SURGUN

SURGUN

SURGUNjinoiy jazo turi; mahkumni muayyan boshqa bir joyda yashash uchun majburiy ravishda koʻchirish. Sobiq shoʻrolar davrida Surgun qilish inson huquqlarini poymol etishning oʻziga xos usullaridan biri boʻlgan. Surgun asosiy jazo sifatida ham, qoʻshimcha jazo sifatida ham 2 y. dan 5 y. gacha boʻlgan muddatga tayinlanishi mumkin edi. Mehnatga layoqatli mahkum S. muddatini, albatta, mehnat qilish bilan birga oʻtagan. Qatagʻonlar davrida qanchadanqancha begunoh odamlar, siyosat, fan, madaniyat arboblari sovuq yurtlarga «xalq dushmani» degan tamgʻa bilan Surgun qilingan. Repressiyam uchrab, Surgun qilingan minglab yurtdoshlarimiz Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritishi sharofati bilan, Prezidentning saʼyharakatlari tufayli okdandi.

Ensiklopediya.uz
SURGUN