TABIATSHUNOSLIK
TABIATSHUNOSLIK, tabiiyot — tabiat haqidagi fanlar tizimi, tabiiy fanlar majmui. Tabiatning inson ongidagi aksi boʻlgan Tabiatshunoslik jamiyatning rivojlanishi bilan mukammallashadi. Tabiatshunoslikning maqsadi — tabiat hodisalarining mohiyatini aniqlash, tabiat qonunlarini bilish hamda ulardan amalda foydalanish imkoniyatlarini ochib berish. Tabiatshunoslik, asosan, fundamental fanlar boʻlgan mexanika, fizika, kimyo va biol. dan tashkil topgan. Astronomiya, geol., tibbiyot fanlari, qishloq xoʻjaligi. fanlari, ekologiya kabi koʻplab bil im tarmoklari shu fundamental fanlardan kelib chiqqan. Tabiatshunoslik tabiatda yuz berib, roʻyobga chiqib turadigan materiya harakatining mexanik, fizik, kimyoviy va biologik shakllarini oʻrganadi va oʻrgatadi; ularning harakatlanish, oʻzgarish, rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi, bu krnuniyatlarning uzluksizligini isbotlaydi. Tabiatshunoslik tarixi umumjamiyat tarixi bilan mustahkam bogʻliqdir. Tabiatshunoslik tushunchasi faqat tabiiy sharoitlarni emas, ijtimoiy mehnat jarayonida yaratiladigan moddiy boyliklarni ham ifodalaydi. Tabiatshunoslikni alohida fan sifatida oʻrganish gʻoyalari Forobiy, Ibn Sino risolalaridan maʼlum. Abu Rayhon Beruniy esa Tabiatshunoslikni mustaqil fan sifatida rivojlantirishga hissa qoʻshgan, hatto Tabiatshunoslikni ham boʻlimlarga boʻlgan va geodeziya, farmakognoziyani mustaqil fanlar sifatida bayon etgan. Matematika T. ning bir sohasi sifatida kelib chiqqan. Yevklid, Diofant, Geron, Xorazmiy, Ulugʻbek, Koshiy kabi olimlar matematik krnunlarni Tabiatshunoslik qonunlari asosida kashf etadilar. 17-a. dan nazariy Tabiatshunoslik yaratildi. Buning negizida Nyuton klassik mexanikasining 3 aksiomasi yotadi. Ayniqsa, uning ikkinchi aksiomasi 18-a. da Tabiatshunoslik sohasida kashf etilgan muhim qonunlarning deduktiv asosi boʻldi. Natijada Tabiatshunoslik qonunlarini matematik ravishda isbotlashga imkon yaratildi. Bu davrda Lagranj, Eyler, Gauss, Laplas, Bernulli va b. olimlar kashf etgan qonunlarni hamma fanlarga tatbiq etish harakatlari paydo boʻldiki, bu aslida notoʻgʻri boʻlib chiqdi. 19—20-a. larda Tabiatshunoslikning bu yoʻnalishini mexanitsizm deb, yangi tabiat krnunlari kashf etila boshladi. J. Tomson elektronni, A. Bekkerl radioaktivlik hodisasini kashf qilishi Tabiatshunoslikda, birinchi navbatda, fizikada ilmiy inqilobga asos boʻldi. A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi, Ch. Lapelning geol. dagi, Ch. Darvoʻn, J. Kyuvye, Veysman va Morganning biol. dagi, K. Berning embriologiyadagi, shuningdek, molekulyar genetika va gen injeneriyasi sohasidagi yutuklar Tabiatshunoslik mazmunini boyitdi. Tabiatshunoslikning intensiv taraqqiyoti hoz. zamon ilmiytexnik jarayonini muttasil tezlashtirmokda. 21-a. da Tabiatshunoslik, texnikashunoslik va jamiyatshunoslikni hamkorlikda rivojlantirish davr talabidir. Omonulla Fayzullayev.
Ensiklopediya.uz
TABIATSHUNOSLIK