Talaba va mardikor

Talaba va mardikor

Talaba va mardikor

Talabalik davrida universitetimiz yonida Talaba kafesi boʻlar edi. Taomlari mazali va arzon edi. Faqat bitta tovuqli kotlet biroz qimmat boʻlardi. Stipendiya olganda tatib koʻrardik.

Eng qizzigʻi professor oʻqituvchilar, rektorat xodimlari va talabalar bitta xonada ovqatlanar edi. Koʻpincha yoningizda oʻtirgan odam qoʻshni fakultet professori yoki dekani ekanini bilmay qolar edingiz. Man uchun bu oddiy xolat boʻlgan, toki boshqa universitetda alohida xona tashkil etilganini koʻrmagunimcha. Mayli, u alohida hikoya.

Bir kuni tushlik qilgani kirsam, ikki professor-oʻqituvchi suhbatlarini eshitdim. Mavzu: Mardikorlik qilayotgan talabar uchun tizim qilib, domlalar ehtiyoji boʻlsa ular murojaat qila olishi.

Kursdoshlarimdan baʼzilar mardikorlik qilishini eshitganim uchun mavzu qizziq boʻldi. Mijoz kutib sovuqda turganidan koʻra tizimdan ish topish juda zoʻr gʻoya. Keyin domlalar uyida ishonchli odam ishlatadi va vazifalar yelgilroq boʻladi.

Ammo, suhbatdosh domlalar bu gʻoyani maʼqullashmadi. Sababi, agar biror bitta domla talaba haqqini suisteʼmol qilsa, masalan tekinga ishlatsa, domla-talaba udumiga putur yetadi. Poraxoʻrlik usuli (instrumental)ga aylanib qolishi mumkin.

Talaba uchun mardikorlik juda zoʻr ish. Hayotga orgatadi. Jismoniy mehnat qiyinroq ekanini his qilib, ilm olishga gayrati oshadi. Ertaga ishsiz qolganida ham qiynalmaydi. Yigit kishiga 40 xunar oz ekanini oʻrganadigan joy.

Oʻylab qarasam, 20 yil oldin hayot ancha sodda boʻlgan ekan. Ishingizga va kasbingizga baraka bersin.

Manba:

Boshqalar
Talaba va mardikor

Оставьте комментарий