SUZMA GAZKONDENSAT KONI
SUZMA GAZKONDENSAT KONI (Sharkiy) — Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida joylashgan. 1987-y. da ochilgan. Gazli sh. dan 85 km jan. gʻarbda, Chorjuy tektonik pogonasidagi Qorakoʻl egilmasining shim. gʻarbiy qismida, sharqiy suzma strukturasi bilan bogʻliq. Paleozoy, yura, boʻr, paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr yotqiziklarida 6 ta quduq qazilgan. Yura yotqiziqlari mahsuldor 3 qatlamga boʻlinadi: terrigen (oʻrta yura — quyi kellovey), karbonat (oʻrta kellovey — Oksford) va tuzli angidrit (kimerij— titon). Qatlamlar, asosan, qumtosh, alevrolit, argillit va gildan tarkib topgan. Kesimda kollektorlarning umumiy qalinligi 14—35 m, gʻovakliligi 4—16,5%. Sanoat miqyosidagi gazlar yura davrining karbonat va terrigen yotqizikdarida mavjud. 16gorizontda gaz debiti 15 ming m3/sut. Uyum oʻlchami 4,2×1,7 km. 15 a gorizontdagi gaz debiti 340 ming m3/sut. Uyum oʻlchami 4,5×1,8 km. Barcha gorizontlardagi gazlar yengil (S2N6Q yuqori q6,46%). Komponentlar (%da): metan 89,81, etan 3,89, propan 1,67, izobutan 0,16, nbutan 0,31. Kam oltingugurtli (0,3%), benzin fraksiyasining mikdori 82%. Yura davrining terrigen yotqizikGʻshridagi qatlam suvlarining minerallashganligi oʻrtacha 206 g/l. Suvlar yuqori metamorflashgan boʻlib dengiz genezisiga ega. Kon sanoat miqyosida foydalanishga tayyorlangan.
Ensiklopediya.uz
SUZMA GAZKONDENSAT KONI