TAHRIR

TAHRIR

TAHRIR — matbuotda bosish, radio, televideniyedan oʻqish, koʻrsatish va b. maqsadlar uchun moʻljallangan matnning tahririyat xodimi (muharrir, adabiy xodim va b.) tomonidan ishlanish jarayoni. Shartli ravishda adabiy, ilmiy, siyosiy Tahrir farqlanadi. Asarning mazmuni ustidagi Tahrir ilmiy va siyosiy Tahrir qisoblansa, qoʻlyozmaning shakli (kompozitsiyasi va uslubi) ustidagi Tahrir adabiy Tahrir hisoblanadi. Amaliyotda Tahrir — yagona ijodiy jarayon boʻlib, muallifning oʻziga xos uslubini saklagan holda mazmun va shaklda mukammallikka erishish maqsadiga qaratiladi. Nashrning badiiy bezash va bezak materiallarini tayyorlash jarayoni badiiy Tahrir, matnni matbaada kanday terish (shrift turi, oʻlchami va b.), qanday sahifalash va b. ni belgilab berish texnik T. deyiladi. Noshirlikda kitob qoʻlyozmasini tayyorlashda muharrir badiiy va texnik muharrirlar bilan birgalikda ijodiy ish olib boradi.

Ensiklopediya.uz
TAHRIR