Surxondaryoda kitob do‘koni qurilishiga aroqfurushlar qarshi chiqmoqda – Angor tumani mutasaddilari kimning tarafida

Surxondaryoda kitob do‘koni qurilishiga aroqfurushlar qarshi chiqmoqda – Angor tumani mutasaddilari kimning tarafida

Surxondaryo viloyatida eng yirik «Kitob olami» do‘koni bo‘luvchi qurilish esa to‘xtab qolgan. Jo‘rayevlar oilasi hozircha o‘z uyidan savdo qilib turishibdi. Xaridorlar gavjum. Bino qurilishi uchun armatura karkaslar ham o‘sha uyda saqlanmoqda.

KITOBLAR (KITOB DO’KONLARI) Qarshida: to’liq ro’yhat, kontaktlar, ish vaqti, manzillar va boshqa ma’lumotlar.

O’zbekiston Sariq Sahifalari katalogida «KITOBLAR (KITOB DO’KONLARI)» Qarshida mintaqasi bo’limi kompaniyalari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

Topilgan tashkilotlar: 1

1 SHARQ ZIYOKORI MChJ QASHKADARYO FILIALI

Mamlakat kodi: +998

Fakslar: 75 2253279

Yuridik nomi: SHARQ ZIYOKORI MChJ QASHKADARYO FILIALI

Brend nomi: SHARQ ZIYOKORI MChJ QASHKADARYO FILIALI

Kompaniya faoliyat sohalari

“KITOBLAR (KITOB DO’KONLARI)” bo’limining boshqa shaharlaridagi tashkilotlar

Faoliyat sohasi statistikasi: KITOBLAR (KITOB DO’KONLARI) Qarshida

shu oy mobaynida (mart 2023): 1209

o’tgan oy mobaynida (fevral 2023): 2213

3 oy mobaynida (dekabr 2022 – fevral 2023): 7164

yarim yil mobaynida (sentyabr 2022 – fevral 2023): 13096

1 yil mobaynida (mart 2022 – fevral 2023): 25507

KITOBLAR (KITOB DO’KONLARI) Qarshida – manzillar, telefonlar, barcha ma’lumot katalogimizda

Yellowpages.uz kitoblar (kitob do’konlari) Qarshida turkumiga oid so’rov ma’lumotlarni taqdim etadi. Bu yerda ularning telefonlari, manzillari, joylashuvi va boshqa kontaktlari joylashtirilgan, shu jumladan ularning electron pochta manzillari, agarda mavjud bo’lsa. KITOBLAR (KITOB DO’KONLARI) Qarshida bo’limiga murojaat qilgan holda, siz tezkor ravishda maxalliy kompaniyalar haqida kerakli ma’lumotlarni, ish vaqtlari, ularga yetib olish uchun kerak bo’lgan taxminiy mo’ljallarini topishingiz mumkin.

KITOBLAR (KITOB DO’KONLARI) Qarshida turkumidagi barcha kompaniyalarni jamlagan malumotlar bazasi doimiy ravishda yangi ma’lumotlar bilan, hamda mavjud ma’lumotlardagi o’zgarishlar bilan yangilanib va to’ldirilib boriladi. Yellowpages.uz mutaxassislari bunday ma’lumotlar aniq ekanligini ta’minlash maqsadida barcha kelib tushgan ma’lumotlarni albatta tekshirishadi. Shunday qilib, biz ushbu bo’limda keltirilgan ro’yhatdagi Qarshidada joylashgan kitoblar (kitob do’konlari) bo’limi ma’lumotlarini aniq va dolzarbligini ta’minlaymiz. Shu jumladan, ma’lumotlar bazaga tastiqlangandan so’ng kiritiladi.

KITOBLAR (KITOB DO’KONLARI) Qarshida mintaqasi bo’limini shakillanishida katalog foydalanuvchilari yaqindan yordam berishadi. Shuning uchun agarda siz noaniq bo’lgan, xato yoki yetishmayotgan ma’lumotlarni ko’rib qolsangiz, sizdan bu haqda info@yellowpages.uz electron pochtamizga xat orqali ma’lum qilishingizni so’raymiz. Xatingizni tezkor ravishda ko’rib chiqishimiz uchun xat mavzusida «saytdagi xato» deb yozib, xat ichida esa muammoni ta’riflab berish kerak. Nima bo’lganda ham, ushbu bo’limdagi ma’lumotlarni shaqillanishiga qo’shgan hissangiz uchun sizdan bag’oyatda minnatdor bo’lamiz.

KITOBLAR (KITOB DO’KONLARI) Qarshida so’rov bo’limini yaratishda shu sohada ish yuritayotgan tadbirkorlarni qo’shadigan muhim hissasi ham kam bo’lmaydi. Yellowpages.uz sizga kerakli bo’limga o’zingiz haqingizda reklama ma’lumotini foydali ravishda joylashtirishingizni taklif etadi. Shu qatorda aytish joiz-ki, siz shu zahotiyoq o’zingizni auditoriyangizni qo’lga kiritasiz, bunga faqat anketa to’ldirish kerak bo’ladi. Mutaxassislarimiz takliflaringizni ko’rib chiqishga va hamkorlik uchun albatta ikki tomonga ham foyda keltiradigan optimal sharoit yaratishga doimo tayyordirlar. Biz kitoblar (kitob do’konlari) Qarshida mintaqasi turkumida joylashtirilgan kompaniyangizni ko’rish bo’yicha eng yuqori reytingni egallashingiz uchun qo’limizdan kelgan barchasini qilamiz!

Surxondaryoda kitob do‘koni qurilishiga aroqfurushlar qarshi chiqmoqda – Angor tumani mutasaddilari kimning tarafida?

Surxondaryo viloyati Angor tumanidan tahririyatimizga jo‘natilgan murojaatnoma o‘zining antiqaligi, tumandagi mutasaddilarning kitobga, ilmga va ma’rifatga bepisandligi bilan bizni lol qoldirdi.

Facebook’da ko‘rish

Youtube’da ko‘rish

Angor shaharchasi «Navro‘z» mahallasida yashovchi yosh, yakka tartibdagi tadbirkor Madinabonu Jo‘rayeva 2017 yil 2 iyun kuni Surxondaryo viloyatining (o‘sha paytdagi) hokimi Erkinjon Turdimovning qabuliga borib, tuman markazida «Kitob olami» do‘koni va o‘quv zali qurish g‘oyasi borligini ma’lum qiladi.

Bunday tashabbus viloyat rahbari tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, tuman hokimiga topshiriq beriladi va tuman hokimi B.Ibatovning shu kungi 1282-sonli qarori bilan sobiq avtoshohbekat o‘rnidan 200 kvadrat metr yer maydoni ajratiladi.

Yer maydoni ajratilgach, uch oy davomida kerakli hujjatlar tayyorlanib, bino loyihalashtirilib, uning poydevorini tiklash ishlari olib boriladi.

Biroq oradan ko‘p o‘tmasdan, 2018 yilning 5 mayiga kelib Angor tuman prokuraturasi tuman hokimi qaroriga nisbatan protest e’lon qiladi. Sabab sifatida qurilish hujjatlari qonun talablariga muvofiqlashtirilmaganligi ko‘rsatib o‘tiladi.

Lekin tuman prokurori protestida e’tiroz o‘laroq tilga olingan barcha xulosalar bor. Taqdim etilgan. Hattoki viloyat adliya boshqarmasining qurilishni davom ettirishga monelik qiladigan holatlar aniqlanmagani haqidagi xati ham bor!

Bizga hikoya qilishlaricha, Prezidentning davlat maslahatchisi T.Xudoybergenovning sayyor qabuli chog‘ida sobiq Avtoshohbekat hududida spirtli ichimliklar bilan savdo qiluvchilar yolg‘on ko‘rsatma bilan, «bir boyvachcha bizning do‘konlarimizni to‘sib, katta gipermarket quryapti», degan vajni keltirishadi va davlat maslahatchisi vaziyatni o‘rganib chiqish vazifasini topshiradi. Vaziyat esa bunaqa tus oladi.

Aslida, qurilayotgan kitob olami do‘koni o‘sha aroq-vino mahsulotlari omborlariga xalaqit bermaydi. Chunki orada keraklicha masofa saqlangan. Boz ustiga, qurilish uchun Jo‘rayevlarda yetarli mablag‘ yo‘q, ular u qadar boyvachcha ham emas, bankdan kredit olib qurilishni yakunlashni maqsad qilishgan.

Madina Jo‘rayevaning otasi Botir Jo‘rayevning aytishicha, tuman hokimligi «Kitob olami» do‘konini qurish uchun tumanda boshqa joydan yer ajratishni taklif etgan. Biroq taklif etilayotgan yerlar shaharchadan chekkada, kitob do‘koni esa aholi gavjum markazda qurilmasa — u yerga odamlarning ataylab kitob uchun borishlari dargumon.

Spirtli ichimliklar bilan savdo qiluvchi do‘konchalarning ahvoli esa mana bunday…

Surxondaryo viloyatida eng yirik «Kitob olami» do‘koni bo‘luvchi qurilish esa to‘xtab qolgan. Jo‘rayevlar oilasi hozircha o‘z uyidan savdo qilib turishibdi. Xaridorlar gavjum. Bino qurilishi uchun armatura karkaslar ham o‘sha uyda saqlanmoqda.

Vaziyatni qarang. Tuman prokuraturasi hujjatlarda kamchilik bor, deb tuman hokimining yer ajratish to‘g‘risidagi qarorini bekor qilmoqda va uni qonun talablariga muvofiqlashtirishni so‘ramoqda. Oradan o‘tgan qariyb 10 oy ichida qurilishning ost qismi deyarli tugab qolgan. Tadbirkor hujjatlardagi kamchilikni bartaraf etgan.

Endi tuman hokimligi o‘sha yerni yana qaytadan ularga xatlab berishni istamayapti va M.Jo‘rayevaga jo‘natgan xatida vaj sifatida aynan o‘sha aroq do‘konlarining fasadlari to‘silib qolayotganini ko‘rsatmoqda! Qaror esa go‘yoki prokuraturaning prostestiga ko‘ra bekor qilingan. Prokuraturaning protestida fasadi to‘silayotgan do‘konlar haqida gap yo‘q, hujjatlardagi (hozir bartaraf etilgan) kamchiliklar haqida gap boradi.

Hokimlik qilingan xarajatlar uchun 100 million so‘m kompensatsiya va boshqa, tuman markazidan uzoqroq bir necha joylardan yer taklif qilayapti.

Negadir hokim qarorini qonunga muvofiqlashtirishni so‘ragan prokuror mazkur qarorning butunlay bekor bo‘lib ketganligi-yu, viloyat bo‘yicha eng katta bo‘lishi kutilayotgan «Kitob olami» do‘koninig taqdiri yo‘qlik sari yuz tutayotganiga befarqlik qilmoqda.

Boshqacha qilib aytganda, protestning chala qanoatlantirilishi, ya’ni tuman hokimi qarori bekor bo‘lishi prokuratura uchun yetarlimikan. Qonunga muvofiqlashtirish haqidagi talab nima bo‘ladi?

Angor tuman hokimligiga savol: Nega hujjatlardagi prokuratura protestida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan tadbirkorga aynan o‘sha joy uchun qayta qaror chiqarib berilmayapti?!

Bu savolga Angor tuman hokimligining javob berishi juda qiyin bo‘ladi.

Xullas, ezgu tashabbus bilan bunyod etilishi ko‘zlangan, viloyat rahbaridan oq fotiha olingan qurilish Angor tumanidagi yuqori martabali mansabdorlar tomonidan qandaydir shubhali tadbirkorlarning manfaatini ko‘zlab, to‘xtatib qo‘yilmoqda.

O‘zi Angorga kitob do‘koni kerakmi yoki aroq do‘koni?

Umid qilamizki, Angor tuman prokurori K.To‘raqulovning «tashabbusi» bilan boshlangan g‘alva shaxsan uning aralashuvi bilan qonuniy va adolatli yechim topadi.

Tuman hokimligi, viloyatdagi mutasaddilar bunga qanday javob berishar ekan? Kun.uz bu mavzuga albatta yana qaytadi.

Shuhrat ShOKIRJONOV,
Kun.uz maxsus muxbiri.

Tadbirkorning kitob do‘koni qurish tashabbusini Qarshi tuman hokimligi qo‘llab-quvvatlamayotgani iddao qilinmoqda. Tadbirkor qay darajada haqli?

“Daryo” tahririyatiga murojaat qilgan qashqadaryolik Gulnoza Boboqulova bir necha oydan buyon o‘z mablag‘lari hisobidan kitob do‘koni qurish ishtiyoqida yelib-yugurayotganini, ammo Qarshi tuman hokimligi ushbu tashabbusga munosib javob bermayotganidan shikoyat qilmoqda.

Gulnoza Boboqulova. Foto: “Daryo”

Gulnoza Boboqulova murojaati bo‘yicha voqea tafsilotlarni o‘rgangan “Daryo” muxbirining yozishicha, asosiy muammo kitob do‘koni uchun ko‘rsatilgan joylarning tadbirkorga ma’qul kelmayotganida.

— Bilasizmi, bizning Qarshi tumani Dasht qishlog‘i hududimizda mening hisob-kitobimga ko‘ra, 400 dan ortiq spirtli ichimliklar sotadigan savdo do‘koni mavjud, — deydi Gulnoza Boboqulova. — Ammo birorta ham kitob do‘koni yo‘q. Mana shu bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida, hududimizda o‘z mablag‘im hisobidan kitob do‘koni va yoshlarning kitob mutolaasi uchun o‘quv zali qurish niyatini bildirganman. Biroq, shu maqsad yo‘lida necha oydirki, sarsonman.

Gulnoza Boboqulovaning o‘quv markazi (2-qavat). Foto: “Daryo”

Asl kasbi o‘qituvchi bo‘lgan tadbirkor Gulnoza Boboqulova kitob do‘koni va o‘quv zali qurish uchun 50–60 million so‘m mablag‘ni hech qanday daromadni ko‘zlamagan holda sarf qilishni maqsad qilgan.

— Dasht qishlog‘i markazida o‘quv markazimiz faoliyat yuritadi, — deydi Gulnoza Boboqulova. – O‘quv markazda 40–50 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Bundan tashqari o‘quv markazimiz qoshida imkoniyatdan kelib chiqqan holda butkada kitob do‘koni tashkil etganmiz. O‘quvchilarimizning ko‘cha-ko‘yda, daraxt tagida kitob o‘qiyotganini ko‘rib, dilim ranjiydi. Nega endi, shu yoshlarimiz uchun bittagina o‘quv zali qurish imkoni bo‘lmasa?

Gulnoza Boboqulovaning butkadagi kitob do‘koni. Foto: “Daryo”

Ma’lum bo‘lishicha, Gulnoza Boboqulova rahbarligidagi o‘quv markazi tadbirkor Dildora Shoyqulova faoliyat yuritayotgan savdo do‘koni bilan yonma-yon joylashgan. Dildora Shoyqulova Gulnoza Boboqulovaga tegishli o‘quv markazi qarshisidagi yer maydonida tuman hokimligining ruxsatnomasi bilan yengil tipdagi oilaviy korxona qurib, milliy shirinliklar ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Muammo shundaki, Gulnoza Boboqulova ham ayni shu joyga kitob do‘koni va o‘quv zali qurish niyatini bildirgan. Bu haqda tuman hokimi G‘ayrat Begaliyevga ham ma’lum qilgan.

— Qurilish ishlarini boshlash uchun birgina ruxsatnoma kifoya qiladigan bo‘lsa, bunday ruxsatnoma tuman hokimi tomonidan bizga ham berilgandi, — deydi Gulnoza Boboqulova. – Ammo o‘sha payt Dildora Shoyqulova bunga qarshilik ko‘rsatgani uchun qurilish ishlarini boshlamagandik. Buni qarangki, xuddi shunday ruxsatnoma bilan endilikda savdo do‘koni qurilishi boshlab yuborildi. Tuman hokimiga bu haqda aytsam, tuman arxitektura va qurilish boshqarmasi boshlig‘i Jasur G‘aniyevga holat bilan tanishib, noqonuniy qurilishni to‘xtatish xususida topshiriq berdi. Oqibatda noqonuniy qurilish ishlarini boshlagan tadbirkorga qurilishni to‘xtatishi xususida aytishdi.

Yangi qurilayotgan oilaviy shirinlik do‘koni va o‘quv markazining umumiy ko‘rinishi. Foto: “Daryo”

17 yildan beri ushbu hududda savdo qilib kelayotgan tadbirkor Dildora Shoyqulovaning aytishicha, tortishuvlarga sabab bo‘layotgan yerdan, yengil tipdagi oilaviy korxona tashkil etish uchun qurilish ishlarini boshlashga tuman hokimligi tomonidan ruxsat berilgan.

Dildora Shoyqulova “Daryo” muxbirining “ushbu hududdan qurilish ishlarini boshlashingiz uchun tuman hokimining qarori bormi?” degan savoliga javoban tuman hokimi G‘ayrat Begaliyev imzosi bilan taqdim etilgan ruxsatnomani ko‘rsatdi. Dildora Shoyqulovaning ta’kidlashicha, yengil tipdagi qurilish ishlarini boshlash uchun tuman hokimligi tomonidan qaror emas, xuddi shunday ruxsatnoma taqdim etiladi. Shunga ko‘ra, Dildora Shoyqulova yengil tipdagi qurilishini boshlab yuborgan, 60–40 sm hajmdagi beton fundament bitgan.

Tortishuvlarga sabab bo‘layotgan yer maydoni. Foto: “Daryo”

Dildora Shoyqulova yengil tipdagi qurilishining fundamentini 60–40 sm hajmda bo‘lgani bu yengil tipdagi qurilish me’yoridan chiqib ketish hisoblanishini, ammo yomg‘irli kunlarda do‘konga zarar yetmasligi uchun shunday baland qurishga majbur bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Dildora Shoyqulova. Foto: “Daryo”

Tuman arxitektura va qurilish boshqarmasi boshlig‘i Jasur G‘aniyevning ma’lumot berishicha, Dildora Shoyqulovaga yengil tipdagi qurilish uchun tuman hokimligi tomonidan taqdim etilgan ruxsatnoma avvalroq Gulnoza Boboqulovaga ham berilgan, ammo o‘sha ruxsatnoma endilikda o‘z kuchini yo‘qotgan. Jasur G‘aniyevga ko‘ra, ayni paytda Dildora Shoyqulovaning xatti-harakati qonuniy.

Shuningdek, Jasur G‘aniyev tuman hokimligi tomonidan tadbirkor Gulnoza Boboqulovaga qishloq markazidagi maktab va bog‘cha yonidan kitob do‘koni va o‘quv zali qurish uchun yer ajratib berilishi mumkinligi aytilganini, biroq Gulnoza Boboqulova bu taklifni rad etganini ta’kidlamoqda.

Qarshi tuman hokimi o‘rinbosari G‘ayrat Ergashevning aytishicha, tuman hokimligi kitob do‘koni qurish tashabbusi bilan chiqqan har bir tadbirkorni qo‘llab-quvvatlaydi. Xohlagan hududidan yer maydoni ajratib beradi.

Gulnoza Boboqulova maktab va bog‘cha joylashgan hudud rahbarligidagi o‘quv markaziga teskari hudud bo‘lgani bois, o‘quvchilarining kitob do‘koniga borib kelishida qiyinchilik tug‘dirishini aytib, maktab va bog‘cha joylashgan hududdan kitob do‘koni qurish taklifini rad etganini bildirdi.

— Menga faqat shu hudud qulay, shu yerdan joy berishlarini xohlayman, — deydi Gulnoza Boboqulova.

Tuman arxitektura va qurilish boshqarmasi boshlig‘i Jasur G‘aniyevning “Daryo” muxbiriga qo‘shimcha qilishicha, Gulnoza Boboqulovaning Dasht qishlog‘idagi o‘quv markazi joylashgan hududdan 100 metr narida ham 6 sotix yer berilgan. Gulnoza Boboqulova esa aytilayotgan 6 sotix yer hunarmand ayollar uchun o‘quv markazi tashkil etish uchun berilganini iddao qilmoqda.

Ma’lum qilishlaricha, 241 723 nafar aholi istiqomat qiluvchi Qarshi tumanida ayni kunda atigi 5 ta kitob do‘koni mavjud.

Maqolamiz so‘ngida, qishloq yoshlari uchun kitob do‘koni quraman, ularning ma’naviyatini yuksaltiraman deyotgan o‘qituvchi-tadbirkorning tashabbusi olqishga sazovor ekanligini ta’kidlab, kitob do‘koni va o‘quv zali uchun maktab va bog‘cha joylashgan hudud eng maqbul variant ekanligini ham ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Zero kitob do‘koni qurib, yoshlarga ma’naviyat ulashishni niyat qilgan oliyhimmat kishi uchun muhimi, kitoblarining o‘qilishi. Bundan ortiq maqsad ko‘zlanmagan bo‘lsa, albatta.

Qiziqarli malumotlar
Surxondaryoda kitob do‘koni qurilishiga aroqfurushlar qarshi chiqmoqda – Angor tumani mutasaddilari kimning tarafida