TOʻLAGANOV Gʻani Olimovich

Ensiklopediya 1

TOʻLAGANOV Gʻani Olimovich TOʻLAGANOV Gʻani Olimovich (1935.29.5, Toshkent) — dirijyor, sozanda. Oʻzbekistonda (1984), Qoraqalpogʻistonda (1987) xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Toshkent konservatoriyasini qashqar rubobi ijrochiligi (1959) va operasimfonik dirijyorligi (1964) ixtisosliklari boʻyicha tugatgan. «Shodlik» ansamblida sozanda (1951—59), Oʻzbekiston konservatoriyasida oʻqituvchi (1959-y. dan), prof. (1999-y. dan). Samarkand opera va balet teatrida bosh dirijyor va badiiy rahbar (1964—70). … Читать далее