SULI
SULI (Avena) — boshoqsoshlarga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi; gʻalla ekini. 70 turi bor. 25 ga yakin turi Yevrosiyo va Shim. Amerikada usadi. Asosan 3 turi— ekma Suli (A. sativa) moʻtadil iqlimli mamlakatlarda va Vizantiya S. si (A. byzantina S.) — Oʻrta dengiz atrofi, AQSH jan., Argentina, Avstraliyada; kum Suli (A. strigosa) — Ispaniya, Fransiya, Belgiyada ekiladi. Suli kdsimiy ekinlardan xisoblanadi, Yevropada mil. av. 2ming yillikdan boshlab ekilgan. Jahon dehqonchiligida Suli ekin maydoni 14,4 mln. ga ni tashkil etib, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, AQSH va Kanada, Xitoyda katta maydonlarda ekiladi, oʻrtacha don hosiddorligi 18,1 s/ga (2000). Ekma Suli iddizi popuk ildiz boʻlib, yaxshi rivojlanadi, yerning haydalma qatlamida joylashadi. Poyasi tik oʻsadi. Boʻyi 50—120 sm. Bargi 3—5 mm. Gultoʻplami supurgisimon tarqoq, baʼzan bir yonli, boshoq, 2—4 gulli, baʼzan bir gulli. Mevasi — don, koʻpchilik navlarida qobiqli (qobiqsiz shakllari ham bor). Suli namsevar, lekin issiqqa uncha talabchan emas. Urugʻi past harorat (4—5°)da unib chiqadi. Oʻzidan changlanadi. Harorat 16—22° boʻlganida yaxshi rivojlanadi.
Ensiklopediya.uz
SULI