SXOLASTIKA

SXOLASTIKA

SXOLASTIKA (yun. scholastikos — maktabga, olimga oid) — diniy dunyoqarashni nazariy asoslashga intiluvchi diniy falsafa. Oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropada taraqqiy etgan. U ilohiyotaqida asoslarini ratsionalistik metodika va formal mantiq masalalari («masala talashish») bilan bogʻlaydi. Sxolastikaning asosiy maqsadi — dinni ximoya qilish. Sxolastlar Platon, Aristoteliing taʼlimotlarni oʻz maqsadlariga moslashtirib, xristianlik aqidalarini asoslash yoʻlida talqin etishgan. Sxolastika bir necha davrga boʻlinadi. Ilk S (11 —12-a. lar) Ioann Skot Eriugena, Anselm Kenterberilik taʼsirida boʻlgan. Xudoni tabiat bilan, yaratuvchini yaratilgan bilan aynanlashtirish Eriugena taʼlimotiga xos edi. Shu sababli cherkov hukmdorlari Eriugena kitoblarini «soʻnggi nusxasigacha yoqib tashlash»ga fatvo berishgan. Universaliyalar xususidagi bahsda sxolastik realizm (Gilyom)ga nominalizm (Rosselin), shuningdek, konseptualizm (Abelyar) qaramaqarshi turadi. Yetuk Sxolastika (12 — 13-a. lar) Buyuk Albert va Foma Akvinskiyning xristian aristotelizmi va averroizm (Siger Brabantskiy va b.) boʻlib, u asosan Parij un-tida keng yoyilgan. Keyingi Sxolastika (13—14-a. lar) vakillari — Ioann Dune Skot, U. Okkam. Sxolastikaga Uygʻonish davri gumanistlari qarshi chiqqanlar. Ularning taʼsirida Sxolastika oʻzining mafkuradagi ustuvor mavqeini yoʻqota boshladi. Sxolastikaning yangidan jonlanishi, ayniqsa, Ispaniyada jonlanishi (16—17-a. lar, F. Suares, M. Molina) kontrreformatsiya bilan bogʻliqdir. Koʻchma maʼnoda Sxolastika — hayotdan ajralib qolgan, behuda, mavgʻum fikr yuritish.

Ensiklopediya.uz
SXOLASTIKA