Tafakkurning asosiy mantiqiy shakllari tushuncha, hukm
3. Hukm predmetga ma’lum bir xossaning, munosabatning xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir.Tafakkurning asosiy mantiqiy shakllari tushuncha, hukm
DO`STLARGA ULASHING:
Tafakkurning asosiy mantiqiy shakllari: tushuncha, hukm
Reja:
1. Tushunchaning mazmuni va hajmi, ularning o‘zaro aloqasi.
2. Tushunchaning turlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar.
3. Xukm tarkibi va uning asosiy turlari.
4. Xukmlar o‘rtasidagi munosabatlar.
Qisman moslik munosabatidagi tushunchalarning hajmi qisman umumiylikka ega. Masalan:
A-Sportchi .
V-Talaba.Doiralarning shtrixlangan qismi bir vaqtningn o‘zida ham sportchi, ham talaba bo‘lganlarni bildiradi.
Bo‘ysunish munosabatida tushunchalardan birining hajmi ikkinchisining hajmiga to‘liq kirib, uni tashkil qiluvchi qism hisoblanadi. Masalan:
A-Fan.
V-Mantiq.Bu munosabatdagi tushunchalardan biri bo‘ysundiruvchi (A), ikkinchisi (V) bo‘ysinuvchi bo‘lib, ular jins-tur munosabatida bo‘ladi. Jins tushuncha predmetlarning birorta sinfini, tur tushuncha esa shu sinfga mansub predmetlarning bir guruhini yoki bittasini aks ettiradi. Mantiqda u yoki bu tushunchaning jins yoki tur ekanligi nisbiy harakterga egadir. Har bir tushuncha o‘zidan umumiyroq tushunchaga nisbatan tur, kamroq umumlashgan tushunchaga nisbatan jinsdir. Masalan, milliy g‘oya, g‘oya, fikr tushunchalari o‘rtasida quyidagi nisbat mavjud: «Foya» tushunchasi «Fikr» tushunchasiga nisbatan tur, «Milliy g‘oya» tushunchasiga nisbatan jins bo‘ladi.
Sig‘ishmaydigan tushunchalar hajmi jixatidan umumiylikka ega bo‘lmagan tushunchalar hisoblanib, bir sinfga kiruvchi har xil predmetlarni yoki predmetlar guruhini aks ettiradi. Ularning umumiyligi faqat ana shunda. Bu tushunchalar o‘rtasida ham uch xil munosabat bor: birga bo‘ysunish, qarama-qarshilik, zidlik.
Birga bo‘ysunish munosabati quyidagi tushunchalar o‘rtasida mavjuddir.
A-Fan.
V-Mantiq.
S-Fizika.
Bunda «Mantiq» va «Fizika» tushunchalari hajmlari jihatidan birgalikda «Fan» tushunchasining hajmiga bo‘ysunadi. Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalarning hajmlari bir-birini istisno qiladi. Ular predmetning (predmetlar guruhining) qarama-qarshi belgilarini aks ettiradi, ya’ni biri predmetning ma’lum bir belgisini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiluvchi boshqa belgini aks ettiradi. Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalar o‘zlari bo‘ysunadigan tushunchaning hajmini to‘liq egallay olmaydi. Masalan, «Baland bo‘yli odam» va «Past bo‘yli odam» tushunchalari «Odam» tushunchasining hajmini to‘liq qoplay olmaydi.
A-Odam A
V-Baland bo‘yli odam.
S-Past bo‘yli odam.Zidlik munosabatidagi tushunchalardan biri predmetning birorta xususiyatini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan noaniq bo‘lib qoladi. Zidlik munosabatidagi tushunchalar, qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalardan farqli o‘laroq, bo‘ysundiruvchi tushunchaning hajmini to‘liq qoplaydi. Masalan,
A A
A-Odam.
V-Baland bo‘yli odam.
S-Baland bo‘yli emas o dam.
Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash ularning mazmuni va hajmini aniqlashtirishga, ularni bog‘lab, bir fikr shaklidan boshqa fikr shakliga o‘tishga yordam beradi. Masalan «Talaba» va «A’lochi» tushunchalari o‘rtasidagi munosabatni aniqlash asosida «Ba’zi talabalar a’lochilardir» degan mulohaza shaklidagi fikrni hosil qilish mumkin
Tushunchalar bilan olib boriladigan mantiqiy amallar quyidagilardan iborat:
1. Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish.
2. Tushunchalarni bo‘lish. Klassifikatsiya (turkumlash).
3. Tushunchalarni ta’riflash. Ta’riflashga o‘xshash usullar.
4. Sinflar ustida amallar.
Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo‘ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning oddiy, tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o‘rganib, ular haqida turli abstraksiyalar hosil qilamiz. Bu abstraksiyalar hukmlar yordamida ifodalanadi. Bilimlarimiz turlicha bo‘lgani uchun, ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi hukmlarda aniq, tekshirilgan bilimlar ifodalansa, boshqalarida xususiyatning predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi.
Hukmlar nisbatan tugal fikrdir. Unda konkret predmet bilan uning konkret belgisi haqida bilim ifoda qilingan bo‘ldi.
Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko‘ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo‘ladi. Obektiv voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri ifodalagan hukmlar chin, mos kelmaganlari xato bo‘ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo‘lmaydigan hukmlar – noaniq hukmlar mavjuddir.
Hukmlar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Hukm mantiqiy kategoriya bo‘lsa, gap grammatik kategoriyadir. Hukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagina fikr tasdiq yoki inkor holda bo‘ladi.
Masalan, «Vaqt orqaga qaytmaydi», «Hayot-bu harakat» kabi gaplar hukmni ifoda qiladilar.
Oddiy hukmlar
Hukmlar tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy hukm deb tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo‘lmaydigan mulohazaga aytiladi. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq hukmni ajratish mumkin bo‘lgan mulohazalarga murakkab hukm deyiladi. Masalan, «Mantiq ilmini o‘rganish to‘g‘ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi» degan mulohaza oddiy hukmni ifodalaydi. «Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganadi», degan mulohaza murakkab humkmdir. Bu mulohazaning tarkibi ikki qismdan: «Mantiq ilmi tafakkur shakllarini o‘rganadi» va «Mantiq ilmi tafakkur qonunlarini o‘rganadi», degan ikki oddiy hukmdan iborat.
Mulohaza (hukm) tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko‘rsatish mumkin. Mantiqiy ega-subyekt (S) fikr qilinayotgan predmet va hodisani bildiradi. Mantiqiy kesim-predikat (P) predmetga xos xususiyatni, munosabatni bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga subyekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Hukmning subyekt va predikati uning terminlari deb ataladi.
Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog‘lamadir. U subyekt va predikatni bir-biri bilan bog‘laydi, natijada hukm hosil bo‘ladi. Oddiy qat’iy hukmning formulasi quyidagicha yoziladi: S-P.
Oddiy hukmlar sifati va miqdoriga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Sifatiga ko‘ra tasdiq va inkor hukmlar farqlanadi. Hukmning sifatini vantiqiy bog‘lama belgilaydi. Tasdiq hukmlarda belgining predmetga xosligi, inkor hukmlarda, aksincha, xos emasligi ko‘rsatiladi. Masalan, «A. Oripov O‘zbekiston Respublikasi Madxiyasining muallifidir»-tasdiq hukm, «Matematika ijtimoiy fan emas»-inkor hukm. Miqdoriga ko‘ra oddiy hukmlar yakka, umumiy va juz’iy hukmlarga bo‘linadi. Bunda subyektda ifodalangan predmetlarning soni, ya’ni uning hajmidan kelib chiqiladi.
Yakka hukmlarda birorta belgining predmetga xosligi yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: «O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlatdir», «Axmedov tarixchi emas».
Umumiy hukmlarda birorta belgining yakka predmetlar sinfining hammasiga yoki undagi har bir predmetga taalluqli yoki taalluqli emasligi haqida fikr bayon qilinadi. Masalan: «Har bir inson baxtli bo‘lishni hohlaydi», va «Hech bir aqlli odam vaqtini behuda sarflamaydi».
Juz’iy hukmlarda birorta belgining predmetlar to‘plamining bir qismiga xos yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: «Ba’zi faylasuflar notiqdir». «Ko‘pchilik talabalar dangasa emas». Juz’iy hukmlarda «ba’zi» so‘zi «hech bo‘lmasa bittasi, balki hammasi» degan ma’noda qo‘llaniladi. Shunga ko‘ra «Ba’zi toshlar tirik mavjudot emas», degan hukm chin bo‘ladi, chunki hech bir tosh tirik mavjudot emas.
Ma’lum ma’noda yakka hukmlarni umumiy hukmlar bilan tenglashtirish mumkin. ×unki har ikki hukmda ham to‘plamdagi predmetlarning har biriga nimadir taalluqli yoki taalluqli emas, deb ko‘rsatiladi. Yakka hukmlarda esa bu to‘plam birgina predmetdan iborat bo‘ladi.
Mulohazalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashda va ba’zi boshqa holatlarda oddiy hukmlarning miqdor va sifati bo‘yicha birlashgan klassifikatsiyasi (asosiy turlari) dan foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Umumiy tasdiq hukmlar. Ular bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hamma talabalar mantiq ilmini o‘rganadilar». Bu hukmlar lotin alifbosidagi A harfi bilan belgilanadi va «Hamma S-Pdir» formulasi orqali ifodalanadi.
2. Umumiy inkor hukmlar bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hech bir ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi». Bu hukm»Hech bir S-P emas» formulasi orqali ifodalanadi va lotincha E harfi bilan belgilanadi.
3. Juz’iy tasdiq hukmlar bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar mas’uliyatli». U lotincha I harfi bilan belgilanadi va «Ba’zi S-P dir» formulasi orqali ifodalanadi.
4. Juz’iy inkor hukm bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar sport bilan shug‘ullanmaydilar». Uning formulasi «Ba’zi S-P emas»bo‘lib, lotincha O harfi bilan belgilanadi.
Oddiy hukmlarda terminlar hajmi. Oddiy hukmlardagi terminlar (S va P) tushunchalar orqali ifodalanganligi tufayli ularning hajmiga ko‘ra o‘zaro munosabatlarini aniqlash mumkin. Hukmlarda terminlar (S va P) to‘liq yoki to‘liqsiz hajmda olingan bo‘ladi. Termin to‘liq hajmda olinganda uning hajmi boshqa terminning hajmiga to‘liq mos bo‘ladi yoki mutlaqo mos bo‘lmaydi (ularning hajmi bir-birini istisno qiladi). Termin to‘liqsiz hajmda olingan bo‘lsa, unda uning hajmi boshqasining hajmiga qisman mos keladi yoki undan qisman istisno qilinadi. Oddiy hukmlarda terminlar hajmi quyidagicha bo‘ladi:
1. A — Umumiy tasdiq hukmlarning subyekti hamma vaqt to‘liq hajmda olingan bo‘ladi. Predikati esa ba’zan to‘liq, ba’zan to‘liqsiz hajmda bo‘ladi. Masalan: «Hamma insonlar tirik mavjudotdir».
Bu hukmning subyekti – «Inson», predikati – «Tirik mavjudot» tushunchasidir, «Hamma»-umumiylik kvantori. Bu hukmning subyekti to‘liq hajmda olingan, chunki unda hamma insonlar to‘g‘risida fikr bildirilgan va bu tushuncha «tirik mavjudot» tushunchasining hajmiga to‘liq kirishadi. Uning predikati to‘liq hajmda olinmagan, chunki unda tirik mavjudotlarning bir qismi-insonlar haqida fikr yuritiladi. Buning doiraviy sxemasi quyidagicha: (1-rasm).P
S S P
1-rasm 2-rasm
Umumiy tasdiq hukmlarning ba’zilarida S ham, R ham to‘la hajmda bo‘lishi mumkin. Masalan, «Hamma musulmonlar Islom diniga e’tiqod qiladilar» (2-rasm).
2. Ye – Umumiy inkor hukmlarning subyekti ham, predikati ham to‘liq hajmda olingan bo‘ladi. Masalan, «Hech bir dindor e’tiqodsiz emas». Bu hukmda S – dindorlarni, P – e’tiqodsizlarni ifodalaydi, hech bir – umumiylik kvantoridir. Bunda har ikki terminning hajmi bir-birini istisno qiladi (3-rasm).
S P 3-rasm
3. I – Juz’iy tasdiq hukmlarning subyekti hamma vaqt to‘liqsiz hajmda olinadi, predikati esa ba’zan to‘liq, ba’zan to‘liqsiz hajmda bo‘ladi. Masalan: «Ba’zi talabalar ingliz tilini biladi». hukmning terminlari quyidagicha: S – talabalar, R – ingliz tilini biladiganlar, ba’zi – mavjudlik kvantori. Bu hukmda S ham, R ham to‘liqsiz hajmda olingan bo‘lib, har ikki terminning hajmi bir-biriga qisman mos keladi (4-rasm).
4-rasm S P
Yana bir misolni ko‘ramiz: «Ba’zi vrachlar xirurgdir». Bu hukmda S – vrachlar, R – xirurglar, ba’zi-mavjudlik kvantoridir. Hukmda subyekt to‘liq hajmda olinmagan, chunki unda ba’zi vrachlar haqida fikr bildirilgan, predikat esa to‘liq hajmda olingan, chunki xirurglarning hammasi vrachdir. Predikatning hajmi subyektning hajmiga kirgani uchun u to‘liq hajmda olingan bo‘ladi (5-rasm).
S
P
5-rasm.
4. O – Juz’iy inkor hukmlarning subyekti hamma vaqt to‘liqsiz hajmda, predikati esa to‘liq hajmda olinadi. Masalan, «Ba’zi yoshlar hunarmand emas». Bu hukmning terminlari S – yoshlar, R – hunarmand emaslar, ba’zi – mavjudlik kvantori. Hukmning subyekti to‘liq hajmda olinmagan, unda yoshlarning bir qismi haqida fikr yuritiladi, xolos. Hukmning predikati esa to‘liq hajmda olingan. Unda hunarmandlarning hammasi haqida fikr bildirilgan (6-rasm).
P
6-rasmYuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, umumiy hukmlarning subyekti hamma vaqt to‘liq hajmda, juz’iy hukmlarning subyekti to‘liqsiz hajmda olinadi. Inkor hukmlarning predikati hamma vaqt to‘liq hajmda bo‘ladi. Tasdiq hukmlarning predikati R S bo‘lgandagina to‘liq hajmda bo‘ladi, boshqa hollarda esa to‘liqsiz hajmda olinadi.
Hukmlarda terminlar hajmini aniqlash qat’iy sillogizmni to‘g‘ri tuzishda va bevosita xulosa chiqarishda muhim ahamiyatga ega.
Oddiy hukmlarda terminlar hajmini quyidagi sxema orqali yaqqol ifodalash mumkin. Bunda «+» – to‘liq hajmni, « » to‘liqsiz hajmni bildiradi.Hukm turlari
Bel-gisi Hukmning formulasi Terminlar hajmi Terminlarning munosabati
Formal mantiqda Matematik mantiqda S P
Umumiy tasdiq hukm A Hamma S-P
S a P x(S(x)P(x)) + SP
Umumiy inkor hukm Ye Hech bir S–P emas
S e P x(S(x)
+ + SP
Juz’iy tasdiq hukm I Ba’zi S–R
S i P x(S(x) P(x)) — SP
Juz’iy inkor hukm O Ba’zi S–P emas
S o R x(S(x)
— + SP
p q p q
chin
chin
xato
xato chin
xato
chin
xato chin
xato
xato
xatoAyiruvchi (dizyunktiv) xukm deb «yo», «yoki», «yohud» mantiqiy bog‘lamalari vositasida oddiy hukmlardan tashkil topgan mulohazaga aytiladi. Bu bog‘lovchilar ikki oddiy hukmni yoki bir qancha predikatlarni, yoki bir qancha subyektlarni bir-biridan ayirib turadi. Masalan: «Qodirov falsafa, yoki sotsiologiya, yoki psixologiya bo‘limida o‘qiydi». «Ikkinchi soatda yo matematika, yoki chet tili darsi bo‘ladi». Ayiruvchi bog‘lamalar «V» — dizyunksiya belgisi orqali ifodalanadi. Ayiruvchi (diz’yunktiv) hukmlar oddiy yoki qat’iy turlarga bo‘linadi. Oddiy diz’yunktiv hukm tarkibidagi oddiy hukmlardan biri yoki hammasi chin bo‘lishi mumkin, qat’iy diz’yunktiv hukmda esa tarkibidagi oddiy hukmlardan faqat bittasi chin bo‘ladi. Oddiy diz’yunktiv hukm (pq) formulasi bilan, qat’iy dizyuktiv hukm for-mulasi bilan belgilanadi. Diz’yunktiv hukmlarning chin bo‘lish shartlari quyidagicha:
p q r q p q
chin
chin
xato
xato chin
xato
chin
xato chin
chin
chin
xato chin
chin
xato
xato chin
xato
chin
xato xato
chin
chin
xato«H.H. Niyoziy shoir yoki dramaturgdir». Bu oddiy dizyunktiv hukm. «Abdullayev musobaqada yo yutadi, yutmaydi». Bu qat’iy dizyunktiv hukm.
Shartli (implikativ) hukm ikki oddiy hukmning «agar… unda» mantiqiy bog‘lamasi orqali birikishidan tashkil topadi. Shartli hukmning mohiyatini aniqlash uchun zaruriy va yetarli shart tushunchalarini farqlash zarur. Hodisaning zaruriy sharti deb, uning mavjudligini ta’minlaydigan holatga aytiladi. Agar hodisaning sharti zaruriy bo‘lmasa, hodisa ham bo‘lmaydi. Masalan: «Agar o‘simlik suvsiz qolsa, u quriydi».
Hodisa uchun yetarli bo‘lgan shart deb, har safar shu shart bo‘lganda, o‘sha hodisa kuzatiladigan holatga aytiladi. Masalan: «Agar yomg‘ir yog‘sa, unda uylarning tomi ho‘l bo‘ladi». Shartlar «yetarli, lekin zaruriy bo‘lmagan», «zaruriy lekin yetarli bo‘lmagan», «zaruriy va yetarli» bo‘lishi mumkin. Masalan: N sonining ikki va uchga bo‘linishi uning oltiga bo‘linishi uchun zaruriy va yetarli shart hisoblanadi. N sonining ikkiga bo‘linishi, uning oltiga bo‘linishi uchun zaruriy, lekin yetarli bo‘lmagan shartdir. N sonining o‘nga bo‘linishi, uning ikkiga bo‘linishi uchun yetarli, lekin zaruriy bo‘lmagan shartdir.
Shartli hukm tarkibida asos va natija qismlari farqlanadi. Shartli hukmning «Agar» va «unda» so‘zlari oralig‘idagi qismi – asos, «Unda» so‘zidan keyingi qismi – natija deb ataladi. «Agar yomg‘ir yog‘sa, unda uylarning tomi ho‘l bo‘ladi» hukmida «Yomg‘ir yog‘sa» hukmi asos, «uylarning tomi ho‘l bo‘ladi» hukmi – natija hisoblanadi.
Demak, asosda ko‘rsatilgan hodisa, natijada qayd etilgan hodisaning kelib chiqishi uchun yetarli shartni ifodalagan hukm, shartli hukm deyiladi
Shartli (implikativ) hukmlar «agar … unda» mantiqiy bog‘lamasi () belgi bilan ifodalanadi. Xozirgi zamon mantiq ilmida esa () simvoli bilan belgilanadi. Bu simvollar moddiy implikatsiya belgisi deb ataladi. Shartli hukm esa implikativ hukm deb yuritiladi. Implikativ hukmning asosi — antetsedent, natijasi-konsekvent deyiladi. Implikativ hukm antetsedent-chin, konsekvent-xato bo‘lgan holatdan boshqa hamma ko‘rinishlarda chin bo‘ladi:
p q pq
chin
chin
xato
xato chin
xato
chin
xato chin
xato
chin
chinEkvivalentlik hukmlari «agar va faqat agar … unda» mantiqiy bog‘lovchisi yordamida ikki oddiy hukmning o‘zaro bog‘lanishidan hosil bo‘ladi. Tabiiy tilda ekvivalentlik hukmi shartli hukm ko‘rinishida ifodalanadi. Bunday holatlarda shartli hukmning ekvivalent hukm ekanligini aniqlash zarur bo‘ladi. Agar shartli hukmning asosi natijada qayd etilgan fikr uchun zaruriy va yetarli shart hisoblansa, unda bu hukm ekvivalent hukm bo‘ladi. Masalan:» Agar berilgan butun son juft son bo‘lsa, unda u ikkiga qoldiqsiz bo‘linadi».
Ekvivalent hukmning mantiqiy bog‘lovchisi () simvoli, ya’ni (moddiy) ekvivalentlik belgisi bilan ifodalanadi. Ekvivalent hukmning chin bo‘lish shartlari quyidagicha:
p q pq
chin
chin
xato
xato chin
xato
chin
xato chin
xato
xato
chin4. Hukmlar (mulohazalar) o‘rtasidagi munosabatlar
Mulohazalar (hukmlar) ham tushunchalr kabi taqqoslanadigan (umumiy subyekt yoki predikatga ega bo‘lgan) va taqqoslanmaydigan turlarga bo‘linadi. Taqqoslanadigan mulohazalar sig‘ishadigan yoki sig‘ishmaydigan bo‘ladi. Mantiqda ikki mulohaza (r va q) dan birining chinligidan ikkinchisining xatoligi zaruriy kelib chiqadigan bo‘lsa, ular o‘zaro sig‘ishmaydigan mulohaza (hukm) lar deyiladi. Sig‘ishmaydigan mulohaza (hukm) lar bir vaqtda chin bo‘la olmaydi. Sig‘ishadigan mulohazalar aynan bir fikrni to‘liq yoki qisman ifodalaydi. Sig‘ishadigan mulohaza (hukm) lar o‘zaro ekvivalentlik, mantiqiy bo‘ysunish va qisman mos kelish (subkontrar) munosabatida bo‘ladi.
Sig‘ishmaydigan hukmlar qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontra-diktorlik) munosabatida bo‘ladi. Mulohaza (hukm) lar o‘rtasidagi munosa-batlarning sxematik ifodasi «mantiqiy kvadrat» deb ataladi. Mantiqiy kvadrat orqali mulohaza (hukm) lar o‘rtasidagi chinlik munosabatlari aniqlanadi.A kontrar Ye kontradiktor
b b
o‘ o‘
y y
s s
i i
n n
i i
sh sh
I subkontrar OMasalan, «Har bir jamiyat o‘z axloqiy normalariga ega». Bu A – umumiy tasdiq mulohaza (hukm). Ye, I, O ko‘rinishlarda quyidagicha ifodalanadi:
Ye. Hech bir jamiyat o‘z axloqiy normalariga ega emas.
I. Ba’zi jamiyatlar o‘z axloqiy normalariga ega.
O. Ba’zi jamiyatlar o‘z axloqiy normalariga ega emas.
Bu hukmlar taqqoslanadigan mulohaza (hukm) lar bo‘lib, ular o‘rtasida chinligiga ko‘ra o‘ziga xos munosabatlar mavjuddir.
Sig‘ishmaydigan mulohaza (hukm)lar o‘rtasida qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) munosabatlari bo‘ladi. Qarama-qarshilik munosabati mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lgan umumiy hukmlar o‘rtasida mavjud bo‘lib, bu munosabatga ko‘ra ularning har ikkisi bir vaqtda chin bo‘la olmaydi. Bu hukmlar bir vaqtda xato bo‘lishi mumkin; agar ulardan birining chinligi aniq bo‘lsa, unda boshqasi albatta xato bo‘ladi. Yuqoridagi misollardan A– mulohaza (hukm) chin, Ye – mulohaza (hukm) xato ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Zidlik munosabati mazmuni va hajmiga ko‘ra turlicha bo‘lgan mulohaza (hukm) lar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu mulohaza (hukm) larning har ikkisi bir vaqtda chin ham, xato ham bo‘lmaydi. Ulardan biri hamma vaqt chin, boshqasi esa xato bo‘ladi. Yuqoridagi misollardan A – mulohaza (hukm) chin bo‘lib, O – mulohaza (hukm) xatodir. Shuningdek, I – mulohaza (hukm) chin, Ye – mulohaza (hukm) xatodir.
Sig‘ishadigan mulohaza (hukm) lardan mazmuni bir xil, hajmi turli xil bo‘lgan hukmlar o‘zaro bo‘ysinish munosabatida bo‘ladi. Bunda umumiy mulohaza (hukm) lar bo‘ysindiruvchi, juz’iy mulohaza (hukm) lar bo‘ysinuvchi bo‘ladi. Bo‘ysunish munosabatida umumiy hukmlar chin bo‘lsa, ularga bo‘ysinuvchi juz’iy hukmlar ham chin bo‘ladi. Lekin juz’iy hukmlar chin bo‘lganda, umumiy hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi. Yuqoridagi misoldan A – mulohaza (hukm) chin bo‘lgani uchun unga bo‘ysinuvchi I – mulohaza (hukm) ham chin bo‘ladi. Agar umumiy mulohaza (hukm) lar xato bo‘lsa ularga bo‘ysinuvchi juz’iy hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi. Misolimizda Ye – mulohaza (hukm) xato bo‘lgani uchun, O – mulohaza (hukm) ham xato bo‘ladi. Ba’zi holatlarda umumiy hukmlar xato bo‘lsa, juz’iy hukmlar chin bo‘ladi.
Qisman moslik (subkontrar) munosabati mazmuni har xil bo‘lgan juz’iy hukmlar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu hukmlar bir vaqtda chin bo‘lishi mumkin, lekin har ikkisi bir vaqtda xato bo‘lmaydi. Agar ulardan birining xatoligi aniq bo‘lsa, unda boshqasi albatta chin bo‘ladi. Yuqoridagi misolimizda O – mulohaza (hukm) ning xatoligi aniq bo‘lgani uchun, I – mulohaza (hukm) chindir.
Ekvivalentlik munosabatidagi hukmlar hamma vaqt chin bo‘ladi, chunki ularda aynan bir fikr turli shaklda ifodalanadi. Masalan, «A. Oripov O‘zbekiston Respublikasi madhiyasining muallifi» va «A. Oripov – O‘zbekiston Qahramoni» mulohaza (hukm) lari o‘zaro ekvivalentdir, ya’ni ular bir xil subyektga, lekin har xil predikatga ega bo‘lgan mulohaza (hukm) lardir.
Hukmlarning chinligiga ko‘ra munosabatini ifodalovchi yuqorida ko‘rsatilgan qonuniyatlar bilishda katta ahamiyatga ega.Tayanch tushunchalar
1. Tushuncha – buyumlarning umumiy va muhim belgilarini inson ongida yaxlit aks ettiruvchi tafakkur shakli.
2. Analiz – tadqiq etiluvchi obyektni fikran tarkibiy qismlarga ajratish usuli.
3. Sintez – narsa va hodisalarni yaxlit, butun holda olib, ularning tarikibiy qismlarini o‘zaro bir-bir bilan bog‘lab tekshirish usuli.
4. Kategoriya – tushunchaning maxsus turi. Kategoriya buyumlar munosabati va bog‘lanishlarini inson ongida eng umumiy tarzda in’kos ettiradigan ilmiy tushunchadir.
5. Definitsiya – tushunchalarni ta’riflash.
6. Klassifikatsiya – tasnif, turkumlash, bu bo‘lishning eng mukammal shaklidir.
7. Subyekt – hukmning egasi. (S), hukmning birinchi tushunchasidir.
8. Predikat – hukmning kesimi (R), hukmning ikkinchi tushunchasidir.
9. Kon’yunktiv hukm – birlashtiruvchi hukmlardir.
10. Diz’yunktiv hukm – ayiruvchi hukmlar.
11. Implikativ hukm – shartli hukmlar.Takrorlash uchun savollar
1. Tushuncha qanday mantiqiy usullar yordamida hosil qilinadi?
2. Tushunchalar o‘rtasida qanday munosabatlar mavjud?
3. Tushunchalar bilan olib boriladigan qanday mantiqiy amallarni bilasiz?
4. Hukm nima va u qanday strukturaga ega?
5. A, E,I,O hukmlarda terminlar qanday hajmlarda bo‘ladi ?
6. Murakkab hukm deb nimaga aytiladi? Uning qanday turlari mavjud?
Mavzu bo‘yicha topshiriqlar va tavsiyalar
1. Tafakkurning asosiy shakllarining strukturasi va turlariga oid materi-allarni puxta o‘zlashtiring Ularning har biriga misollar keltiring.
2. Tushuncha, hukm, xulosa chiqarishning asosiy turlari va ular o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zaro aloqadorligini tushunib oling.
3. Tushuncha, xukm, xulosa chiqarishning har bir turiga misollar keltiring.
4. Xulosa chikarishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang va ilmiy induksiyaning mohiyatini tushunib oling.
hukm, Tafakkurning asosiy mantiqiy shakllari tushuncha