Tadbir senariylari to plami

Tadbir senariylari to plami

Kutubxonachilarning bir oylik ish haqi

Ssenariylar to’plami(20 dan ortiq tadbir ssenariylari)

O‘quvchilar maktab formasida. Sinfda O‘zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O‘zbekiston iqtisodiga oid plakatlar.

Salom qismi:

1) Quyoshdek shu’la sochgan,

Bilimga keng yo‘l ochgan,

Bizni erkalab quchgan

Hamma: Sizgadir ushbu kalom

2) Kunday yorug‘ darsxona

Biz farzandmiz, siz – ona

Bo‘lib bizga parvona

Hamma: Dilda ardoqli kalom

Ona maktab assalom!

3) Tanitib yurt, jahonga,

Erk bergan har insonga

Qaytdik dinu iymonga

Hamma: Dilda ardoqli kalom

Mustaqil yurt assalom!

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etiladi

1 – boshlovchi: Istiqlol quyoshi nur sochgan zamonda bolalik gashtini surayotgan biz baxtiyor avlodmiz

2 – boshlovchi: – Ha biz mustaqil O‘zbekiston farzandlarimiz

1 – boshlovchi: – Baxtimizga bugungi osuda kunlarni bergan, mustaqilligimiz tayanchi bo‘lgan Yurtboshimiz omon bo‘lsin!

2 – boshlovchi: – “O‘zbekiston – mening Vatanim!” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz!

1 – boshlovchi: – Bolalar, Vatan deganda nimani tushunasiz?

1 – o‘quvchi: – Vatan bu kindik qonimiz to‘kilgan tuproq

2 – o‘quvchi: – Vatan – bu beshigimiz, ko‘chamiz, uyimiz, turar joyimiz!

3 – o‘quvchi: – Vatan – bu muqaddas Ona tilimiz!

4 – o‘quvchi: – Vatan – bu buyuk millatimiz

5 – o‘quvchi – Vatan – bu maktabimiz!

6 – o‘quvchi: – Vatan – bu ona tabiat in’om etgan barcha boyliklar va nozu ne’matlar!

2 – boshlovchi: – Mustaqillik deganda nimani tushunasiz?

7 – o‘quvchi: – Mustaqillik – o‘z erkiga ega bo‘lish, Vatan o‘zimizniki deganidir.

1 – boshlovchi: – Mustaqillik bizga nima berdi?

8 – o‘quvchi: – Mustaqillik tufayli ma’naviy qadriyatlarimiz tiklandi

9 – o‘quvchi: – Millatimizning o‘zligini, milliy g‘ururini himoya qilgan Fayzulla Xo‘jayev, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, usmon Nosirlar xalqimizga qaytdi.

10 – o‘quvchi: – Dinimiz, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif kabi ma’naviy boyliklarimiz, Navro‘z, Hayit bayramlarimiz, udumlarimiz, qadriyatlarimiz yana xalqimizga qaytdi.

“Humo qushim” qo‘shig‘i

O‘zbegim” she’ri I – II bandi

Tarixingdir ming asrlar

Ichra pinhon o‘zbegim.

Senga tengdosh Pomiru

Oqsoch Tyanshon, O‘zbegim

So‘ylasun O‘rxun xati.

Ko‘hna tarix shodasida

Bitta marjon, o‘zbegim

O‘zbekiston. Rasmiy nomi – O‘zbekiston Respublikasi. Poytaxti – Toshkent. Hududi – 448,9 ming km 2 . Aholisi – 32 mln kishi.

Davlat tili – o‘zbek. Dini – islom, e’tiqod erkinligi davlat qonunlari bilan belgilangan Pul birligi – so‘m

Geografik joylashuvi – Markaziy Osiyodagi davlat

Iqtisodi – agrar davlat hisoblanadi. Sanoatning deyarli barcha tarmoqlari mavjud.

O‘zbekistonga qo‘shni davlatlar: Shimolda Qozog‘iston, Janubda Turkmaniston va Afg‘oniston, Sharqda Qirg‘iziston va Tojikiston. (Xaritadan ko‘rsatiladi)

Sahna ko‘rinishi

“Til qudrati’

Muallif: Qadim zamonda ikki olim bo‘lgan ekan. Ular ikkalasi ham bir go‘zal, farishta qizga ko‘ngil qo‘yishibdi. Shunda qizning tog’asi ulardan:

– Sizlarning farzand tarbiyasi haqidagi fikrlaringizni bilmoqchiman, – debdi

Shunda birinchi olim:

– Men farzandimga riyoziyotdan, falakiyotdan saboq bermoqchiman. Unga ajnabiy tillarni o‘rgataman, – debdi

Ikkinchi olim esa:

– Men farzandimga avloddan – avlodga meros qoladigan asosiy boylik – ona tilimizni o‘rgataman. Ona tili uchun jon fido qilishni, tilga xiyonat qilmaslikni uqtirmoqchiman. unga o‘z ona tilimizda ertak, doston, qo‘shiqlar aytib beraman, – debdi

Qizning otasi oqil va dono ekan. Unga ikkinchi olimning gapi ma’qul tushibdi va unga qarab:

– Men seni o‘zimga kuyov qilaman, chunki: “Farzandga bilim o‘rgatishdagi sening fikring ma’qul”, – debdi

Ha, til katta qudratga ega.

“Ona tilim” she’ri

Buyuk Temur jahon bo‘ylab

O‘z dovrug‘in solgan tilim.

Mir Alisher bobomlardan

Meros bo‘lib qolgan tilim

Bobur Mirzo she’rlaridan

Rang va qiyos olgan tilim

Shunday tildan tonar bo‘lsam

Qiyma – qiyma bo‘lsin tilim

Alla bo‘lib jaranglagan

Ona tilim – jonu dilim

– Bolalar, sizlar asosiy sanalarimizni bilasizmi?

Bayroq, gerb, madhiya

O‘g‘il – qizning farzidir.

O‘zbeksiton Respublikasining Davlat tili – o‘zbek tilidir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 4 – moddasi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 – dekabrda qabul qilingan. Unda fuqarolarning huquq, erkinlik va burchlari, O‘zbekiston Respublikasi kelajagi o‘z aksini topgan

1991-yil 31-avgust – O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon qilindi.

1991-yil 1-sentabr – O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb hisoblanadi

1991-yil 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilindi

1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilindi.

1992 -yil 2-iyul O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilindi

1989-yil 21-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tili – o‘zbek tili qabul qilindi.

“Barkamol avlod” qo‘shig‘i

Buyuk bobokalonlarimiz:

  • Mirzo Ulug‘bek she’ri
  • Amir Temur she’ri
  • G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish

El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish

Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa

Bulbulga tikondek oshiyon bo‘lmas emish

“Do‘ppi tikdim” raqsi

Mana aziz mehmonlar, o‘quvchilar shuning bilan bugungi “O‘zbekiston – mening Vatanim” nomli tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi.

– Biz o‘z tilak va istaklarimizni ushbu misralarda bayon etamiz:

Asragin Ollohim O‘zbekistonni

Kelajagi buyuk nurli bo‘stonni

Sodiq farzandlarinh duolar qilar

Tinchlik, osudalik hamrohing bo‘lar (M. Yusuf)

Tadbir senariylari to’plami

Mazkur tadbir senariylari kutubxonachilar uchun mo’ljallangandir. Lekin uni o’rta ta’lim maktab o’qituvchilari ham bemalol ishlatishlari mumkin. Mazkur uslubiy tavsiyanomada turli xil mavzularda tadbir senariylari bor. Umid qilamanki, mazkur xujjatning sizga foydasi tegadi.

Tadbir senariylarini yuklab olish

Ginnes.Uz

Facebook guruh:

При публикации информации из моего веб сайта на другие сайты обязательно указывать адрес сайта www.sadikov.uz. © Sadikov.Uz

Аудио, видео и документальная информация в моем сайте принадлежат своим владельцам. Они сохраняют свои авторские права. Информация размещена на сайте с целью ознакомления. Пожалуйста, уважайте работу авторов. Если Вы являетесь автором материала или обладателем авторских прав на него и против его использования или Ваше авторство не было указано на сайте, пожалуйста свяжитесь с по адресу uzbeknasim@yahoo.com

Предложения рекламы или обмен баннеров: @sadikov_uz

Для контактов: uzbeknasim@yahoo.com

Telegram: @sadikovuz

«O‘qimagan kitoblaringiz bir kuni sizni jazolaydi». Kutubxonachining ham ahvolini so‘raydiganlar bormi?

Faoliyatim davomida ko‘p bora maktab ma’muriyati yoki boshqa soha vakillari tomonidan: «Kutubxonachilarning kitob tarqatish va qabul qilishdan boshqa qanaqa ishi bo‘lishi mumkin, 4 ta kitobni u yoqdan bu yoqqa olaverib kunni kech qilishadi», degan gaplarini eshitganman. Ana shunday o‘ylaydiganlarning kutubxonaga nisbatan fikrlarini o‘zgartirish uchun men kutubxonachilarning yil davomida qiladigan ishlari, o‘tkazadigan tadbirlari hamda zimmasidagi mas’uliyati va javobgarliklari haqida imkon darajasida qog‘ozga tushirib sizlarga havola etmoqchiman.

Xullas, men Axborot-resurs Markazi rahbari sifatida lavozim yo‘riqnomasidan tashqari, maktab kutubxonachilariga uslubiy yordam berib, ularni kutubxonadagi faoliyatlarini muntazam ravishda nazorat qilib boraman. Tumanimizda 19 ta maktab bor: ARM xodimlari esa 8 nafarni tashkil qiladi, G‘allaorol tumanida 90 tadan ziyod maktab bor lekin o‘sha tumanda ham ARM xodimlari 8 nafarni tashkil qiladi, Vazifamiz lavozim yo‘riqnomamiz va oylik ish haqimiz esa bir xil. Men har oy yoki har ikki oyda maktab kutubxonalariga borib ishlarini ko‘zdan kechirib kelaman. Bu mening vazifam va buni mendan viloyat Axborot-resurs Markazi va tuman xalq ta’limi bo‘limi talab qilib turadi, (96 maktabi bor tuman ARM xodimlarini holatini tasavvur qilib ko‘ravering) muntazam ravishda tadbirlar va kutubxonachilar bilan ishlaganim uchun doim bir xil muammoga duch kelaman, aniqrog‘i men emas maktab kutubxonachilarining muammosi.

Kutubxonachilarning bir oylik ish haqi

Kutubxonachilik lavozimi uchun shtat birligi maktabdagi sinflar soniga qarab maktab joylashgan hududning moliya bo‘limi tomonidan belgilanadi: 13 ta sinfi bor maktabga 0.5 stavka kutubxonachi, bir oylik ish haqi 258 188 so‘m, kitoblar soniga qarab eng kam oylik ish haqining 10 foizdan 20 foizgacha bo‘lgan miqdorda qo‘shimcha ustama ham to‘lanadi (pasti 17 224 so‘m, yuqorisi 34 448 so‘m) 258188+34448=292 636 so‘m.

Bundan kelib chiqadiki, xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari hisobchiga tabel topshirayotganda 0.5 stavka kutubxonachiga 258 188 so‘m oylik ish haqi yozadi, hisobchi kutubxonachining topshirgan hisobotiga tayanib tabeldagi 258188 so‘mga ko‘pi bilan 34448 so‘m qo‘shib unga oylik ish haqi yozishi mumkin, undan 15 foiz daromad solig‘iga, 1 foiz kasaba uyushmasiga, 1 foiz nafaqa jamg‘armasiga (nafaqaga chiqqanida xalq bankidan borib oladi), 8 foiz nafaqa fondiga, misol uchun

(qoldiqlarni yozib o‘tirmadim)

292636-(43895+2926+2926+23411) = 219478 so‘m

Ishonish qiyin lekin rostdan ham 0.5 stavka kutubxonachilar bizning hududda 3 nafarni tashkil qiladi, ular bir oylik ish haqlaridan kommunal to‘lovlariga o‘tkazmasa plastik kartochkalariga 219478 so‘m pul mablag‘i tushadi, shunda ham ularning kutubxonasidagi kitoblar soni 20 foizlik ustama talablariga javob bersagina qolgan 13 tadan yuqori sinfi bor kutubxonachilarning bir oylik ish haqlarini o‘zingiz chamalab ko‘ravering!

13 tadan 30 tagacha sinfi bo‘lgan maktabga 1 stavka kutubxonachi

30 tadan 40 tagacha sinfi bor maktabga 1.5 stavka kutubxonachi

40 tadan yuqori sinfi bor maktabga esa 2 stavka kutubxonachi shtati beriladi

(bizning hududda 40 tadan ziyod sinfi bor maktab mavjud emas)

Kutubxonachi bo‘lib ishga kirganlar orasida boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishini bitirganlar 80.90 foizni tashkil qiladi. Aynan kutubxonachilik bo‘yicha oliy ma’lumotli kutubxonachini maktab kutubxonalaridan topish juda qiyin. Agar shunday xodim bo‘lsa ham 50 yoshlar atrofida bo‘ladi (Unutmang men tumanda turaman va o‘zim yashab turgan muhitdan kelib chiqib yozyapman).

Tadbirlar (o‘quv yili davomida)

Kutubxonaga kirganingizda kitob javoni undagi kitoblar, bir nechta parta va o‘rindiqlarga ko‘zingiz tushadi, yana yaxshilab nazar tashlasangiz, qaysidir shoirning yuz yilligiga bag‘ishlanib tashkil qilingan burchak, gazeta va jurnallar taxlami bo‘lmish jamlanmalar. Kutubxonachi o‘tiradigan stol yonidagi kitob javonida esa papkalar, hujjatlar, rasmlar, bukletlarni ko‘rishingiz mumkin. Hujjatlarning soni va qog‘ozbozlik bo‘yicha kutubxonachi maktabda 3 o‘rinda turadi. Mavzudan sal uzoqlashgan holda maktab ma’muriyatidagi qog‘ozbozlik va hujjatlar yuritish bo‘yicha o‘rinni men o‘zim uchun quyidagi tartibda terib chiqdim:

1-o‘rin ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

2-o‘rin o‘quv tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktori o‘rinbosari
3-o‘rin kutubxonachi

4-o‘rin yoshlar ittifoqi yetakchisi

5- o‘rin monitoringchi (sinf rahbarligi va fan o‘qituvchiligi bor)

6-o‘rin xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

7-o‘rin xotin qizlar qo‘mitasi raisi (sinf rahbarligi va fan o‘qituvchiligi bor)

8-o‘rin kasaba uyushmasi raisi (sinf rahbarligi va fan o‘qituvchiligi bor)

9-o‘rin ish yurituvchi (kotiba)

10-o‘rin sinf rahbarlari (fan o‘qituvchiligi bor)

11-o‘rin fan o‘qituvchilari

14-o‘rin maktab direktori

Ochig‘ini aytsam, o‘quvchilarni badiiy kitob o‘qishga jalb qilinadigan tadbirlarni boshida nega faqat kutubxonachi qo‘yilishi va bu tadbirlarga aynan kutubxonachi mas’ulligi meni hayron qoldiradi. 2017-2018- o‘quv yili davomida kutubxonachi o‘tkazadigan tadbirlar quyidagilardan iborat:

«Kitobxonlik bayrami», bu tadbirni ichida tadbirlar bor;

– «Kitob taqdimoti» (sentabr-dekabr oylari davomida);

– «Adabiyot kunlari» (fevral oyining birinchi yarmida);

– «Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi» (15-fevraldan 20-martgacha);

– «Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari» (10-martdan 20-martgacha);

– «Bir farzandga-uch kitob» (10-martdan 20-martgacha);

– «Kitobim-oftobim» (mart oyida);

– «Momomning sandig‘i» ertaklar tanlovi (o‘quv yili davomida);

– «Men sevgan adabiy qahramon» insholar tanlovi (aniq muddatini topolmadim);

– «Targ‘ibotchi kitobxon o‘quvchi» (o‘quv yili davomida);

– «Yosh kitobxonlar ko‘rik tanlovi» (may, iyun, iyul oylarida);

– «Mustaqillik bolalar madhida» she’rlar tanlovi (o‘quv yili davomida);

– «Kitob o‘qish» tadbiri (o‘quv yili davomida);

Kutubxonachi barcha tadbirlarni o‘tkazganligi haqidagi ma’lumotnoma va tadbirlardan olingan suratlarni tuman Axborot-resurs markaziga yetkazadi, tuman Axborot-resurs markazi umumlashtirib viloyat Axborot-resurs markaziga, ular esa tumanlarnikini umumlashtirib Respublikaga yuborishadi. Kitobxonlik bayrami tadbiri haqida Dono G‘aniyevaning «Ta’lim tizimidagi axborot-kutubxona jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish» kitobidan batafsil o‘qib bilib olishingiz mumkin. Boshqa tadbirlar nizomini internetdan topish mushkul emas.

Kutubxonachi bu tadbirlarni, albatta yolg‘iz o‘zi o‘tkazmasligi kerak, unga maktab ma’naviyatchisi, yoshlar ittifoqi yetakchisi, sinf rahbarlari va ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari ko‘maklashishlari chora-tadbirlar rejasida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek aksariyat kutubxonachining ma’lumoti o‘rta maxsus, maktabdagi vakolati ham boshqalarnikiga nisbatan ancha past, kim ham unga o‘z ixtiyori bilan yordamlashardi, barcha o‘zini ishdan olib qochadi, ba’zida tadbirlarga ham hakam topish unga juda mushkul bo‘lib qoladi. Qaysidir tadbirni ma’lumotnomasi o‘z vaqtida kelmasa biz avvalo kutubxonachiga telefon qilamiz, javob bermasa yoki paysalga solsa maktab rahbariga, maktab rahbari o‘z o‘rnida kutubxonachini chaqiradi yoki o‘tirgan joyidan kotibasiga: «ayt anavi kutubxonachiga telefon qilsin, oboradigan ma’lumotnomasi bor ekan, topshirsin», – deydi xolos. Eng yomoni bizga olib kelingan ma’lumotnomalarda shu qadar xato kamchiliklar ko‘pki, bu kamchiliklarni maktab o‘quvchisi ham bemalol aniqlay oladi, xatolari ko‘p ekan deb qaytarib yuborishga avvalo odamgarchilik yuzasidan vijdonimiz yo‘l qo‘ymaydi. Axir unga tuman markaziga kelib ketishning o‘zi bo‘ladimi, boshqa tomondan qaytarib yuborsak qachon qaytarib olib kelishi dargumon bo‘lib qoladi, bu ma’lumotnomalarga maktab rahbari o‘qimasdan muhr bosganiga nima deysiz. Yana ular orasida qo‘l yozmalari ham kelib turadi, ya’ni qo‘lda yozilgan ma’lumotnomalar, sababini so‘rasak javoblar bisyor.

O‘zi maktabda bitta kompyuter bor, u ham hech bo‘shamaydi;

maktabimizda tok yo‘q edi;

Kompyuter qog‘oz chiqarmay qo‘ygan;

Informatika xonasi qulf ekan v/k.

Aslida esa maktab kutubxonachilarining kompyuter savodxonligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari nolga teng, ular hatto malaka oshirish kurslariga borganda ham, kompyuterdan foydalanishni o‘rganib kelishmaydi yoki malaka oshirish institutidagi mas’ullar bunga jiddiy qarashmaydi. Bizning tumanda ham, qo‘shni tumanlarda ham vaziyat bir xil: maktab kutubxonalarida kompyuter, printer degan narsa yo‘q. Kutubxonachi ming ovoragarchilik bilan maktabda undan bundan gohida iltimos qilib gohida pulini berib tadbirlari uchun bayonnoma, ma’lumotnoma, chora-tadbirlar rejasini yozdirib fleshkasida saqlab yuradi, Tadbirlarni suratga tushirish uchun esa kimda yaxshi telefon bo‘lsa o‘shanga iltimos qiladi. Qachon biz so‘rasak o‘tgan yilgi tadbirni sanalarini o‘zgartirib chiqarib olib keladi. Ranglik fotosuratlarni esa tuman markaziga kelib foto salonlarda chiqarib kelishadi. Har safar ularga yig‘ilish o‘tkazganimda ichimda o‘z ishimga nisbatan nafrat uyg‘onadi, chunki men bezbetlarcha ko‘ra bila turib ulardan tadbirlar ma’lumotnomasini o‘z vaqtida olib kelishlarini, ma’lumotnomaga suratlarni ilova qilishlarini qattiq talab qilaman, chunki mendan ham yuqori tashkilotlar shuni talab qilishadi. Undan ham yomoni kutubxonachilarga maktab ma’muriyati tomonidan qog‘oz, ruchka, qalam, yelim, skoch berilmaydi, tuman markaziga borish kerakmi, viloyatgami yoki qaysidir yangi tadbirga banner chiqarish kerakmi, rangli suratlarmi farqi yo‘q kutubxonaga tegishli bo‘lgan barcha xarajatlar kutubxonachining cho‘ntagidan.

O‘quv darsliklarni tarqatish (avgust-sentabr oylari)

Bu ishni bir stavka, ya’ni 30 ta sinfi bor maktab kutubxonachi misolida hisoblaydigan bo‘lsak. 30 ta sinf bu har bir sinfdan 3 tadan bor degani ya’ni 1-a, 1-b, 1-v va hokazo. 30 ta sinf ichidan 3ta birinchi sinfni olib tashlaymiz, chunki ularga prezident sovg‘asi taqdim etiladi. Qolgan sinflarda o‘rtacha 28 nafardan o‘quvchi bor deb hisoblaymiz.

2-, 3-, 4-sinf o‘quvchilari uchun 10ta darslikdan iborat 9×28=252 nafar o‘quvchi 252×10=2520 dona kitob

5- sinf 12 ta darslikdan iborat, 3×28=84 nafar o‘quvchi 84×12=1008 dona kitob

6-sinf 13ta darslikdan iborat, 3×28=84 nafar o‘quvchi 84×13=1092 dona kitob

7-, 8-, 9-sinflar 10ta darslikdan iborat, 9×28=252 nafar o‘quvchi 252×10=2520 dona kitob

10- sinf 18 ta darslikdan iborat 3×28=84 nafar o‘quvchi 84×18=1512 dona kitob

Kutubxonachining qo‘lidan o‘quv yili boshida jami 8652 dona kitob o‘tarkan, 754 jamlanma kitobni sanab ega-egalariga topshirib ijara shartnomasiga kitoblar nomini yozib, qo‘l qo‘ydirib olish bilan birgalikda bu kitoblarni ijara to‘lovini ham hisoblab olish kutubxonachining gardanida, ijara darsliklari uchun quyidagicha pul yig‘iladi:

2-sinflar 8500×84=714000 so‘m

3-sinflar 9800×84=823000 so‘m

4-sinflar 11400×84=957600 so‘m

5-sinflar 7400×84=621600 so‘m

6-sinflar 11000×84=924000 so‘m

7-sinflar 13700×84=1150800 so‘m

8-sinflar 8900×84=747600 so‘m

9-sinflar 9400×84=789600 so‘m

Kutubxonachi ijaraga beriladigan kitoblarni tarqatish bilan birgalikda jami 6 728 200 so‘m pul mablag‘ini o‘quvchilardan, o‘quvchilarning ota- onasi yoki boshqa yaqin qarindoshlaridan sanab olib maktabning shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda sanab topshiradi. Bu ishni oxiriga yetguncha sentabr oyi ham yakunlanib qoladi. Sababi 2-4 sinflar uchun – kelgan o‘quv darsliklari ikki yilda bir marta va 5-9 sinflar uchun – to‘rt yilda bir marta yangilanadi, buning natijasida har yili qaysidir sinfga yangi darsliklar keladi 6 sinfning o‘ziga butunlay yangi darslik kelsa bu 1092 kitob degani, har bir kitobga ikki marta maktab muhri bosiladi, ya’ni 1 va 17 betiga, yana unga inventar raqami ro‘yxatga olingan sana, oy va yil ham yoziladi 1092 ta kitobga kutubxonachi 2184 marta muhr bosadi. Har birining 17 betini varaqlab ochganda barmoqlari bilan o‘zi bilmagan holda 18564 varaq sanaydi. Hisoblab ko‘rdim bitta o‘quv darslikka muhr bosib inventar raqam va sana yozishga 48 sekund vaqt ketarkan 1092 ta kitobga 15 soat shunda ham u to‘xtamasdan juda tez va sifatli ishlashi kerak.

Kitobxonlar qatnovi (o‘quv yili davomida)

Kutubxonachilar, o‘quvchilar maktabga kelgan kundan boshlab faqat darslik tarqatishmaydi, ular shu bilan birgalikda badiiy adabiyotlar ham tarqatishlari kerak, bola kutubxonaga kitob o‘qish yoki olish uchun kirishni xohlasa, unga keyinroq kel deb ikki uch marta ta’kidlayversa uni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi so‘nadi. Faoliyatimda shunday vaziyatlarga tushganman, ya’ni ota-onalar telefon qilib nega farzandimni kutubxonaga kirgizmading nima haqining bor yuqoriga chiqaman deb qo‘ng‘iroq qilishgan, telefon raqamimni qayerdan olganliklari menga qorong‘i, ular sizni muammolaringizni eshitishni xohlashmaydi, vazifangmi bajarasan deyishadi xolos, bunaqa vaziyatga nafaqat men boshqa kutubxonachilar ham tushishgan hatto ancha ovora bo‘lganlari ham bor. 840 ta o‘quvchisi bor maktab kutubxonasiga 1 kunda nechta o‘quvchi kitob olish uchun kirishini bir tasavvur qilib ko‘ring, shuncha o‘quvchini bir kunda hech bo‘lmasa 6 foizi kutubxonaga kirganda ham bu 50 nafar o‘quvchi degani. 50 nafar o‘quvchi 50 dona kitob olib ketadi va 50 dona kitob olib keladi, kutubxonachi 50 marta joyidan turib kitoblarni o‘z joyiga qo‘yishi kerak bo‘ladi albatta shu bilan birgalikda kitobxon formulyari va kitobdagi qaytarish varag‘iga yozishga ham ozmi ko‘pmi vaqt ketadi. Bitta kitobni olib qolib ikkinchi kitobni berib yuborish uchun kutubxonachi o‘rtacha 1 daqiqa vaqt sarflaydi, 50 nafar o‘quvchiga 50 daqiqa, lekin o‘quvchilarning hammasi bir xil vaqtda kelaverishmaydida yana bolajonlarni kitobni rostdan ham o‘qigan yoki o‘qimaganligini tekshirish uchun bir nechta nazorat savollarini ham berish kerak, ularni ham falon kitob bormi ustoz degan savollariga javob berish ham kutubxonachining vazifasiga kiradi. O‘quvchilar bilan birgalikda maktab xodimlari ham kutubxonaga kirib turadi lekin unchalik ham ko‘zga tashlanadigan darajada emas. Kutubxonachini qiynaydigan narsalardan biri bu kitoblarning yo‘qolishi undagi kerakli varaqlarini o‘quvchilar yirtib olishi, kitoblarni asrab avaylash uchun ham kutubxonachining bir ko‘zi yozayotgan narsasida bo‘lsa, ikkinchi ko‘zi kutubxonaga kirgan kitobxonlarda bo‘ladi.

Kutubxonaning gigiyenik holati (yil davomida)

Kutubxona shunday joy bo‘lishi kerakki, inson u yerga kirganida sokin, ozoda, yorug‘ va boshqa olamga tushib qolganday his qilishi kerak o‘zini. Kitoblarning ko‘pligini ko‘rganida ko‘zlari quvnab o‘qishga bo‘lgan shijoati oshishi lozim, kutubxona kutubxonachi uchun ishxona, boshqalar uchun ma’naviy dam olish xonasi bo‘lishi kerak. Maktab kutubxonalari haqida unday deb bo‘lmaydi. Kutubxonaga bir kunda 50 ta kitobxon kirsa bu yuzta oyoq degani, har biri ichkarida o‘rtacha 12 metrdan masofani bosib o‘tsa bu o‘rtacha 30 qadam degani 50 kishiga ko‘paytirsak 1500 qadam, xonada hech kim yugurmaganda ham bizni tuman va qishloq sharoitida xonadagi javonlar va kitoblarni usti shu bilan birgalikda polni ismingizni yozadigan darajada chang bosadi, qishin-yozin tozalanishi kerak bo‘lgan kutubxonani ulgursa kutubxonachi farroshga tozalatadi, ulgurmasa o‘zi tozalashiga to‘g‘ri keladi.

Kitoblar va kitoblarga ishlov berish (yil davomida)

Kutubxonadagi kitoblarni alfavitli va sistemali tartibda terilishini nazorat qilib borish, reja bo‘yicha haftaning qaysidir kunida bir ko‘zdan kechirib chiqib undagi qaytarish varaqalari, yorliqlar, kitob pasporti va cho‘ntakchalarini joyidaligini nazorat qilib turish ham kerak. Kutubxonaga kelgan komissiya ishlov berilmagan bir dona kitobni ko‘rib qolsa, butun kitoblarga «to‘liq ishlov berilmagan» degan xulosani yozib ketadi. Kitobning jihoz raqami inventardagi bilan bir xil bo‘lishi kerak. Inventar kitobidagi raqam kitobdagi bilan bir xil bo‘lmasa ham inventar noto‘g‘ri yuritilgan deb xulosa yozib ketishadi. Kutubxonadagi kitoblarning yaroqsiz holga kelgani yoki yo‘qolganiligi haqida dalolatnomani tuzish ham o‘zining zimmasida, har oyning 25 sanasiga qadar kutubxonadagi kitoblar haqidagi hisobotni, tuman markazidagi hisobchilarga yetkazishi kerak. Yangi kelgan badiiy adabiyotlarga yuqoridagi yorliq, kitob pasporti va qaytarish varag‘i kabi narsalarni ham kutubxonachi kompyuterdan chiqaradi, qirqadi, yozadi, yopishtiradi. Bir dona badiiy kitobga to‘liq ishlov berib javonga qo‘yishgacha, kutubxonachi 8 daqiqa vaqt sarflaydi.

Kutubxona hujjatlarini yuritish (o‘quv yili davomida)

Kutubxonachi tadbirlarning nizomiga asosan chora-tadbir rejasi, tashkiliy guruh, yig‘ilish bayonnomasi, tadbirlar ssenariylari, ma’lumotnomalar foto suratlarni o‘ziga ham yig‘ib boradi, tadbirlardan tashqari yana quyidagi hujjatlarni ham saqlashi va yurgizishi kerak, jumladan:

Jamlanma (kutubxonaga kelgan kitoblar yuk xatlarini hisobga olish daftari)

Inventar (kitoblar nomi soni inventar raqami yozib boriladigan daftar)

Formulyar (kutubxonaga a’zo kitobxonlarni a’zolik kitobchasi)

Gazeta va jurnallar obunasi haqida jadval

Gazetalardan bibliografik kartotekalar yozib borish (qaror, farmoyish, muhim sanalar v/h)

Yillik va oylik ish rejalari

O‘quv darsliklariga tegishli hujjatlar

Rad etilgan kitoblar ro‘yxati

Talab qilingan kitoblar ro‘yxati

Kutubxona hujjatlari orasida kutubxonada qancha kitob borligi, fondni qanchasi lotin alifbosida qanchasi kirill alifbosida va yana qanchasi boshqa tillarda ekanligi haqida ma’lumot bo‘lishi shu bilan birgalikda sohalar bo‘yicha ham fondni aniq ma’lumoti bo‘lishi, umumiy qilib aytganda kutubxona fondini raqamli ko‘rsatkichi bo‘lishi shart.

Mavsumiy ishlar (yil davomida)

Muhtaram yurtboshimiz endilikda pedagog xodimlar o‘z vazifalaridan boshqa vazifalarga jalb qilinmasliklari haqida o‘z nutqlarida ta’kidlab o‘tdilar, o‘sha kungacha maktab kutubxonachisining jamoadagi o‘rni xuddi shaxmatdagi piyoda kabi edi; U obodonlashtirish, chopiq, chekanka, paxta kabi yumushlarga farroshlar bilan birgalikda birinchi qatorda borardi. Biz ular bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lganimiz uchun ham buni hammadan ham yaxshi bilamiz. (hozir ahvol zo‘r deya olmayman, kuzatamiz)

Obuna va jamlanma (yil davomida)

Aksariyat kutubxonachilar yil boshida «shu obunani bizdan soqit qilishni iloji yo‘qmi ayrim maktablarda tashkiliy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ayrimlarida ma’naviyatchi shug‘ullanar ekan» deb bizga murojaat qilishadi, Maktab ma’muriyati nechta gazeta, nechta jurnalga a’zo bo‘lgan bo‘lsa ularni hammasini yil davomida tarqatish kutubxonachining zimmasiga yuklatilgan. Yana qo‘shimcha tarzda kutubxonada gazetalarning oxirgi sonini jamlanmasini tikib borish ham kutubxonachining zimmasida. Aslida esa jamlanmalarni kutubxonada turishi umuman mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Misol uchun 5 ta nomdagi gazetaning oyma oy chiqqan sonlari jamlanmaga tikib borilsa demak obuna bo‘lgan o‘qituvchilardan qaysi biridir pulini to‘lagan bo‘lsa ham gazetasini olmayapti. Majburiymi yoki ixtiyoriymi gazetaga maktabning o‘zi emas xodimlari obuna bo‘lishadi, nashriyot gazetani maktab kutubxonachisiga emas aynan obunachining o‘ziga yetkazishi kerak. Bundan kelib chiqadiki maktabga kelgan gazetalarning har birini egasi bor, maktab kutubxonachisiga yuklatilgan bu vazifaning ustidan nazorat qilish esa bilimsizlik. Ma’lumot uchun har oyda maktabga kamida 30 nomdagi gazeta va jurnallar keladi, yana ularning har biridan eng kamida 4 nusxadan bo‘lsa eng ko‘pi 20 nusxani tashkil qiladi.

O‘quv darsliklarini yig‘ib olish (may, iyun oylarida)

O‘quv yili yakuniga yetganda kutubxonachi o‘quvchilardan ijaraga berilgan 8652 dona kitobni bittalab tekshirib olishi va sinflarga bo‘lib keyingi yili yana tarqatishiga oson bo‘lishi uchun tartib bilan taxlab chiqishi kerak, blogpostimning boshida kitob tarqatishdagi ovoragarchiliklar haqida yozgandim, kitoblarni qabul qilishda qiyinchiliklar ham oz emas, agar kitob yaroqsiz holga kelgan yoki yo‘qolgan bo‘lsa o‘quvchini ota- onasini yoki sinf rahbarini chaqirtib dalolatnoma tuzish ziyonini undirish kerak. 8652 dona kitobni orasidan yo‘qolgani yaroqsiz holga kelib qolgani juda ko‘p uchraydi.

Kutubxona joylashuvi va rahbariyatning bu holga befarqligi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Kitob o‘qish» tadbirlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan 2017 yil 1 mart sanasida tuman seminarini tashkil qildik, Seminarda qo‘shni tuman ARM rahbarlari, o‘zimizni tumandan barcha maktab ma’naviyatchilari va kutubxonachilari, va viloyat Axborot-resurs Markazi rahbari ham ishtirok etishdi, shaxsan o‘zim borib o‘sha vaqtdagi viloyat xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘ini tadbirga taklif qilib keldim. U kishining kelishi va seminarda ishtirok etishi maktab rahbarlarini kutubxonaga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartiradi degan umidda edim. Shaxsan borganim bilan ham faoliyatimizga yuzaki qaradilarmi tadbirga kelmadilar. Seminarimizga bloger Sanjar Saidni ham taklif qilgan edik, ikki yuz kilometrdan Sanjar Said o‘z vaqtida yetib keldi biroq 40 kilometrdan viloyat Xalq ta’limi bo‘limidan hech kim kelolmadi, Sanjar Said so‘zga chiqqanida maktab kutubxonalarining joylashuvini tanqid qilib, kutubxonalar tor, sovuq, qorong‘i va maktab binosining eng uzoq burchaklarida joylashgani haqida ta’kidladi. Shu bilan birgalikda ularni binoning kiraverish qismiga, o‘quvchilar doimiy ravishda o‘tib qaytganda ko‘ziga tashlanadigan xonalarning biriga ko‘chirish kerakligi haqida taklif kiritdi. Ushbu tadbirdan bir necha kun o‘tib yuqoridagi taklifni maktab direktorlariga yig‘ilishlarning birida og‘zaki ravishda yetkazdim, lekin rahbariyat bu taklifimizga ham jiddiy e’tibor bermadi. Ba’zi maktab direktorlarning xonasiga kirsangiz ichidagi jihozlarning yarqirashi va xonaning kengligidan dilingiz yayraydi qani endi kutubxonalar xam xuddi shunday bo‘lsa.

Xolis fikr

Maktab kutubxonachilari uchun yuqoridan kelgan tadbir va talablarni bajarish juda qiyin yoki imkonsiz, ayrimlarining o‘tkazilishi muddati bir oyga to‘g‘ri keladi. Tadbir nizomi skaner qilingan holatda avval viloyatga, u yerdan tumanga, keyin maktab ish yurituvchisiga undan maktab kutubxonachisiga yetib keladi, ba’zi tadbirlar nizomi yo‘l-yo‘lakay yo‘qolib qolishi va kutubxonachiga yetib kelmasligi kuzatiladi, tadbirlar nizomlarini topish uchun tuman markazida turib hatto biz internetdan foydalangan holda bir amallab topamiz, nafaqat internet hatto kompyuteri yo‘q bo‘lsa, ustiga ustak kompyuter bo‘lganda ham undan foydalanish uchun ko‘nikmasi yo‘q kutubxonachi nima qilishi kerak? Yaxshiyamki bizni hududda 19 ta maktab bor biz o‘z hisobimizdan bo‘lsa ham ba’zi bir nizomlarni chiqarib kutubxonachilarga yetkazamiz 90 ta maktabi bor tumanlar buni qanday uddalashmoqda ekan, hayronman. Tan olib aytishim kerak, o‘tkazilayotgan tadbirlarni 10 tadan 2 tasi yuqori darajada o‘tkazilishi mumkin shunda ham joni bor, gapi o‘tadigan kutubxonachining maktabida. Postni yozishdan maqsad ta’lim tizimida kutubxonachilar va kutubxonaga bo‘lgan e’tiborni oshirish ularning muammolari haqida yuqoridagilar va ular ishlab turgan maktab ma’muriyatiga ham bildirib qo‘yish, tadbirlar o‘ylab topadigan va ularning nizomlarini tuzadigan amaldorlardan iltimosimiz joylardagi sharoitlarni o‘rganmasdan, ularning imkoniyat darajasini hisobga olmasdan turib o‘zlaring yashab va ishlab turgan muhitdan kelib chiqib tadbirlarni o‘ylab topmanglar. Tajriba, moddiy texnik bazasi va moliyaviy tomondan ham Poytaxt bilan viloyat o‘rtasida, viloyat bilan tuman o‘rtasida, tuman bilan qishloqlar o‘rtasida juda katta sezilarli farq bor. Biz ham o‘quvchilarimiz, farzandlarimiz, uka-singillarimizni bilimli, dono, yurtimizga, jamiyatimizga foydasi tegadigan yaqinlari u bilan faxrlanib yuradigan daraja qobil inson bo‘lib ulg‘ayishini xohlaymiz. Agar sizning ham maqsadingiz shunday bo‘lsa avvalo kutubxonalarni moddiy texnik bazasini, kutubxonachilarning oylik ish haqini, ularning kun davomida bajaradigan vazifalarini tartibga olish haqida bosh qotirib ularni hal qilishda amaliy yordam bering, yana meni blogpostimni ro‘kach qilib maktabdagi kutubxonachilar faoliyatini o‘rganish uchun chora-tadbirlar rejasi tuzib bir to‘da komissiyalarni yubormanglar, bu kamchilik va muammolar bilan men 10 yildan buyon kurashib kelmoqdaman, biroq yolg‘iz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dong‘i chiqmas, degan gap bor xalq orasida.

Faqat muammolarni yozish bilan ish bitmasligini bilgan holda, faoliyatimdan kelib ushbu muammolarni hal qilishda quyidagi takliflarni kiritaman.

Maktab kutubxonalarini kompyuter va rangli printerlar bilan jihozlanishini yo‘lga qo‘yish, kutubxonachilarni kompyuter savodxonligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishda tuman Axborot-resurs Markazlari tomonidan 1 va 2 oylik bepul kurslar tashkil qilish.

Kompyuter va printerlarning uzluksiz va muammosiz ishlashini nazorat qilishni Axborot-resurs markazlari xodimlari zimmasiga yuklash.

Kutubxonachilarning muntazam ravishda kitoblar bilan ishlashini inobatga olgan holda ularning oylik ish haqlarini eng kamida 50 foizga oshirish va kutubxona xarajatlari uchun maktab xarajatlari smetasiga zarur pul mablag‘ini kiritish.

Kutubxonalar uchun ajratilgan xonalarni standartlashtirish va barcha maktab kutubxonalarini ushbu standartlarga mos xonaga ko‘chirib o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.

Kutubxonachi javobgarligida bo‘lgan ommaviy tadbirlarni sonini qisqartirish, tadbirlardan kutubxonachilarni ozod qilish va kutubxonachilarni ish vaqti davomida kutubxonada kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatishini ta’minlash.

Sinf rahbarlari hafta yoki oy davomida kutubxonaga kirib o‘quvchining kitob olayotganligi kutubxonaga qatnovini nazorat qilib borishi va kutubxonachining bu haqdagi ma’lumotiga tayangan holda maktab direktori sinf rahbarlariga va bunga mas’ul shaxslarga tegishli jazo choralarini qo‘llash yoki aksincha rag‘batlantirish.

O‘quvchilarni kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va kitobxonlikka jalb qilishda faol kitobxon o‘quvchilarni moddiy hamda ma’naviy tomondan muntazam ravishda rag‘batlantirib borish, kitobxon o‘quvchilarning ota- onalariga maktab ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar taqdim etib borish, jumladan maktab kutubxonachilarining o‘zlari tadbirlar o‘ylab topishi va bu tadbirlar o‘quvchining darsiga xalaqit bermasligi, maktab ma’muriyati va kutubxonachini ortiqcha qog‘ozbozlik va ovoragarchilikdan holi bo‘lishini inobatga olish.

Obunachi va matbuot tarqatuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma bandlarini ko‘rib chiqqan holda matbuot tarqatuvchidan gazeta va jurnallarni kutubxonachiga emas obunachiga taqdim etilishi masalasini ko‘rib chiqish (qanday bo‘lmasin kutubxonachini obunadan ozod qilish yo‘lini ko‘rish kerak).

Kutubxona fondini boyitish uchun har-xil tadbirlarga umidvor bo‘lmasdan, maktab xarajatlar smetasiga ma’lum miqdorda tuman moliya bo‘limi tomonidan mablag‘ ajratilishi, ajratilgan mablag‘ga kitob xarid qilishda o‘quvchi yoshiga mos ravishda bo‘lishini va kitoblar sonda emas nomda ko‘p bo‘lishini nazorat qilish.

Aziz mushtariy, sizdan tanishlaringiz orasida kutubxonachilar bo‘lsa umringizni 30 daqiqasini ayamasdan ularga ushbu blogpostimni o‘qib berishingizni chin yurakdan iltimos qilaman, ularning muammolariga befarq emasligimizni bilishlarini, o‘z kasblariga noilojlikdan emas sharaf bilan yondashishlarini so‘rab qolaman.

Unutmang, o‘qimagan kitoblaringiz bir kuni sizni jazolaydi.

Qiziqarli malumotlar
Tadbir senariylari to plami