TAʼLIMNING SINF-DARS TIZIMI

TAʼLIMNING SINF-DARS TIZIMI

TAʼLIMNING SINF-DARS TIZIMI — maktabda oʻquv jarayonini tashkil etish tizimi. Unda oʻquvchilar yosh xususiyatlari va oʻqish muddatlariga koʻra muayyan sinflarga ajratilib, taʼlim oʻquv rejasi va dasturiga muvofiq, asosan, dare shaklida olib boriladi. Taʼlimning sinf-dars tizimi individual taʼlim oʻrnida vujudga kelib, uning ayrim belgilari qad. maktablarda ham mavjud boʻlgan. 10-a. ga kelib, Arab xalifaligiga qarashli Iroq, Suriya, Misr singari mamlakatlardagi maktablarda amaldagi «imlo» usuli oʻrniga «tadris» usuli joriy etilishi har bir oʻquvchi bilan alohida shugʻullanishga asoslangan oʻqitish tizimi oʻrniga taʼlimning muayyan mikdordagi bolalar jamoasi bilan birvarakayiga olib borilishi moʻljallangan dare shaklini yuzaga keltirdi. Lekin islom ped. sida dare tushunchasi mavjud boʻlgani hodda sinf tushunchasi qatʼiy emasdi. Taʼlimning sinf-dars tizimini nazariy jihatdan toʻla asoslab, oʻqitish amaliyotiga tatbiq etgan kishi buyuk chex pedagogi Ya. A. Komenskiy boʻlgan. U oʻzining «Buyuk didaktika» (1632), «Yaxshi tashkil etilgan maktab qonunlari» (1653) asarlarida oʻqitishning sinfdars tizimini har jihatdan asoslab berdi. Bunga koʻra, oʻquvchilarni maktabga qabul qilish vakti, bola yoshi, oʻqishning boshlanish va tugallanish payti, oʻquvchilarning oʻqish vakti qatiy chegaralanadigan, mashgʻulotlar rejaga muvofiq muayyan tartibda tashkil etiladigan boʻldi. Tanaffus, taʼtil singari tushunchalar Ya. Komenskiy tavsiyalariga muvofiq joriy etilgan. Taʼlimning sinf-dars tizimi 19-a. ga kelib Yevropaning koʻplab mamlakatlarida maktab taʼlimining yetakchi tizimiga aylandi.

Ensiklopediya.uz
TAʼLIMNING SINF-DARS TIZIMI