Фойдали иш
Икки ҳил бахт
Бахилнинг ёмонлиги
Синов
Чин дўст
Ҳаракатда баракат
Яхши ният
Умидсизлик офати
Илмсизлик зулмати
Бахтли одам.
Фойдали маслаҳат
Фидойилик
Мақтанчоқ ўрдак

Тарбия — буюк неъмат

Нафақат бир оила, балки ер сайёрасидаги ҳар бир мамлакатнинг гуллаб-яшнаши, ундаги яшовчи халқларнинг фароғати ҳам шак-шубҳасиз таълим ва тарбия туфайлидир.

Ҳаёт оламида, шубҳасиз, тарбия сингари инсониятга таъсирли нарса йўқдир. Шу сабабдан қадимдан машҳур донишмандлар тарбия тўғрисида қимматли фикрларни ёзиб қолдирганлар.

Ёшлар тарбияси, уларни илмли ва ҳар томонлама етук қилиб вояга етказиш барча замонларда муҳим вазифа ҳисобланган. Мутафаккирларимиз томонидан ёзиб қолдирилган бундай нодир асарлар ўсиб келаётган ёш авлодни салбий иллатлардан асраб, ахлоқан пок, ҳақиқий инсон бўлиб етишишларига ундаган.

Аждодларимиз асрлар давомида севиб мутолаа қилган “Панднома”, “Сиёсатнома”, “Қобуснома”, “Ахлоқи муҳсиний”, “Ахлоқи жалолий”, “Ахлоқи носирий”, “Қонуни ҳикмат”, “Нигористон”, “Баҳр ал-улум”, “Качкўли султоний”, “Жовидони хирад”, “Бисту се ҳикмат”, “Ҳикоёти дилписанд”, “Одоб ас-солиҳин”, “Туркий “Гулистон” ёхуд ахлоқ” сингари асарлар шулар жумласидандир. Ушбу нодир асарларда аввал ахлоқ-тарбияга оид бирор сўз ва тушунчани изоҳлаб, кейин унга ўқувчи амал қилиш учун нақлий ва ахлоқий далиллар келтиради. Умуман уларнинг мазмун-мундарижаси, уларда илгари сурилган илғор ғоялар бугунги кунда ҳам ўз аҳамиятини йўқотмаган.

Хитой донишманди Сюн-Цзи “Чақалоқлар ҳамма ерда бир хил йиғлашади. Катта бўлганларида эса турли қилиқлар қилишади. Бу – тарбиянинг оқибати”, деб ёзган эди. Олмон файласуфи Иммануил Кант ўз асарида “Инсон фақат тарбия орқали инсон бўлади, унинг қандайлиги тарбиянинг натижасидир”, деган фикрни билдиради.

Тарбия борасида Саъдий Шерозий шундай мисраларни битган:

Минбарнинг пойида турса ҳам эшак,

Тарбия юқмайди, бўлмайди одам.

Тарбия кўрмайин улғайса киши.

Эшак бўлиб қолур юзга кирса ҳам.

Тарбияга эътиборсизликнинг оқибати нималарга олиб келишини ўз вақтида Абдулла Авлоний куюниб, “Бугунги кунда жамиятимизнинг юзини қора қилувчи пасткашлар, ёмонлар, бебошлар, ўғрилар, гиёҳвандлар ва нашавандлар. кеча тарбияларига эътибор берилмаган болалардир”, деб ёзиб қолдиради.

Адабиётшунос олим Абдурауф Фитрат “Халқнинг ҳаракат қилиши, давлатманд бўлиши, бахтли бўлиб иззат-ҳурмат топиши, жаҳонгир бўлиши, заиф бўлиб хорликка тушиши, фақирлик жомасини кийиб, бахтсизлик юкини тортиб эътибордан қолиши, ўзгаларга тобе ва қул, асир бўлиши болаликдан ўз ота-оналаридан олган тарбияларига боғлиқ. Болалар ахлоқий тарбияни муҳитдан оладилар, бошқача қилиб айтганда, болалар сувга ўхшайди, сув идишнинг шаклини олганидек, болалар ҳам муҳитнинг одоб-ахлоқини қабул қиладилар”, дейди.

Алихонтўра Соғуний тарбия хусусида шундай ёзади: “Ёлғиз инсонга эмас, барча жонлик мавжудотларда таълим-тарбия таъсири кўз олдимизда кўрилиб, бунинг натижалари бутун дунёга тарқалиб турмоқда. Ўқитиш-ўргатиш буён турсин, суҳбат ўзи ҳам, суҳбатдошларга ўт билан сувдек тез ўтади. Шунинг учун ҳам ҳар кимга, суҳбат йўлдошларига қараб баҳо берилади”.

Дарҳақиқат, нафақат бир оила, балки ер сайёрасидаги ҳар бир мамлакатнинг гуллаб-яшнаши, ундаги яшовчи халқларнинг фароғати ҳам шак-шубҳасиз таълим ва тарбия туфайлидир.

Маълумки, улуғ мутафаккир Абу Али ибн Сино меросида илм ва ахлоқ уйғунлиги масаласи алоҳида ўрин тутади. Алломанинг “Тадбири манзил” рисоласида тарбия масаласи кўпроқ таҳлил этилган. Хусусан, “Тадбири манзил”да инсон тайёр шахсий сифат, одат ва кўникмалар билан туғилмаслиги қайд этилади. Бундай хусусиятлар одамнинг ижтимоий ҳаётида секин-аста шахсий ва ўзгалар тажрибаси, аввалги аждодлар анъаналари, таълим-тарбия ўзгаларнинг таъсири остида шаклланади. Шахс камолотида ижобий фазилат ва одатларни қарор топтириш қанчалик қийин ва мушкул бўлса, маънавий қиёфага ёпишиб олган салбий жиҳат ва одатлардан халос бўлиш шунчалик мураккабдир.

Аллома наздида болалар тарбиясини барвақт бошлаган маъқул: “Бола тана бўғинлари барқарор бўлган, унинг тили тўғри, равон гапириш ва қулоқлари тинглаш ва ўзгалар сўзларини қабул қилиш ҳамда ўрганилаётган нарсага (табиий) мойиллик пайтдан бошлаб уни илмлар ва ахлоқ-одоб (асослари)га ўргатиб бориш лозим”.

Юқоридагилардан шу нарса маълум бўлмоқдаки, ҳамма вақт тарбияда бутун иш нафақат ота-оналарга, балки гўзал ахлоқ ва илмий салоҳиятга эга бўлган устоз-муаллимларнинг саъй-ҳаракатига ҳам бевосита боғлиқ. Бунда ишни ташкил қилиш шаклларинигина эмас, айни пайтда, ишлашни тўғри йўлга қўйиш шартларини билиш ҳам муҳимдир.

Нодиржон АБДУЛАХАТОВ,

Ўзбекистон халқаро ислом академияси докторанти,

тарих фанлари номзоди

Qiziqarli malumotlar
Tarbiya haqida kitoblar