TARASH MASHINASI

TARASH MASHINASI

TARASH MASHINASI (toʻqimachilikda) — tolali materiallar (paxta, jun va b.) tutami (xolst)dan pilta hosil qiladigan mashina; yigirish jarayonining asosiy mashinasi. Tarash mashinasida tolalar toʻgʻrilanadi, bir-biriga parallellanadi, xaschoʻp va kalta tolalar qisman tarab tashlanadi, pilta tazga taxlanadi. Tarash mashinasi quyidagicha ishlaydi. Xolst mashinaning xolst vali Gʻ ga keltiriladi (rasmga q.) Val aylanishi natijasida xolst stol 2 ustida yozilib, silindr 3 ostidan oʻtadi va tez (450—700 aylGʻmin) aylanib turgan qabul barabani 4 ga keladi. Bunda xolst baraban ostiga oʻrnatilgan pichoqlar 5 yordamida xaschoʻplardan tozalanadi, panjara 6 orqali mashinaning ostiga tushadi. Soʻngra tolalar asosiy baraban 7 va shlyapka 9 lar orasidan oʻtib, toʻgʻrilanadi, taraladi va bir-biriga parallellanadi. Asosiy barabandan ajratuvchi baraban 10 ga oʻtgan tolalarni tez (1000—1500 aylGʻmin) tebranuvchi «eshkak» 11 urib tushiradi; natijada mahsulot yupqa qatlamli taram shakliga keladi. Taram voronka 12 ga toʻplanadi, soʻngra vallar 13 orqali oʻtib, zichlanadi va pilta shaklida taz 14 ga taxlanadi. Tazdan piltalar tayyor mahsulotlar omboriga joʻnatiladi.

Ensiklopediya.uz
TARASH MASHINASI